Madrid
Madrid | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Tashkil qilinishi | VIII asr | ||||||
Viloyat | Madrid viloyati | ||||||
Aholi Zichlik |
3,228,359 (2005) 5,198 kishi/km² | ||||||
Ona tillari | Ispancha | ||||||
Shahar hokimi | Alberto Ruiz-Gallardón | ||||||
Web sayti | www.munimadrid.es |
Madrid — Ispaniya poytaxti, Madrid provinsiyasining va Yangi Kastiliya tarixiy viloyatining bosh shahri. Mamlakatning asosiy siyosiy, iktisodiy va madaniy markazi. Mansanares daryosi (Taxo havzasi) boʻyida, Meseta platosida, 650 m balandlikda joylashgan. Iklimi quruq subtropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 4,9°, iyulniki 24,2°. Yillik yogʻin 420 mm. Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 2,8 mln. kishi (1998).
M. ilk bor qoʻlyozmalarda 932 yilda qayd etilgan.M. oʻrnida Yu-asraa mavr-ush/jing Majirit nomli qalʼasi boʻlgan. 1083-yilda arablardan ozod etilgan va 1118-yildan erkin shahar huquqi berilgan. 14—15-asrlarda Kastiliya qirollari qarorgohi. 1561-yildan Ispaniyaning rasmiy poytaxti.
M. va uning atrofidagi korxonalar mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotning 1/10 qismini beradi. Shahar sanoatining yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik (avtomobilsozlik, samolyotsozlik, lokomotivsozlik), elektrotexnika (optika priborlari, radiotexnika va telefon jihozlari, qishloq xoʻjaligi qurollari ishlab chiqarish). Kime (jumladan, plastmassa ishlab chiqarish), qurilish materiallari, poligrafiya, kimyo-farmatsevtika, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, farfor-fayans va boshqa sa-noat korxonalari bor. Badiiy xunarmandchilik (kashta tikish, toʻr toʻqish, zargarlik buyumlari tayyorlash va boshqalar) rivojlangan. M.da yirik korxonalar boshqarmasi, banklar, sugʻurta kompaniyalari, savdo firmalari va birjalar joylashgan. M. — xalqaro turizm markazlaridan. Untlar, Mariya Kristina qirollik kollegiumi, konservatoriya, sanʼatshunoslik va boshqa oʻquv mu-assasalari, Qirollik akademiyasi, ilmiy tadqiqot institutlari, astronomiya rasadxonasi, botanika bogʻi, kutubxonalar, Prado muzeyi, Milliy arxeologiya, sanʼat va boshqa muzeylar bor. Metropoliten qurilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan yepiskop ka-pellasi (1520), Pla sa Mayor ansambli (1619), Kirol saroyi (1738—64), cherkovlar, ratusha (17—18-asrlar) va boshqa saqlangan.[1]
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arxeologik izlanishlar Mansanares daryosining qirg'og'ida so'nggi paleolit davriga (tahminan 100 ming yil oldin) oid insoniyat izlari borligini isbotlab berdi. Madrid ilk bor solnomalarda eslanadi. Aytishlaricha shaharni Kordobaning amiri Muhammad I leonlar va kastillardan himoya qilgan. Shahar ilk bor Madjirit nomi bilan, milodiy 932-yilda atalgan.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hududiy boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar tumanlari
- Centro: Palacio, Embajadores, Cortes, Justicia, Universidad, Sol.
- Arganzuela: Paseo Imperial, Acacias, Chopera, Legazpi, Delicias, Palos de Moguer, Atocha.
- Retiro: Pacífico, Adelfas, Estrella, Ibiza, Jerónimos, Niño Jesús.
- Salamanca: Recoletos, Goya, Fuente del Berro, Guindalera, Lista, Castellana.
- Chamartín: El Viso, Prosperidad, Ciudad Jardín, Hispanoamérica, Nueva España, Pza. Castilla.
- Tetuán: Bellas Vistas, Cuatro Caminos, Castillejos, Almenara, Valdeacederas, Berruguete.
- Chamberí: Gaztambide, Arapiles, Trafalgar, Almagro, Vallehermoso, Ríos Rosas.
- Fuencarral-El Pardo: El Pardo, Fuentelarreina, Peñagrande, Barrio del Pilar, La Paz, Valverde, Mirasierra, El Goloso.
- Moncloa-Aravaca: Casa de Campo, Argüelles, Ciudad Universitaria, Valdezarza, Valdemarín, El Plantío, Aravaca.
- Latina: Los Cármenes, Puerta del Ángel, Lucero, Aluche, Las Águilas, Campamento, Cuatro Vientos.
- Carabanchel: Comillas, Opañel, San Isidro, Vista Alegre, Puerta Bonita, Buenavista, Abrantes.
- Usera: Orcasitas, Orcasur, San Fermín, Almendrales, Moscardó, Zofio, Pradolongo.
- Puente de Vallecas: Entrevías, San Diego, Palomeras Bajas, Palomeras Sureste, Portazgo, Numancia.
- Moratalaz: Pavones, Horcajo, Marroquina, Media Legua, Fontarrón, Vinateros.
- Ciudad Lineal: Ventas, Pueblo Nuevo, Quintana, La Concepción, San Pascual, San Juan Bautista, Colina, Atalaya, Costillares.
- Hortaleza: Palomas, Valdefuentes, Canillas, Pinar del Rey, Apóstol Santiago, Piovera.
- Villaverde: San Andrés, San Cristóbal, Butarque, Los Rosales, Los Ángeles (Villaverde).
- Villa de Vallecas: Casco Histórico de Vallecas, Santa Eugenia.
- Vicálvaro: Casco Histórico de Vicálvaro, Ambroz.
- San Blas: Simancas, Hellín, Amposta, Arcos, Rosas, Rejas, Canillejas, Salvador.
- Barajas: Alameda de Osuna, Aeropuerto, Casco Histórico de Barajas, Timón, Corralejos.
Iqtisodiyoyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madaniyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bayramlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 15-may — Avliyo Isidora kuni.
- 13-iyun — Avliyo Antoniya Florid kuni.
- 16-iyul — Avliyo Virgen Karmen kuni.
- 7-avgust — Avliyo Kayetana kuni.
- 10-avgust — Avliyo Lavrentiy kuni.
- 15-avgust — Avliyo Virgen Paloma kuni.
- 12-oktyabr — Avliyo Virgen Pilar kuni.
- 9-noyabr — Avliyo Virgen Almudena kuni.
Hamdoʻstlik shaharlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |