Kontent qismiga oʻtish

Miyan Tufayl Muhammad

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Miyan Tufayl Muhammad
میاں طفیل محمد
Mansab davri
Mart 1944-yil – Dekabr 1965[1]
Mansab davri
Yanvar 1966-yil – Oktyabr 1972-yil
Mansab davri
Oktyabr 1972-yil – 7-oktyabr 1987-yil[1]
Oʻtmishdoshi Sayyid Abul A'la Ma'dudiy
Vorisi Qozi Husayn Ahmad
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Aprel 1914-yil
Kapurthala, Panjob Provinsiyasi (Britaniya Hindistoni)
Vafoti 25-iyun 2009-yil[2]
Millati  Britaniya Hindistoni (1914–1947)
 Pokiston (1947–2009)
Siyosiy partiyasi Jamoat-al-Islami Pokiston

Miyan Tufayl Muhammad (1914-yil aprel – 2009-yil 25-iyun) Pokistonlik diniy yetakchi, huquqshunos, islom ilohiyotchisi, sobiq bosh kotib va „Jamoat-al-Islomi Pokiston“ partiyasining amiri[2][1].

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Britaniya Hindistoning Panjob viloyatidagi Kapurthala shahrida Arainlar oilasida tugʻilgan. Maktab va kollejni Lahorda bitirgan. Keyin Miyan Tufayl Muhammad Jamoat-al-Islomi Hind ning faol aʼzosiga aylandi. Mavlono Naim Siddiqiy kabi u ham Abul Ala Maʼdudiy bilan yaqin hamkorlik qilgan[3].

Demokratik namoyishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1965-yilda Ayubxonga qarshi qoʻshma muxolifat tashkil qilindi. Miyan Tufayl Muhammad uning markaziy rahbarlaridan biri edi. Birlashgan muxolifat partiyalari koalitsiyasining boshqa rahbarlari bilan birga Miyan Tufayl ham Sharqiy Pokiston, ham Gʻarbiy Pokiston boʻylab ommaviy ogohlikni oshirish va kuchli milliy demokratik harakatni tashkil qilishga uringan[4][5].

Miyan Tufayl Muhammad Abul Ala Maʼdudiy va Amin Ahsan Islahiy bilan birgalikda quyidagi kitoblarni yozgan:

  • Kashful Mahjub: Urdu tilidagi sharh[6]
  • Daʼvat-al-Islomi va uning talablari (urdu)[6]

2009-yil 7-iyun kuni Miyan Tufayl Muhammad miyaga qon quyilishi tashxisi bilan Pokistonning Lahor shahridagi Shayx Zayd shifoxonasiga yotqizilgan. 2 haftadan ortiq vaqt komada boʻlganidan soʻng, 2009-yil 25-iyun kuni 95 yoshida vafot etdi. Uning sakkiz qiz va toʻrt oʻgʻli bor edi[7][8].

  1. 1,0 1,1 1,2 Mian Tufail Mohammad passes away The Nation (newspaper), Published 26 June 2009, Retrieved 18 November 2017
  2. 2,0 2,1 Jamaat leader Mian Tufail Mohammad passes away Dawn (newspaper), Published 26 June 2009, Retrieved 18 November 2017
  3. Mian Tufail Mohammad passes away The Nation (newspaper), Published 26 June 2009, Retrieved 18 November 2017
  4. 1965 Presidential Election in Pakistan storyofpakistan.com website, Retrieved 18 November 2017
  5. Mian Tufail Mohammad passes away The Nation (newspaper), Published 26 June 2009, Retrieved 18 November 2017
  6. 6,0 6,1 Mian Tufail Mohammad passes away The Nation (newspaper), Published 26 June 2009, Retrieved 18 November 2017
  7. Mian Tufail Mohammad passes away The Nation (newspaper), Published 26 June 2009, Retrieved 18 November 2017
  8. Jamaat leader Mian Tufail Mohammad passes away Dawn (newspaper), Published 26 June 2009, Retrieved 18 November 2017