Kontent qismiga oʻtish

Militsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi Militsiyasi ramzi.

Militsiya (lotincha militia - "qoʻshin") Oʻzbekiston, Ukraina va boshqa ba’zi mamlakatlardagi ijroiya hukumatga tegishli huquq-tartibot organlarining umumiy nomidir. Rossiya huquq-tartibot organlari 2011-yil 1-martidan eʼtiboran politsiya deb nomlanmoqda.

  Qachonlardir Militsiyasi mavjud boʻlgan mamlakatlar
  Hozirda Militsiya mavjud boʻlgan davlatlar

Hozirda Militsiyasi mavjud boʻlgan davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Militsiya (lot. militia — qoʻshin) (OʻzRda) — konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, jamoat tartibi va xavfsizligini saqlashga daʼvat etilgan, fuqarolar hamda davlat mulkini, qonunchilikni, aholi, korxona va tashkilotlarning qonuniy huquq va man-faatlarini himoya qiluvchi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashuvchi maʼmuriy organ. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ichki ishlar idoralarida xizmat utash tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom" (1993-yil 8-yanvar), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar idoralari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi farmoni (2001-yil 27-mart) asosida faoliyat yuritadi.

M. tarixini Oʻrta Osiyo xonliklaridagi maʼmuriy lavozim hisoblangan mirshablar faoliyati bilan bogʻlash mumkin. Oʻrta Osiyo Rossiya tomonidan istilo qilingach, politsiya xizmati yoʻlga qoʻyilgan. 1917-yil 28-oktabrda, yaʼni Oktabr toʻntarishidan uch kun oʻtgach, shoʻrolar hukumatining vakolatiga binoan, Ichki ishlar xalq komissarligi "Ishchi militsiyasi toʻgʻrisida" qaror qabul qilgan. Qarorda barcha yerda inqilobiy institutizom oʻrnatish va tartibni saqlash uchun ishchi M.lari taʼsis etish toʻgʻrisida koʻrsatma berilgan edi. Shundan koʻp oʻtmay Turkiston XKSning "Zaxira kadrlari yaratish va militsiya tashkil etish toʻgʻrisida"gi buyrugʻi eʼlon qilindi (1918-yil 29-yanvar). Yangi M.ni tashkil etish va kadrlar ishiga rahbarlik qilish uchun Turkiston oʻlkasi shahar va tumanlari M. inspektori boshqarmasi tashkil etildi (1918-yil 30-yanvar) va shundan soʻng barcha tuman, shahar hamda boʻlislarda M. idoralari vujudga kela boshladi. 1919-yil 26-iyunda Turkiston ASSR Ichki ishlar xalq komissariata "Rossiya Federatsiyasining Turkiston Respublikasidagi Sovet ishchidehqon militsiyasi toʻgʻrisidagi Nizom"ni tasdiqladi. Oʻsha yili iyul oyida "Turkiston ASSRda jinoiy kidiruvni tashkil etish toʻgʻrisida Nizom" qabul qilindi. Oʻzbekistonda M.ning shoʻrolar davridagi faoliyati qiyin va murakkab boʻlgan. Markazga butunlay boʻysungan respublika M.si mustaqil faoliyat yurita olmas, yuqoridan beriladigan yoʻl-yoʻriq, koʻrsatmalarnigina bajarishga majbur edi. "Kommunizm qurayotgan jamiyatda jinoyatchilikka oʻrin yoʻq", — degan shior ostida jinoyatchilik bilan bogʻliq koʻrsatkichlar sunʼiy ravishda kamaytirildi. 80-yillarda Oʻzbekiston M.si uchun, ayniqsa, qiyin boʻldi. Ittifoq ichki ishlar vazirligi bu yerda oʻz tartibini oʻrnatishga yana bir marta urinib koʻrdi. Jinoyatchilikning oldini olish bilan shugʻullanuvchi idoralar tarqatib yuboriddi, koʻplab M. rahbar xodimlari, tajribali kadrlar ishdan boʻshatildi.

