Kontent qismiga oʻtish

Meksika iqtisodiyoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Meksika iqtisodiyoti

Mamlakatning neft sanoati Meksika iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi sanaladi.

Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuningdek qarang Qishloq xoʻjaligi

Qazib olish sanoati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Neft qazib olish boʻyicha Meksika (2000-yillarning oxirida) gʻarbiy yarimsharda 3-oʻrinni va butun dunyoda esa 7-oʻrinni egalladi. Neft sanoati Meksika iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi sanaladi. Mamlakatda eng katta mablagʻni ham ushbu neft sanoati olib keladi.

Meksikada 90 tadan ortiq neft qazib olish korxonalari mavjud. 1938-yilda mamlakatda neft qazib olishning moliyalashtira boshlandi va buning natijasida butun sanoat Petroleos Mexicanos (Pemex) davlat kompaniyasi qoshida yakka monopoliyalashtirildi. 1950—1960-yillarda Neft sanoatini moliyalashtirish mamlakatda neftni qayta ishlashning rivojlanishiga hissa qoʻshdi neftni qayta ishlash zavodlarining quvvati shunchalik oshdiki, ular mamlakatni neft va asosiy neft- kimyo mahsulotlari bilan toʻliq taʼminlay ola boshladi.

1970-yillarning oʻrtalarida yangi neft va gaz konlari ochildi, buning natijasida Meksika jahonda eng yirik neft qazib oluvchi davlatlar sirasiga qoʻshildi. Neft sanoati iqtisodiyotning eng yuqori rentabillik tarmogʻi va valyuta tushumlarining eng muhim manbai hisoblanadi. 1981-yilda neft eksportidan tushgan daromad 14 milliard AQSh dollarni tashkil etdi. Bu koʻrsatgich esa Meksika eksport hajmining 72 % ni tashkil etdi.

Davlat neftning ichki narxlarini tartibga solib turdi, bu esa iqtisodiyotning rivojlanishiga va aholi daromadlarining oʻsishiga yordam berdi. Shu bilan birga, yirik loyihalarni amalga oshirish, zarar koʻrayotgan davlat korxonalarini moliyalashtirish, shuningdek sanoat tarmog;ida yetishmayotgan asbob uskunalarni import qilib tashqi bozordan olib kelush boshlandi. Natijada, 1980-yillar boshida Meksikaning tashqi qarzi 90 milliard dollar darajasiga yaqinlashdi va yillik xizmat koʻrsatish qiymati qariyb 20 milliard dollarga yetdi. Bunday holatlar esa, Meksikani eng katta qarzdorga aylantirdi va 1982-yil avgust oyida Meksika tashqi qarzlarini toʻlay olmadi.

Qarz inqirozi Meksika hukumatini davlat kapitalizmi modelidan voz kechishga va xususiylashtirishga asoslangan iqtisodiy islohotlarga borishga majbur qildi. Bunday inqirozdan keyin deyarli barcha davlat korxonalari xususiylashtirildi. Juda koʻplab korxonalar xorijiy kapital evaziga sotib olina boshlandi. Neft sohasida neftni qayta ishlash birinchi boʻlib xususiylashtirildi.

Pemex davlat kompaniyasiga kelsak, uning deyarli barcha daromadlari federal byudjetga olib qoʻyila boshlandi, bu zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va sotib olishga investitsiyalarning sezilarli darajada qisqarishiga va natijada ishlab chiqarishning keskin pasayishiga olib keldi. Neft mahsulotlarinng ishlab chiqarish kamayishi natijasida ichki bozorda yoqilgʻi narxlariga taʼsir koʻrsata boshladi va import hajmini yanada oʻsishigacha olib keldi.

2000-yilda prezident Visente Foks saylanda va prezident saylanishi bilan mavjud neft konlari ekspolatatsiya qilina boshlandi. Neft qazib olishning rekord darajaga — kuniga 3,4 million barrelga koʻtarildi (2003-yil)) va geoligik neft konlarni yetarli darajada anilash ishlari yoqligi sababli mavjud neft zaxira konlari 18 milliard barrelgacha pasaydi. Agarda neft zaxiralari topilmasa shu holatda neft qazib olish jarayonlari davom etsa Meksikada neft atiga 10 yilgacha yetishi mumkin.

Shu munosabat bilan, Pemexni xususiylashtirish va shu tariqa uni tejash uchun xususiy kapitalni jalb qilish boʻyicha chaqiriqlar tobora oshib bordi. Masalan, xususiy kapitalni neft-kimyo sanoatini jonlantirishga — etilen, polietilen va polipropilen ishlab chiqaruvchi yangi korxonalarni qurishga va neft sanaoti sohasiga moslashtirish boʻyicha amaliy takliflar berildi.

