Vyacheslav Molotov
MOLOTOV (Skryabin) Vyacheslav Mixaylovich (1890, Kirov viloyati Nomensk shahri — 1986, Moskva) — SSSR siyosiy arbobi, Oktabr inqilobini amalga oshirishda faollik qilgan. 1918-yildan partiya va sovet idoralarida masʼul lavozimlarda ishladi: 1921-1957 yillarda partiya MK aʼzosi; Ukraina KP(b) MK kotibi (1920-21), VKP(b) MK kotibi (1921-30). 1930-41 yillarda SSSR XKS raisi, 1941-57 yillarda SSSR XKS (MS) raisining 1-oʻrinbosari, ayni vaqtda 1941—45 yillarda Davlat mudofaa komiteti raisi oʻrinbosari. 1939—49 va 1953—56 yillarda SSSR tashqi ishlar xalq komissari, tashqi ishlar vaziri. 1957-yildan Mongoliyada elchi. Iosif Stalinning yaqin safdoshlaridan biri. M. XX asrning 30—50-yillarining boshidagi ommaviy qatagʻonlarning faol tashkilotchilaridan hisoblanadi. 50-yillar oʻrtalarida Stalin shaxsiga sigʻinishning tanqidiga qarshi chiqdi. 1962-yildan keyin siyosiy faoliyatini toʻxtatgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |