Michel Teló
Michel Teló | |
---|---|
Michel Teló, São Paulo, Braziliya (2011-apreli) | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
21-yanvar 1981-yil Medianeira, Paraná, Braziliya |
Janrlar | Sertanejo, pop |
Kasbi | Qoʻshiqchi, shoir |
Fuqaroligi | |
Turmush oʻrtogʻi | Thaís Fersoza |
Veb-sayt | micheltelo.com |
Michel Teló (talaffuzi: Mishel Telo; 1981-yil 21-yanvarda tugʻilgan) braziliyalik sertanejo qoʻshiqchidir.[1][2] Yakkaxon faoliyatidan oldin u turli guruhlarda, jumladan Grupo Tradição tarkibida ijro etgan. Uning eng mashhur xalqaro hit ashulasi „Ai Se Eu Te Pego!“ Yevropa, Lotin Amerikasi va boshqa mamlakatlarda chartlar tepasini egalladi.
Ijodi boshi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Teló bolalagidan musiqaga qiziqib, hayotini unga bagʻishladi. Uning sanʼatkorlik karyerasi 1987-yili, olti yoshida, maktab xoridagi yakkaxon chiqishidan boshlandi. 10 yoshida unga otasi akkordeon sovgʻa qildi. 12 yoshida u qoʻshnilari, maktabdoshlari va aka-ukalari koʻmagi yordamida „Guri“ nomli anʼanaviy musiqa guruhini tashkil etdi, bu Telóga professional musiqadan saboq boʻldi. U guruh bosh vokalchisi va bastakori edi. Oʻzining yoqimli garmonikasidan xorij, Teló shuningdek besh yil pianino chalishni oʻrgandi. U shuningdek raqs ham tushadi va gitara chaladi.
Grupo Tradição tarkibida (1998—2008)
[tahrir | manbasini tahrirlash]1997-yili, Teló 16 yoshida Grupo Tradição guruhiga taklif etildi, u guruhda 2008-yilgacha 11 yil davomida bosh vokalchi boʻldi. Uning qoʻshiqchilik faoliyati guruhning „Barquinho“, „O Caldeirão“, „Pra Sempre Minha Vida“, „A Brasileira“ va „Eu Quero Você“ kabi hitlari yordamida yuqorilashni boshladi. Bu davrda u intervu va reklamalar tashkillashtirib, guruhning asosiy figurasi boʻldi. Telóning sobiq produseri Wagner aytishicha, u guruhni tark etayotganda hech qanday dushmanlik yoki salbiy hissiyotlar bildirmadi, balki shunchaki yakkaxonlikka qiziqqanini vaj qildi. Uning oʻrniga Guilherme Bertoldo keldi, lekin guruh Teló ketganidan keyin oʻziga qiziqishni yoʻqotib, asta-sekin tarqala boshladi.
Ushbu vaqt ichida u Ana Carolina Lago ismli muxlisasi bilan uchrashib, turmush qurdi. Uch yil uchrashuv va yana uch yillik turmushdan soʻng ular Telóning uzluksiz ijroiy sayohatlari bilan bogʻliq stresslar tufayli ajrashishdi. 2012-yil 10-fevralida Lago ajrashishni ommaga eʼlon qildi.[3]
Yakkaxonlik (2008–yildan)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balada Sertaneja albomi 2009-yili Braziliya leybli Som Livre tomonidan chop etildi. Unga Ivan Myazato produserlik qildi. Albomdan ikki singl: „Ei, psiu! Beijo me liga“ va „Amanhã sei lá“ ajralib, katta daromad keltirdi. Michel Teló — Ao Vivo jonli albomi chiqarilishi yanada muvaffaqiyatli boʻlib, Telóga oltin disk keltirdi. 2011-yil 16-sentabrida Teló Terraço Daslu tungi klubida João Bosco & Vinícius bilan 50 ming kishilik konsert uyushtirdi. 2011-yil davomida Teló 240 dan ortiq tomoshada qatnashdi. Forbes jurnaliga koʻra Teló Fugidinha turnesi davomida 17 million kishiga ijro etib, $18 million ishladi.[4] Teló shuningdek eski va yangi qoʻshiqlari jamlangan ikkita DVD chiqardi.
Xalqaro shuhrat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻp futbolchilar gol nishonlayotganlarida Teló aytgan „Ai Se Eu Te Pego“ ashulasiga raqsga tushib, qoʻshiq dovrugʻini oshirishdi. Brazil futbol yulduzi Neymar shu qoʻshiq videosida suratga ham tushdi. Ispan futbol ligasida Marcelo va Cristiano Ronaldolar bu ashulaga 2011-yili 22-oktabr Real Madrid C.F. — Málaga CF matchida raqsga tushishdi. 2011-yil 29-oktabrida brazil himoyachisi André Santos ham Arsenal — Chelsea uchrashuvida shu qoʻshiqqa oʻynadi. Bunday raqslar Polsha, Olmoniya, Turkiya, Yunoniston kabi boshqa mamlakat ligalari matchlarida va hatto AQSh beysbol ligasida ham kuzatildi.
2012-yil 13-iyunigacha „Ai Se Eu Te Pego“ videosi YouTube saytida 365 million martadan oshiq tomosha qilindi.[5] Teló qoʻshigʻining bunday shuhratidan ilhomlanib, uni inglizchaga oʻgirib „Oh, If I Catch You!“ nomi ostida kuyladi.
Mukofot va nominatsiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Teló yakkaxon karyerasi boshida, Balada Sertaneja nomli birinchi albomi katta shuhrat va daromad keltirmadi, ammo u baribir „Yil Yangiligi“ mukofotiga nomzod qilib koʻrsatildi. Michel Teló — Ao Vivo jonli albomi esa muvaffaqiyatli chiqib, unga „Eng Yaxshi Sertanejo Albomi“ Grammy mukofotiga nomzodlik keltirdi. 2011-yili Michel „Melhores do Movimento Country“ taqdimotida toʻrt turkumda: „Eng Yaxshi Yakkaxon Xonanda“, „Yil Hiti“, „Eng Yaxshi CD“ va „Eng Yaxshi Tomosha“ nomzod koʻrsatildi.
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2009: Balada Sertaneja (studiyaviy)
- 2010: Michel Teló – Ao Vivo (jonli)
- 2011: Michel na Balada (jonli)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Jornal Do Brasil — 4-Mar 2011-yil, 2012-04-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-06-13
{{citation}}
: no-break space character in|title=
at position 21 (yordam) - ↑ Correio do Estado — 11-Dec 2010-yil, 2012-06-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-06-13
{{citation}}
: no-break space character in|title=
at position 22 (yordam) - ↑ Michel Teló Gets Divorced, 2012-07-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-06-13
- ↑ Have You Heard Of Brazilian Country Music Phenomenon Michel Telo Yet? You Will.
- ↑ Michel Teló - Ai Se Eu Te Pego - Oficial (Assim você me mata), 13-iyun 2012-yilda qaralgan
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti
- Michel Teló Twitter hisobi