Kontent qismiga oʻtish

Mike Shinoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mike Shinoda
Tavalludi 11-fevral 1977-yil (1977-02-11) (47 yosh)
Janrlar Alternative Rock, Alternative Hip-Hop, Nu-Metal, Raprock
Faoliyat yillari 1996-bugun
Guruhlari Linkin Park
Fort Minor
Fuqaroligi AQSh
Amplua vokal, gitara, klavishlar
Veb-sayt http://mikeshinoda.com

Mike Shinoda (talaffuzi:Mayk Shinoda) — Linkin Park guruhining aʼzosi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mike yapon kelib chiqishiga ega amerikalik Leslie Shinoda oilasida dunyoga keladi. Onasi venger kelib chiqishli Kim Shinoda. Yoshligini Mike Los Anjelesning shaharchasi — Agurada oʻtkazadi. Kichik ukasi Jason bor (1979-y. t.)

Maktab davrlaridayoq u musiqa bilan shugʻullanishni boshlaydi: fortepiano va gitara chalishni oʻrganadi. Brad Delson bilan bir maktabda oʻqigan va ular birga Mikening honasida yaratilgan studiyada musiqa yozishar edi. Oʻrta maktabning ohirlariga kelib ularga barabanchi Rob Bourdon qoʻshiladi va uch yosh musiqachi Xero guruhini tashkil etishadi.

Maktabni tamomlaganidan soʻng Mike Tasviriy Sanʼatlar kollejiga oʻqishga kiradi va u yerda grafik dizayn, illyustratsiyani oʻrganadi. Keyinchalik, bu Linkin Park va Fort Minor albomlarining muqovalari dizaynini ishlab chiqishga yordam beradi. Kollejda u Joseph Hahn bilan tanishadi, vaqt oʻtgach, u Bradning doʻsti baschi Dave "Phoenix" Farrell kabi guruhga di-jey sifatida qoʻshiladi.

Shaxsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mike Shinoda Anna (Hillinger) Shinoda bilan 2003-yil may oyida turmush qurgan. Hozirda u bolalar yozuvchisi. Where'd You Go qoʻshigʻi Shinodaning soʻzlariga qaraganda uning xotini Annaga bagʻishlangan.

Linkin Park
Hozirgi tarkib: Rob Bourdon | Brad Delson | Dave "Phoenix" Farrell | Joe Hahn | Mike Shinoda
Sobiq tarkib: Chester Bennington | Kyle Christener | Scott Koziol | Mark Wakefield
Diskografiya
Studiyaviy albomlar: Hybrid Theory | Meteora | Minutes to Midnight | A Thousand Suns
Singllar: One Step Closer | Crawling | Papercut | In the End | It's Goin Down | Pts.OF.Athrty | Somewhere I Belong | Faint | Numb | From the Inside | Lying from You | Breaking the Habit | Numb/Encore | What I've Done | Bleed It Out | Shadow of the Day | Given Up | We Made It | Leave Out All the Rest | New Divide | The Catalyst | Waiting for the End | Burning in the Skies | Iridescent