Bumin
Bumin (Xitoy tarixiy manbalarida "Tumin") (?—553.7.3) — Turk xoqonligi asoschisi va uning birinchi hukmdori (552—553).
Jujan xonligita tobe ashshshurugʻi (maʼdan qazish, temir eritish va undan qurolyarogʻlar yasash bilan shugʻullangan)ning sardori. Bumin 550 yil Xon Anaxuan (520—552) bilan ixtiloflashish maqsadida ataylab uning qizini oʻziga xotinlikka soʻratadi. Shunda Anaxuan dargʻazab boʻlib: "Sen mening bir temir erituvchim boʻla turib, bunga qanday jurʼat etding!" — deb javob qiladi. Bumin xonning mazkur javobini keltirgan kishini qatl qilib, tezlikda Gʻarbiy Vey imperiyasi hukmdori Vendi bilan yashirincha harbiy ittifoq tuzadida, uning qizi Chanlega uylanadi (551). Soʻng, bumin 552-yil qishida toʻsatdan jujanlarga hujum qilib, ularni tormor keltiradi. Anaxuan magʻlubiyat alamiga chidolmay oʻzini oʻzi oʻldiradi, uning oʻgʻli — taxt vorisi Yanluchen esa jujanlar ittifoqchisi boʻlmish Si imperatori huzuriga qochadi. Shunday qilib, bumin "elxon" unvoni bilan ilk Turk xoqonligi taxtiga oʻtiradi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Bichurin N. Ya., Sobraniye svedeniy o narodax, obitavshix v Sredney Azii v drevniye vremena, M. L., 1950;
- Gumilev L. N., Drevniye tyurki, M., 1967.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |