Ming bir qiyofa
Qiyofa
Muallif(lar) | Omon Muxtor |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashriyot | „Sharq“ nashriyot matbaa-konsernining bosh tahririyati |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1994 |
Sahifalar soni | 160 |
„Ming bir qiyofa“ — oʻzbek yozuvchisi Omon Muxtor qalamiga mansub roman. 1994-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot matbaa-konsernining bosh tahririyatida chop etilgan. Roman bir qarashda bir-biriga bogʻliq boʻlmagan uch hikoyatdan iboratdir.
„Ming bir qiyofa“ oʻzbek romanchiligida katta yangilik boʻlgan.[1] Asar stilistik jihatdan Gabriel García Márquezning „Yolgʻizlikning yuz yili“, Mixail Bulgakovning „Usta va Margarita“ hamda Franz Kafkaning „Jarayon“ romanlariga qiyosalanadi.[2]
Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Z. A. Mirzahakimova – muharrir, Aziz Umarov – rassom, M. M. Aʼlamov – badiiy muharrir, L. Yu. Xijova – texnik muharrir, Yu. T. Bizaatova – musahhih. Kitob adadi – 50 000 nusxa.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Quronov, Dilmurod „Romanning yangi umri“. Quronov. Qaraldi: 2016-yil 23-iyul.
- ↑ Eshbek, Toʻlqin „Yangi davr olimi: U qanday boʻlishi kerak?“. Uch ildiz (2015-yil 20-iyul). 2016-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-iyul. (Wayback Machine saytida 2016-08-17 sanasida arxivlangan)