Milton Casco
Milton Óscar Casco (talaffuzi: Milton Oskar Kasko) 1988-yil 11-aprelda tugʻilgan. Argentinalik futbolchi „River Plate“ klubi va Argentina terma jamoasi himoyachisi.
Milton Casco | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Ism sharifi | Milton Óscar Casco |
Tugʻilgan | 11-aprel 1988-yil[1][2][3]
(34 yosh)Argentina |
Fuqaroligi | Argentina |
Boʻyi | 169 sm |
Vazni | 71 kg |
Pozitsiyasi | himoyachi |
Hozirgi jamoasi | |
Klub | River Plate |
Raqami | 20 |
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oscar Casco oʻz faoliyatini „Gimnasia“ klubida (La Plata shahri) boshlagan. 2009-yil 13 iyunda „Kolon“ga qarshi oʻyinda Argentina Primer ligasida debyut qildi[4]. 2012-yilda Oscar Casco klub bilan Primera B ga tushib ketdi.
Oʻsha yilning yozida Oscar Casco „Newell’s Old Boys“ga oʻtdi. Transfer summasi 500 ming dollarni tashkil qilgan. 21-avgust kuni „San Martín de San Juan“ga qarshi bahsda u yangi jamoada debyut qildi[5]. 2013-yilning 28-aprelida „Racing Avellaneda“ga qarshi o‘yinda Oscar Casco klub uchun birinchi golini urdi[6]. Oʻsha yili Oscar Casco Argentina chempioni boʻldi. Libertadores kubogida u „Vélez Sársfield“ va Paragvayning „Olimpia“ klubidagi vatandoshlari darvozasiga gol urdi[7][8]. Bir yil oʻtgach, Libertadores kubogi doirasida Kolumbiyaning „Atlético Nacional“ klubiga qarshi oʻyinda Oscar Casco yana gol urdi[9].
2015-yilning yozida Oscar Casco „River Plate“ga koʻchib oʻtdi. Transfer summasi 2,5 million yevroni tashkil qildi. 13-sentabr kuni „Boca Juniors“ga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qildi[10]. 2016-yilning 9-aprelida „Atlético Sarmiento“ga qarshi kechgan bahsda Oscar Casco „River“ safida ilk golini urdi[11].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil 7-iyulda Boliviyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Oscar Casco Argentina terma jamoasida debyut qildi[12]. Oʻsha yili Oscar Casco Chilida boʻlib oʻtgan Amerika kubogi finalchisiga aylandi.
2019-yilning yozida Oscar Casco Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika Kubogi-2019 musobaqasida ishtirok etdi. Turnirda u Paragvayga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[13].
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turnir | Davlat | Natija | O`yinlar | Gollar |
---|---|---|---|---|
Copa América-2015 | Chili | Kumush medal | 0 | 0 |
Copa América-2019 | Braziliya | Bronza medal | 2 | 0 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Milton Casco // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
- ↑ Milton Casco // FBref.com (Wayback Machine saytida 2022-10-02 sanasida arxivlangan) (mn.)
- ↑ Milton Óscar Casco81983 // As (isp.) — Madrid: Grupo PRISA, 1967.
- ↑ „Колон vs. Химансия Ла-Плата 2:0“ (en). soccerway.com (2009-yil 13-iyun). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-may.
- ↑ „Ньюэллс Олд Бойз vs. Сан-Мартин Сан-Хуан 2:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 21-avgust). 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-may.
- ↑ „Ньюэллс Олд Бойз vs. Расинг 4:3“ (en). soccerway.com (2013-yil 28-aprel). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-may.
- ↑ „Велес Сарсфилд vs. Ньюэллс Олд Бойз 1:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 16-may). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-may.
- ↑ „Олимпия vs. Ньюэллс Олд Бойз 4:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 12-mart). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-may.
- ↑ „Ньюэллс Олд Бойз vs. Атлетико Насьональ 1:3“ (en). soccerway.com (2014-yil 14-aprel). 2014-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-may.
- ↑ „Ривер Плейт vs. Бока Хуниорс 0:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 13-sentyabr). 2016-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-sentyabr.
- ↑ „Ривер Плейт vs. Атлетико Сармиенто 2:2“ (en). soccerway.com (2016-yil 9-aprel). 2016-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-sentyabr.
- ↑ „Аргентина vs. Боливия 5:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 7-iyun). 2015-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-avgust.
- ↑ „Аргентина VS. Парагвай 1:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 20-iyun). 2019-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-noyabr.