Moʻminobod (mozor qoʻrgʻoni)
Qiyofa
Moʻminobod — jez davri mozor qoʻrgʻoni (miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmi). Samarqand viloyati Urgut tumani Moʻminobod qishlogʻi yaqinida joylashgan. 1964-yil arxeolog D. N. Lev, 1966-yil Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti otryadi (A. A. Asqarov) tadqiqot ishlari olib borgan. Ayollar koʻmilgan 5 kabr ochilgan. Qabrda mayyitlar oʻng yoni bilan, boshi gʻarbga qarab egilgan holda koʻmilgan. Mozordan boy dafn ashyolari — geometrik naqshlar oʻyilgan ganchkor xum idish, tilla va jez sirgʻalar, usti tilla va kumush bilan qoplangan bilaguzuk, jun ip qoldiqlari saqlangan munchoqlar_, uzuk, oynalar va boshqa topilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |