Mugʻon
Mugʻon, Muqon (?—572) — Turk xoqonligi xoqonlaridan biri. Bumin xoqonning oʻgʻli.
Asli ismi Qushu boʻlib, M. unvoni bilan taxtga oʻtirgan. M.ning bir necha ismlari boʻlgan — Qush, Yegin — nevara, jiyan; Yandi — gʻolib; unvoni — M.; M. qahrli, jasur, aqlli boʻlib, uni jangu jadaldan boshqa hech narsa qiziqtirmagan. 553 yil kuzida u jujanlarni qayta tormor etgan. Jujanlar Si imperatoridan boshpana topganlar. 555 yil Si imperatori oʻz yeridan jujanlarni haydab chiqargan, chunki ular qaroqchilik qilishga oʻtgandilar. Bundan foydalangan M. va kidanlar jujanlarni tormor kilganlar. 554 yil M. davlati kichik bir mulkdan imperiyaga aylangan. Shimolida Sigu davlati ham zabt etilgan. Chjou imperiyasi bilan tuzilgan shartnomaga koʻra, Chjou M.ga har yili 100 ming parcha ipak mato soligʻi toʻlab turgan. 572 yil M. vafot etgan. Taxtga oʻtirgan ukasi Taspar xoqon Si imperiyasi bilan sulh tuzgan. Chjou soliqlan bosh tortganda unga hujum qilgan va Chjou yana soliq toʻlashga majbur boʻlgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |