Mirza Ahmad masjidi
Masjid | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Boku | Icheri-sheher |
Manzil | Mirza Alakbar Sobir koʻchasi |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi Shirvon-Absheron meʼmorchilik maktabi |
Meʼmor | Hoji Mirzo Ahmad |
Binokorlik sanasi | 1345 yil |
Mirza Ahmad masjidi Vikiomborda |
Mirza Ahmad masjidi – (ozarbayjoncha: Mirzə Əhməd məscidi) – Ozarbayjon poytaxti Boku shahri, Icheri-sheher kvartali, Mirza Alakbar Sobir koʻchasida joylashgan, 1345-yilda bunyod etilgan masjid[1]. Masjid turar-joy binolari bilan bir qatorda joylashgan boʻlib, Hoji Mirzo Ahmad tomonidan qurdirilgan[2].
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qurilish rejasiga koʻra, Mirza Ahmad masjidi toʻrtburchak shaklda bunyod etilgan boʻlib, kvadrat shaklidagi vestibyul, masjidga tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish xonasi va namozxonadan iborat. Ushbu meʼmoriy yodgorlikda, shuningdek, mahalliy toshdan yasalgan gumbazlar va qirrali ravoqlar ham mavjud[2].
Masjidning kirish eshigi oʻrtasida Qur’on oyatlari hamda masjid meʼmorning ismi yozilgan. Binoning tomi va unga tutash yordamchi binolar vayron boʻlgan.
Mirza Ahmad masjidi eski ibodatxona oʻrnida qurilgan degan taxminlar ham mavjud[2].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Бретаницкий, Леонид. Зодчество Азербайджана XII-XV вв. и его место в архитектуре Переднего Востока. Moscow: Наука, 1966 — 400-bet.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Religious-Architectural Monuments of Icherisheher“ (az). icherisheher.gov.az. 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.