Neft qazib olishni kengaytirish uchun Meksika qoʻltigʻining shelfidagi potentsial konlarni oʻzlashtirish taklif etildi. Biroq, bu loyiha ham katta investitsiyalarni talab qilar edi. Endilikda neft ishlab chiqarishga xususiy kapitalni kiritish Konstitutsiya tomonidan taqiqlangan edi, u xuxusiylashtrilmaydigan strategik tarmoqlar safiga kirar edi.Masaalan, ushbu tarmoqlar safiga neft sanoati, atom energetikasi va radiaktiv materiallar sohalari kirar edi.

Soʻngi yillarda Meksikada neft qazib olishda pasayish kuzatildi. 2011-yilda neft qazib olish, birinchi navbatda, Cantarell konining tugashi tufayli kuniga 400 ming barrelga qisqaradi. 2035-yilga kelib ishlab chiqarish darajasi kuniga 1,7 million barrelni, import darajasi esa kuniga 1,3 million barrelni tashkil qilishi mumkin Bu Meksikadagi ichki iqtisodiy vaziyatga sezilarli taʼsir koʻrsatadi va yangi daromad manbalarini izlashni talab qilar edi.

2021-yil dekabrda Ommaviy axborot vositalari Pemex davlat neft kompaniyasi rahbari Oktavio Romeroga tayanib, Meksika 2022-yilda xorijga yetkazib beriladigan neft hajmini kuniga 435 ming barrelgacha, 2023-yilda esa ularni butunlay nolga tushirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi; mamlakat neft mahsulotlari importidan voz kechish maqsadida ichki bozorda neftni qayta ishlashning toʻliq sikilini yaratish chora tadbirlari koʻrishi aytib oʻtildi. 2022-yil boshida neft qazib olish kondensatni hisobga olgan holda kuniga 1,821 million barrelni tashkil etdi[1].

Tabiiy gaz qazib olish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiiy gaz Meksika uchun muhim resurs hisoblanadi, chunki unga boʻlgan talab, ayniqsa, elektr energiyasi sohasida (gaz bilan ishlaydigan elektr stansiyalari koʻpligi sabab) ortib bormoqda. Meksikada 13,2 trillion kubometr gaz zaxiralari mavjud. 2008-yilgacha 1,84 trillion kubometr fut gaz ishlab chiqarilgan[2]. Ishlab chiqarish hajmi davlatning ichki ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli emas deb hisoblanadi, shuning uchun Meksika gaz importchisi boʻlgan mamlakatlardan biridir. Gazning katta qismi AQShdan gaz quvurlari orqali, shuningdek, boshqa mamlakatlardan LNG shaklida import qilinadi.

Pemex gaz ishlab chiqarish va yangi konlarni oʻzlashtirish boʻyicha monopoliyaga ega kompaniya hisoblanadi. Kompaniya, shuningdek, gazning eng yirik isteʼmolchisi boʻlib, barcha neft isteʼmolining qariyb 40 % ni tashkil etadi. Tabiiy gaz neft bilan deyarli bir xil hududlarda ishlab chiqariladi. Mamlakatning shimoliy va janubidagi konlar birgalikda gazning 60 % ga yaqinini beradi. Qolgan qismi esa Kompeche qoʻltigʻidan qazib olinadi. Fors koʻrfazidagi Kantarel konidan neft qazib olish kamayib borayotgan boʻlsa-da, u yerda 2006—2008-yillar oraligʻida tabiiy gaz qazib olish ikki barobar koʻproq qazib olina boshlangan. Meksikada ikkita LNG terminali mavjud. 2008-yildan beri Kosta- Azul terminali gʻarbiy sohilda kuniga 1 milliard kub fut metr gazni atshishga qodir hisoblanadi. Sharqiy qirgʻoqda Royal Dutch Shell, Total va Mitsui oʻrtasidagi qoʻshma korxona mavjud boʻlib va 500 million kub metr sigʻimga ega Altamira terminali joylashgan[2].

Yirik foydali qazilma konlari Meksika hududida joylashgan. Meksikada ishlab chiqarishning deyarli ¾ qismi Meksikaning toʻrtta shtatida toʻplangan: Sonora — 27,5 %, Zakatakas — 24,9 %, Chihuahua — 11,6 %, Puebla — 9 %. Meksika davlatining sanoat tarmogʻida 1,5 millionga yaqin ishchi xodim oʻz ish faoliaytini olib boradi[3].

2002-yildan 2011-yilgacha boʻlgan davr uchun Meksikaning togʻ-kon ishlab chiqarishi Meksika pesosi hisobida 45,2 milliard pesodan 259,8 milliard pesogacha oshdi.

Metall qazib olish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakatning shimoli-gʻarbiy qismida misga boy hududlar mavjud, u Kananea (Kananea), Karidad (Karidad), Mariquita (Mariquita) va Milpilas (Milpillas) kabi konlarni oʻz ichiga oladi. Meksika gʻarbida oltin (El Sauzal, Okampo, Dolores, Mulatos), kumush (Fresnillo), rux va qoʻrgʻoshin (Charkas, La negra, Xichu, Zimapan) konlari mavjud. Molango koni marganets zahiralari boʻyicha butun Shimoliy Amerikada eng yirik hisoblanadi. Temir konlari Tinch okeani sohillarida (Las-Truxas, Las-Encinas, Pena Kolorada, Aquila) joylashgan. Oltinli kamar Gerrero va Oaxaka (Gerrero, Oaxaka) shtatlari, jumladan Filos, Serro Limon va Ixhuatlan (Filos, Cerro Limon, Ixhuatlan) konlari orqali oʻtadi. Meksika kumush va oltin zahiralari boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinlarni, tasdiqlangan mis zaxiralari soni boʻyicha 4-oʻrinni, molibden boʻyicha 5-oʻrinni, rux boʻyicha 6-oʻrinni egallaydi[3].

2003-yildan 2010-yilgacha oltin qazib olish 250 % ga, kumush ishlab chiqarish 60 % ga oʻsdi, bu Meksikani kumush qazib olish boʻyicha jahon reytingida birinchi (2010-yilda jahon ishlab chiqarishining 17,5 %) va oltin qazib olish boʻyicha toʻqqizinchi oʻrinni egallashiga zamin yaratdi. Meksikada dunyodagi eng yirik oltin konlari mavjud — Peñasquito — 4-oʻrin va Metates — jahon reytingida 6-oʻrin va kumush — Fresnillo (Fresnillo) — 1-oʻrin, Peñasquito — jahon reytingida 3-oʻrin. Ushbu metallarni ishlab chiqarish konchilik 26 % kumush, 22 % oltin, 18 % mis, 7 % rux[3] mahsulotlari tarkibining asosiy qismini tashkil qiladi:

Koʻmir qazib olish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yilda Meksikada toshkoʻmir qazib olish 7,1 million tonnani tashkil etdi (bu 2004-yilga nisbatan 9,5 % ga koʻp deganidir), koʻmir koksi — 1,49 million tonna (oʻsish 2,7 %). Mamlakatdagi eng yirik koʻmir ishlab chiqaruvchilari ikkita mahalliy poʻlat ishlab chiqaruvchi Minera Carboifera Rio Escondido (Micare) va Minera Monclova (Mimosa) hisoblanadi. Mikar Koajuila shtatidagi Sabinas va Fuentes-Rio Eskondido havzalarida koʻmir qazib oladi, ikkita ochiq yoʻnalish va umumiy zaxirasi 208,6 million tonna boʻlgan uchta kon mavjud. Mimoza Sabinas mintaqasidagi toʻrtta kondan kokslanadigan koʻmir ishlab chiqaradi. Koʻmir koks qazib olish asosan Monclova[4] shahar hududida toʻplangan

Meksikada elektr energiyasining katta qismi uglevodorodlarni, asosan tabiiy gazni qayta ishlash orqali olinadi. Elektr energiyasi bozoriga kirish 1992-yildan beri xususiy kompaniyalar uchun ochiq, ammo sanoatning koʻp qismi davlatga tegishli Federal elektr komissiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Atom energetikasi unchalik rivojlanmagan, hozirda 1400 megavatt quvvatga ega bittagina „Laguna Verde“ atom elektr stansiyasi mavjud, uning quvvatini 20 % ga oshirish rejalashtirilgan. Gidroelektr stansiyalar 18 % energiyani beradi. Eng yirik gidroelektr stansiyasi Manul Moreno Torres boʻlib, quvvati 2400 megavatt. Muqobil qayta tiklanuvchi energiya manbalarining (biomasa, quyosh, shamol, geotermal) ulushi 4 %[3] ni tashkil etadi.

Telekommunikatsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meksika ispan tilidagi telekommunikatsiya mahsulotlari boʻyicha dunyoda yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. 2012-yil 19-dekabrda mamlakat oʻzining birinchi Mexsat 3 orbital sunʼiy yoʻldoshini uchirdi.

