Mixail Vodopyanov haykali
Mixail Vodopyanov haykali ― Moskvada Xodinka maydonida, M.V.Frunze nomidagi sobiq markaziy avtodrom hududida oʻrnatilgan. Yodgorlik muallifi haykaltarosh Aleksandr Golovachev. Yodgorlik „shahar haykaltaroshligi“ toifasiga kiradi[1].
Yodgorlikni oʻrnatish uchun shahar byudjetidan 16,3 million rubl[2] ajratilgan. U Xodinskiy bulvarida 2013-yil 17-avgustda ochilgan[3]. Tantanali marosimda Sovet Ittifoqi Qahramoni uchuvchi Nikolay Timofeyevich Antoshkin ishtirok etgan. Taxminlarga koʻra, ushbu yodgorlik Xodinka maydonidagi qahramon uchuvchilar xiyobonidagi birinchi yodgorlik boʻladi[4].
Yodgorlikning umumiy balandligi 4,8 m vazni 2 tonna[2]. Balandligi 3,3 m boʻlgan bronza haykal 1,5 m balandlikdagi poydevorga oʻrnatilgan[5]. Vodopyanov parvoz formasida tasvirlangan, uning chap qoʻlida xarita bor. Yodgorlik granit plitalari bilan qoplangan dumaloq uch bosqichli maydonchaning markazida joylashgan.
Yodgorlik uchuvchi Mixail Vodopyanov dunyoda birinchi boʻlib Shimoliy qutbdagi muzga qoʻnganini eslatadi. Poydevor muz bloki shaklida qilingan. Uchuvchining chap qoʻlidagi xaritada uning Shimoliy qutbga parvozi yoʻnalishi koʻrsatilgan. Markazida yodgorlik joylashgan dumaloq asos yer shari va Shimoliy qutbni ramzini bildiradi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Vestnik Mera i Pravitelstva Moskvi № 65-noyabr 2011 (2189)[sayt ishlamaydi]
- ↑ 2,0 2,1 Pamyatnik letchiku Vodopyanovu poyavitsya na Xodinskom pole v 2013 godu — Moskva 24, 22.11.2012
- ↑ V Moskve otkrili pamyatnik legendarnomu polyarniku Vodopyanovu // „Vesti. Moskva“. 17-avgusta 2013
- ↑ Otkritie pamyatnika legendarnomu lyotchiku Vodopyanovu[sayt ishlamaydi] // mreporter.ru
- ↑ 5,0 5,1 V subbotu na Xodinskom pole otkroyut pamyatnik letchiku Vodopyanovu — Moskva 24, 15.08.2013
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Памятники монументального искусства Москвы: справ. изд. / Департамент культурного наследия г. Москвы. — М.: ООО «Милк Эдженси», 2016. — 404 с.: с. 264. ISBN 978-5-9907078-1-8.