Kontent qismiga oʻtish

Moʻgʻullarning Gruziyaga bosqini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Moʻgʻullarning Gruziyaga bosqini

Sanalar XIII asr
Urush yeri Kavkaz, sharqiy Onadoʻli, gʻarbiy Eron
Natija 1239-yilgi Gruziya-Moʻgʻuliston shartnomasi

Moʻgʻullarning Gruziyaga bosqini XIII asrda Gruziya, Armaniston hududlariga moʻgʻullarning talonchilik bosqinchiligidir. Birinchi boʻlib moʻgʻullar Kavkaz hududida 1220-yil Subutoy boshchiligida Muhammad Xorazmshohni taqib qilib kelgan vaqtda paydo boʻldilar. Gruziya va Armaniston qoʻshinlarini magʻlubiyatga uchratib[1], bir qator hujumlardan soʻng Subutay va Jebe shimolda Kiyev Rusi davlatiga bostirib kirishdi. 1236-yilda Kavkaz va Sharqiy Onadoʻlini moʻgʻullarning toʻliq miqyosda bosib olishi boshlandi, unda Gruziya qirolligi, Rum sultonligi va Trebizond imperiyasi boʻysundirildi, Armaniston Kilikiya qirolligi va boshqa salibchilar davlatlari oʻz xohishlari bilan moʻgʻullar vassaligini qabul qildilar. Moʻgʻullarning Kavkazdagi hukmronligi 1330-yillarning oxiriga qadar davom etdi[2] . Oʻsha davrda qirol George V Gruziya qirolligini qisqa vaqt ichida tikladi, ammo davlat Amir Temurning Gruziyaga bostirib kirishi tufayli parchalanib ketdi.

Moʻgʻullarning Gruziyani bosib olishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xunan jangida moʻgʻullarning Gruziyani istilo qilishi.

Moʻgʻullarning Kavkazga uchinchi va oxirgi bosqini 1236-yilda sodir boʻldi. Gruziya bu urushda vayronaga aylandi, bundan oldin 1225-yilda Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi Gruziyaga hujum qilib vayron qilgan edi. Keyingi Xorazmshohlar hujumi natijasida Tbilisi 1226-yilda qo'lga kiritildi va Gruziya qirolligining oldingi kuchi va qudratini yoʻqqa chiqardi, shahar va qishloqlar vayron boʻldi va bu mamlakatni yaqinlashib kelayotgan moʻgʻullar istilosi oldida katta darajada himoyasiz qoldirildi.

1231-yilda Jaloliddin Manguberdi vafotidan soʻng, moʻgʻullar uchun nihoyat yoʻldagi gʻov yoʻq boʻldi va taniqli moʻgʻul qoʻmondoni Chormaqan 1236-yilda Gruziya va uning vassal arman knyazliklariga qarshi katta qoʻshinni boshqargan. Chegaraviy hududlarda harbiy postlarni egallab turgan Gruziya va Armaniston zodagonlarining aksariyati jiddiy qarshilik koʻsatmasdan taslim boʻlishgan yoki oʻzlarining qalʼalarida qarshilik koʻrsatgan, boshqalari xavfsiz joylarga qochishni afzal koʻrgan. Qirolicha Rusudan Tbilisidan Kutaisiga evakuatsiya qilinishi kerak edi va baʼzi odamlar Gruziyaning togʻli qismiga kirib olishgan, sharqiy Gruziyadagilar (togʻli boʻlmagan qismini) moʻgʻullar bilan tinchlik oʻrnatgan va ularga boj toʻlashga rozi boʻlgan. Qarshilik koʻrsatgan yagona gruziyalik buyuk zodagon Ivana Jakeli-Tsixisjvreli, Samtsxe shahzodasi edi. Uning mol-mulki qoʻrqinchli ravishda vayron boʻldi va Ivana 1238-yilda qirolicha Rusudanning roziligi bilan bosqinchilarga boʻysundi. Rusudan Papa Grigoriy IX tomonidan qoʻllab-quvvatlashini qoʻlga kiritishga urinib koʻrdi, ammo bu muvaffaqiyatsiz tugadi. Otabek Avag uning taxtini topshirilishini 1243-yilda tashkil qilgan va Gruziya Buyuk Xonni oʻz xoʻjayini sifatida rasman tan olgan. Mamlakat har yili 50 ming dona oltin zarralarini toʻlashga va moʻgʻullarni qoʻshin bilan qoʻllab-quvvatlashga majbur boʻldi.

  1. "Early Ukraine: A Military and Social History to the Mid-19th Century" By Alexander Basilevsky
  2. Wakhusht, Sak'art'velos istoria, p. 276

Bibliografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ronald Grigor Suny, The Making of the Georgian Nation: 2nd edition (December 1994), Indiana University Press, ISBN 0-253-20915-3, pages 39–44
  • Georgian Soviet Encyclopedia (k’art’uli sabch’ota entsiklopedia) (1984), Tbilisi: vol. 7, page 112-3
  • Lang, D. M. (1955). „Georgia in the Reign of Giorgi the Brilliant (1314-1346)“. Bulletin of the School of Oriental and African Studies. 17-jild, № 1. 74–91-bet. doi:10.1017/S0041977X00106354. JSTOR 609230.
  • Rockhill, William Woodville (1967), The Journey of William of Rubruck to The Eastern Parts of the World, 1253-55, As Narrated by Himself, With Two Accounts of the Earlier Journey of John of Pian de Carpine.