Mamlakat mustaqillikka erishgach, Oʻzbekiston M.sining istiklolni jinoiy xurujdan himoya qilish, yosh mustaqil davlat va uning fuqarolari xavfsizligini taʼminlash borasidagi masʼuliyati oshdi. Barcha xuquqni mu-hofaza qilish idoralari kabi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning joylardagi xizmatlari qayta tashkil topdi. Hozirgi bu tizimga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Transport ichki ishlar boshqarmasi kiradi. Temir yoʻlda, suv va havo transportida transport M.si boʻlinmalari mavjud; qishloqlar, shaharchalar, mavzelarda profilaktika inspektorlari, mahalla posbonlari ish olib boradi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi IIV tizimida jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash, tergov, post-patrul xizmati, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlikning oldini olish, yoʻl harakati xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmalari va boshqa boshqarma, boʻlimlar mavjud. M. faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri jino-yatlar va boshqa jamiyatga qarshi harakatlarni toʻxtatish, ochish va oldini olishdir. M. jinoyatlarni va ularni sodir etgan kishilarni aniqlash yuzasidan operativ qidiruv tadbirlarini amalga oshiradi, jinoiy ishlar qoʻzgʻaydi va shoshilinch tergov ishlari olib boradi, oʻz vakolatiga taalluqli ishlar boʻyicha esa surishtiruv oʻtkazadi, qamoqkr, oladi, ushlab turadi va hokazo M. jamoat joylarida tartib saqlanishini nazorat qilib boradi; koʻcha harakati va transportdan foydalanish qoidalariga rioya etilishini kuzatadi (qarang Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati); pasport rejimi bajarilishini nazorat qiladi, tergov va suddan qochib yurgan jinoyatchilarni qidiradi. M.ga, shuningdek, huquqbuzarliklardan jabrlangan va baxtsiz hodisalardan zarar koʻrgan kishilarga yordam koʻrsatish; tabiiy ofat vaqtida odamlarni va molmulkni qutqarishda qatnashish, karantin choralarini koʻrishga yordamlashish; tabiiy boyliklarni muhofaza qilish, baliq ovlash va ov qoidalarini buzuvchilarga qarshi kurashish va shahrik. vazifalar ham yuklangan. M.ning butun ishi qonunchilik tamoyillariga asoslangan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, ijrochi-farmoyish beruvchi organlarning qaror va farmoyishlari rahbarlik uchun asos hisoblanadi. M. Boshqa davlat organlari bilan yaqin aloqada ishlaydi, jamoat tashkilotlari, mahallalarning yordami va madadiga tayanadi. Keyingi yillarda M. ishida jiddiy islohotlar oʻtkazildi. Amalga oshirilgan islohotlarning asosiy maqsadi ichki ishlar idoralarini oʻtgan asr oxirlaridan boshlab butun dunyo hamjamiyatiga xavf solayotgan terrorizm, diniy ekstremizm va giyohvand moddalarning Oʻzbekiston hududiga tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirish, bu borada boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qilish idoralari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashda mahalla faollari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mahalla posboni jamoa tuzilmasidan keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish, ichki ishlar idoralarining xizmat faoliyatini tashkil etishda zamonaviy kriminalistik uskunalardan, kompyuter texnologiyalari va boshqa yangi texnika vositalaridan samarali foydalanishni taʼminlash kabi bir qancha vazifalardan iborat. Ichki ishlar vazirligi tizimida yuqori malakali kadrlar tayyorlovchi 3 ta oliy oʻquv yurti — Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Toshkent Oliy harbiy texnika bilim yurti, Yongʻin xavfsizligi oliy texnik maktablari mavjud.

M. faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining nashrlari — "Postda", "Na postu" gaz.lari, "Qalqon", "Shit" jurnal lari, "Qalqon" studiyasi tomonidan yoritiladi. Bundan tashqari, vazirlikka qarashli idoralar: IIV akademiyasi — "Huquq — Pravo — LAW" jurnaliga, Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi — "Vaqt — Vremya" gaz.iga, Yongʻin xavfsizligi Bosh boshqarmasi — "Yongʻin xavfsizligi" jurnalga, Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi — "Avtohamroh" jurnaliga, Andijon vilo-yati Ichki ishlar boshqarmasi (viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda) — "Qonun yoʻlida" gaz.iga, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi (vilo-yatdagi boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorliqda) — "Diyonat" gaz.iga, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi — "Posbon" gaz.iga, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi — "Xalq posboni" gaz.iga, Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi (viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda) — "Osoyishtalik uchun" gaz. iga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi — "Tinchlik posboni" gaz.iga, Toshkent shahri Ichki ishlar Bosh boshqarmasi — "Ogoh" gaz. iga muassislik qilishadi.

Alisher Sharipov.[1]

Oʻzbekiston militsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi tarkibiga kiradi.

Oʻzbekiston Militsiyasi xodimi avtomobil yukxonasini tekshirmoqda
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil