Mexiko shahri
Mexiko | |
---|---|
19°25′10″N 99°8′44″W / 19.41944°N 99.14556°W | |
Federal nom | Federal okrug |
Mamlakat | Meksika |
Hukumat | |
• mer | Marselo Ebrard |
Zichligi | 5950 kishi/km2 |
|
Mexiko (ispancha: Ciudad de México) — Meksika davlatining poytaxti. BMTning WUP 2003 maʼlumotlariga koʻra jahon miqyosida Tokyo shahridan keyin aglomerasiya boʻyicha 2-oʻrinda. Mexiko shahri hududida 9 millionga yaqin kishi yashamoqda. Mexiko shahri poytaxt boʻlishi bilan birgalikda Meksikaning siyosiy, iqtisodiy, sanoat va madaniy markazidir. Shaharning umumiy maydoni 1500 km2 atrofida.
Mexiko — Meksikaning poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Meksika togʻligining janubiy qismida, 2240 m balandlikda. Iklimi subtropik iqlim, oʻrtacha temperaturasi yanvarda 12°, iyulda 16°, eng issiq oy (aprel)da 18°. Yillik yogʻin 750 mm. M.da tez-tez changli boʻronlar va zilzilalar boʻlib turadi. Suv taʼminoti qiyin. Aholisi 8,6 mln. kishi (2000). M. atrofidagi shaharlar bilan jahonda eng yirik shahar aglomeratsiyalaridan biri — Katta M.ni tashkil qiladi.
M. — Gʻarbiy yarim sharning eng qad. shaharlaridan. Shaharga 1325-yil atstek indeyslari tomonidan Tenochtitlan nomi bilan muhim savdo yoʻlida qalʼa sifatida asos solingan. 16-asr boshlariga kelib jahonda eng yirik shaharlardan biriga aylandi. 1521-yilda is-pan mustamlakachilari tomonidan shahar vayron qilingach, uning oʻrnida Yangi Ispaniya maʼmuriy markazi boʻlgan M. bunyod etilgan. 1821-yildan mustaqil Meksika poytaxti.
M. — transport yoʻllari tuguni. Xalqaro havo yoʻllarining yirik markazi. Metropoliten qurilgan. M. — Lotin Amerikasining yirik sanoat shaharlaridan biri. Mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining ʻ/2 qismi M.ga toʻgʻri keladi. 20-asrning 50-yillarigacha M.da oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikoʻvchilik, poyabzal, farmatsevtika sanoati korxonalari boʻlgan. 50-yillardan boshlab AQSH sarmoyasi hisobiga elektrotexnika, metallsozlik, tayyor qismlardan avtomobil yigish ("Ford" va "Jeneral motore" korxonalari), neft kimyosi sanoatlari rivojlandi. M. yaqinida qurilish materiallari, sement zavodlari qurilgan. M. — mamlakatning yirik savdo va moliya markazlaridan.[1]
Birodar shaharlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- PER Arequipa, Peru
- Andoza:Country data the People's Republic of China Pekin, Xitoy
- Lebanon Beyrut, Livan
- GER Berlin, Germaniya
- COL Bogota, Kolumbiya
- ARG Buenos Aires, Argentina
- Andoza:Country data the United States Chikago, AQSh
- PER Kusko, Peru
- TUR Istanbul, Turkiya
- GUA Gvatemala shahri, Gvatemala
- RUS Kaliningrad, Rossiya
- PER Lima, Peru
- Andoza:Country data the United States Los Anjeles, AQSh
- ESP Madrid, Ispaniya
- PAN Panama shahri, Panama
- MEX Dolores Hidalgo, Guanajuato, Meksika.
- MEX Cholula, Puebla, Meksika.
- BRA Rio de Janeyro, Braziliya
- El Salvador San Salvador, El Salvador
- Andoza:Country data the United States Xyuston, AQSh
- Chile Santyago, Chili
- BRA San Paulu, Braziliya
- CAN Toronto, Kanada
- JPN Nagoya, Yaponiya
- South Korea Seul, Janubiy Koreya
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- http://www.df.gob.mx/ (Library of Congress saytida 2002-08-08 sanasida arxivlangan)
- http://mexicocityexperience.com/[sayt ishlamaydi]
Wikimedia Commonsda Mexico City mavzusiga oid fayllar bor. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |