Rozo
Qiyofa
Rozo — Dominika poytaxti. Dominika orolning janubi-gʻarbiy qismida, Gudvil va Sharlot buxtalari oʻrtasida, Rozo daryosi boʻyida joylashgan. Aholisi 15,8 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Dengiz porti; chetga efir moyi, tropik mevalar, sabzavot, ziravorlar chiqariladi. Oziqovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Katoliklar sobori (1841), cherkov, Hukumat uyi va boshqa meʼmoriy binolar, Viktoriya muzeyi, botanika bogʻi bor. Shaharga 17-asrda fransuzlar tomonidan asos solingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |