Kontent qismiga oʻtish

Idalgo (shtat)

Koordinatalari: 20°28′42″N 98°51′49″W / 20.47833°N 98.86361°W / 20.47833; -98.86361
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Идальго
ispancha: Hidalgo

Gerb
Gerb
Shtat
Tarkibida 84 munitsipalitet
Maʼmuriy markazi Pachuka
Yirik shahari Pachuka
Asos solingan sanasi 15 yanvar 1869
Gubernator Fransisko Olvera Ruis (Francisco Olvera Ruiz), PRI PRI с 31.03.2011
Rasmiy tili ispan
Aholi (2010) 2 665 018
Zichligi 126,98 kishi./km²
Millatlar tarkibi Metislar, asteklar, otomlar, tepeua, oqlar.
Dinlar tarkibi Katoliklar (90,1 %), protestantlar va evangellar (5,2 %), boshqa nasroniylar(1,3 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(0,4 %), ateistlar vaagnostiklar (1,6 %).
Maydoni 20 987 km² (26-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 3350 m
Kengligi 21º 24' — 19º 36' N
Uzunligi 97º 58' — 99º 54' E
Vaqt mintaqasi UTC-6
Kod ISO 3166-2 MX-HID
Pochta indeksi Hgo.
Rasmiy sayti http://www.hidalgo.gob.mx/
Xaritada
Идальго xaritada
20°28′42″N 98°51′49″W / 20.47833°N 98.86361°W / 20.47833; -98.86361

Idalgo — Meksikadagi shtat. Mamlakatning markaziy qismida, Meksika yassitogʻligining janubi-sharqida. Mayd. 20,9 ming km2. Aholisi 2,2 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Pachuka sh. Aholi, asosan, vodiylarda yashaydi. Yer yuzasi plato boʻlib, oʻrtacha bal. 2000 m; alohida choʻqqilari 3000 m va undan ziyod. Sharqiy Syerramadre togʻ sistemasi I. hududini Meksika qoʻltigʻidan ajratib turadi. Oʻrtacha oylik temperatura 16—20°. Yiliga 300–600 mm yogʻin yogʻadi, tez-tez qurgʻoqchilik boʻlib turadi.

Aholisining koʻp qismi qishloq xoʻjaligi da band. Asosan, mevali daraxtlar oʻstiriladi, sabzavot ekinlari va shakarqamish ekiladi. Shtatning sharqiy qismida yaylov chorvachiligi rivojlangan.

Oltin va kumush konlari bor. Mashinasozlik (vagonlar, yuk mashinalari, toʻqimachilik mashinalari), ne-ftni qayta ishlash, sement, rangli metallurgiya sanoati korxonalari mavjud. Yirik sanoat shaharlari: Syudad-Saagun, Tula.[1]

  1. "Idalgo" OʻzME. I-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil