Mingchuqur gʻori
Qiyofa
Mingchuqur gʻori — Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi gʻor. Boysun tizmasi tarkibidagi Hojibuzbarak togʻining shimoli-gʻarbiy yon bagʻrida, Machay daryosi vodiysida joylashgan. Yura davri gips qatlamlarida hosil boʻlgan. Gʻorga kirish qismining eni 27 m dan ziyod, balandligi 12 m. Bir qancha xonalar va yoʻlaklardan tashkil topgan gʻorning ichki tuzilishi murakkab. Ularning eni 6-8 m dan 10-18 m gacha, balandligi 1-2 m dan 10-12 m gacha. Sahnida shipi va devorlaridan qulab tushgan turli kattaliqdagi tosh parchalari uchraydi. Gʻorning umumiy uz. 230 m, maydoni 680 m2, hajmi 1350 m3 dan ziyod.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |