Motam marosimlari
Motam marosimlari - kishining vafoti munosabati bilan marhumning xotirasini yod etib oʻtkaziladigan marosimlar. Motam marosimlari barcha xalqlarda mavjud, u geografik sharoit, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum, kishilarning ilmiy, diniy tasavvurlari va boshqa omillar taʼsirida oʻzgarib borgan. Motam marosimlari marhum vafotining maʼlum kunlarida, fasl mavsumlarida hamda diniy bayramlarda oʻtkaziladigan marosimlarga boʻlinadi. Bu marosimlarda marhumning arvohi yod etilgan, arvohni shod etish uchun turli rasmrusmlar bajo keltirilgan (qarang Aza). Ibtidoiy davrlarda, odamlar oʻzlarini goʻyo arvohlardan himoya qilish maqsadida tanalarini j qora yoki qizil rangga boʻyaganlar, ke- : yinchalik kiyimlari rangini oʻzgar- j tirganlar (azadorlarning qora, koʻk, odmi kiyim kiyishlari shundan kelib chiqqan). Oʻrta Osiyo xalqdarida motamning 1-belgisi ovoz chiqarib yigʻlashdir. Marhumning eng yaqin kishilari (ayol va erkaklar) judolik belgisi si-fatida bel bogʻlaydilar. Marhum dafn etilgandan keyin, uch, yetti, marhum vafotining 17—19kuni yigirma, soʻngra qirq oʻtkaziladi. Motam marosimlarining eng soʻnggisi yildir. Yil marhum vafotiga bir yil toʻlganda (baʼzan oldinroq) oʻtkaziladi. Motam liboslarini yechadilar, oq kiyim ki-yadilar. Bu marosim Toshkent vohasida oq solar, Fargʻona oq kiydi deb nomlanadi. Motam marosimlarining fasl bilan bogʻliqligi: bahorda gul, kuzda qovun-uzum, qovoq oshi, qor yoqqanda qor yogʻdi va boshqa Ramazon va qurbon hayitida azador uyga qarindoshlar, mahalladoshlar kelib marhum xotirasiga fotiha oʻqiganlar, azadorlardan koʻngil soʻraganlar. Endilikda maʼlum muddatda oʻtkaziladigan Motam marosimlari marhum xotirasini yod etish mazmunidagi marosimlarga aylanib bormoqda.
Kishilar marhumning tiriklik chogʻida xdyotda qoldirgan ishi, faoliyati, jamiyat uchun qilgan xizmatlarini taqdirlab, uning xotirasini doimo yod etadilar (yana qarang Dafn marosimi).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |