Mirza Abu Turob Oxunzoda
Oxund Mirza Abu Turob Oxunzoda | |
---|---|
![]() | |
Unvoni | Kavkaz muftiysi |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 24-aprel 1817-yil |
Vafoti |
20-fevral 1910-yil (92 yoshda) |
Dini | Islom |
Maktab | Shia |
Kasbi | dinshunos, publitsist, pedagog |
Mirza Abu Turob Oxundzoda (ozarbayjoncha: میرزا ابو تراب آخوندزاده , Mirzə Əbu Turab Axundzadə, 1817, Boku, Rossiya imperiyasi – 1910, Boku, Rossiya imperiyasi) – ozarbayjonlik dinshunos, publitsist, pedagog, maʼrifatparvar[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mirza Abu Turob Oxundzoda 1817-yilda Bokuda tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni Mirzo Hosib Qudsiy madrasasida, oliy diniy maʼlumotni Madina shahrida olgan[2].
Ozarbayjon gazeta va jurnallari sahifalarida koʻplab maqolalar chop etgan, din tarixi va falsafasiga oid kitoblar muallifi boʻlgan. Taʼlim sohasidagi ilgʻor tashabbuslar tarafdori boʻlib, Hoji Zeynalabdin Tagiyev bilan yaqindan tanish edi. Qolaversa, qizini Boku musulmon xotin-qizlar maktabiga bergani tufayli konservativ dindorlarning gʻazabi va noroziligiga sabab boʻldi. 1910-yilda vafot etgach, Mardaqondagi Pir Hasan maqbarasida dafn etilgan. Aytilishicha, Zeynalabdin Tagiyev oʻzini Abu Turob poyiga dafn etishni vasiyat qilgani uchun uning qabriga yaqin joyda dafn etilgan[3].
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Islom dinining boʻlinish sabablari
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Амираджаны сообщество. „Ахунд Абу Тураб“. www.baku.ru (2013). Qaraldi: 2022-yil 19-may.
- ↑ Qərənfil Dünyaminqızı. „Axund Mirzə Əbu Turab kim olub?“. kaspi.az (2017-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 19-may.
- ↑ İlkin, Qılman. Bakı və Bakılılar. Baku: Nurlar, 2006 — 252–254-bet.