Kontent qismiga oʻtish

Mirmiron

Koordinatalari: 38°49′56″N 65°43′31″E / 38.83222°N 65.72528°E / 38.83222; 65.72528
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mirmiron
ruscha: Мирмиран
Shaharcha
38°49′56″N 65°43′31″E / 38.83222°N 65.72528°E / 38.83222; 65.72528
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Qarshi tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Mirmiron ruscha: Мирмиран xaritada
Mirmiron ruscha: Мирмиран
Mirmiron
ruscha: Мирмиран

Mirmiron (ruscha: Мирмиран) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Qarshi tumaniga qarashli shaharcha hisoblanadi. 2009-yil 13-martda shaharcha maqomi berilgan[1].

Mirmiron shaharchasi yaqinidan Qashqadaryo daryosi oqadi. Shaharcha hududidan Beshkent shahar shossesi oʻtadi.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharcha nomi mir va miron soʻzlarining birikishidan hosil boʻlgan. Xoja Mirmiron Zahiriddin Muhammad Bobur armiyasidagi muhim ahamiyatga ega harbiy lashkarboshi va Boburning ishongan beklaridan biri boʻlgan. Lekin mazkur ismning qishloq nomiga bevosita aloqasi mavjud emas, bavosita dahldorligi bor. Mir bu amir soʻzining xalq tilidagi qisqartmasi hisoblanadi. Amir yoki mir bu shoh, podshoh, farmonbardor, hokim, hukmdor shaxsni anglatadi. Buxoro xonligida xonlikning bosh unvon egasi va unvoni amir boʻlgan. Tojiklar tarixida mira soʻzi xoʻja, buzrug maʼnolarida qoʻllanganligi maʼlum. Bu soʻz yuksak martabali kishi ruhoniyni ifodalab kelgan. Mira soʻziga -on qoʻshimchasi qoʻshilishidan shahrcha nomi kelib chiqqan. -on bu koʻplik qoʻshimchasi hisoblanadi. Xalq tilida mazkur soʻz shakllanib, oʻzgarishga uchragan, yaʼni mira + -on miraon soʻzi keyinroq miron shaklida qoʻllangan. Bu soʻz xoʻjalar ajdodidga mansub shaxs degan maʼnoni bergan. Unga mir qoʻshib aytilishi natijasida xoʻjalar avlodiga mansub bek maʼnosini bergan. Shunga koʻra Mirmiron bu xoʻjalar avloiga mansub boʻlgan bek yoki beklarning yashash manzilgohi hisoblanadi[2].

Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etadi. Ammo shaharcha hududida qozoq, qirgʻiz, tojik millatiga mansub kishilarni ham uchratish mumkin.

Aholini roʻyhatga olish maʼlumotlarida qayd etilishi, Mirmiron shaharchasida 2013-yil 1-yanvarda 2502 nafar, 2016-yilda esa 2.8 ming nafar aholi istiqomat qilgan[3].

  1. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  2. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 166-bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  3. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 153-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.