Meksikaning asosiy bozori 1994—2008-yillarda tashkil etilgan Kanada va AQSh bilan erkin savdo zonasi (NAFTA) hisoblaandi. Natijada, 1993—2013-yillar uchun. Meksikaning AQShga eksporti 49,5 milliard dollardan 277,7 milliard dollarga, Kanadaga esa 3,3 milliard dollardan 25,5 milliard dollargacha koʻtarildi[5] va bu davrda import qiymati AQShdan 50,8 milliard dollardan 216,3 milliard dollarga, Kanadadan esa 0,8 milliard dollardan 5,4 milliard dollargacha koʻtarildi[5].

Investitsiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000—2008-yillar davomida kuzatilgan iqtisodiy inqiroz Meksika iqtisodiyotiga toʻgʻridan -toʻgʻri xorijiy investitsiyalar dinamikasiga salbiy taʼsir koʻrsatdi.Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarning oʻrtacha yillik oʻsishi 6 % ni tashkil etdi va jami jamgʻarma 198 mlrd dollarni tashkil etdi..Ammo soʻnggi yillarda Meksika toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarning asosiy oluvchisi sifatidagi oʻz mavqeini yoʻqotmoqda, agar 2001-yilda ushbu mamlakatga barcha toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarning 13 % tushgan. Meksika iqtisodiyotiga kiritilgan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hajmi 21 milliard dollarni tashkil etadi, bu 2007-yilga nisbatan 31,6 % ga kam degani, 2009-yilda esa ularning hajmi oʻtgan yilga nisbatan yana 40,8 % ga kamaydi. Ushbu salbiy tendensiyaga qaramay, boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda, Meksika, oʻzining jozibadorlik koʻrsatkichlarini yaxshilagan va uni toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar uchun eng jozibador 10 ta iqtisodga kiritilgan[6].

Meksika markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, 2010-yilda xorijda mehnat qilayotgan muhojirlarning mamlakatga pul oʻtkazmalari 21,27 milliard dollarni tashkil qilgan. Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, pul oʻtkazmalari sonining koʻpayishi AQShda 12 millionga yaqin meksikalik ishlayotgan, ularning yarmi noqonuniy ishlayotgan iqtisodiy vaziyatning yaxshilanishi bilan bogʻliq[7].

2011-yil fevral oyida AQShning Wal-Mart chakana savdo tarmogʻi Meksika va boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlarida 445 ta yangi doʻkon ochish niyatida ekanligini eʼlon qildi. Ularning fikricha, loyiha qiymati 19 milliard Meksika pesosiga baholangan[8].

2011-yil 28-aprelda Meksika, Kolumbiya, Chili va Peru prezidentlari iqtisodiy integratsiya toʻgʻrisidagi bitimni imzoladilar. Imzolangan Tinch okeani shartnomasi mamlakatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va sarmoya jalb etishga qaratilgan. Iqtisodiy integratsiya shartnomasi savdo, xizmatlar va investitsiyalarni yanada erkinlashtirishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, u bozor munosabatlari asosida ishtirokchi-mamlakatlarga oʻz mahsulotlarini yangi bozorlarga chiqish boʻyicha saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish imkonini beradi. Mutaxassislarning fikricha, ushbu kelishuv mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini kamida 5 milliard dollarga oshiradi[9].

Meksika banki 2011-yil fevral va mart oylarida deyarli 100 tonna oltin sotib oldi. 4,6 milliard dollarlik xarid bankning zamonaviy tarixidagi eng yirik xarid hisoblanadi. Shunday qilib, Meksika rivojlanayotgan iqtisodiyotlar, xususan, soʻnggi yillarda oltin-valyuta zaxiralarini sezilarli darajada toʻldirgan Rossiya va Hindiston yoʻlidan bormoqda[10].

Aholi daromadlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 1-yanvaridan Meksikada eng kam ish haqi hudud va sanoatga qarab, mamlakatning asosiy qismida kuniga 172,87 pesodan (8,47 dollar) 222,67 pesogacha (10,91 dollar) va har bir kishi uchun 260,34 peso (12,76 dollar)ni tashkil etadi. Meksikaning Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan chegarasi boʻylab, alohida iqtisodiy maqomga ega boʻlgan Shimoliy chegara erkin zonasi, AQSh bilan chegaradosh munitsipalitetlardan tashkil topgan[11][12][13][14][15][16][17][18].

  1. Meksika snijaet dobichu nefti posle obʼyavleniya ob ostanovke eksporta s 2023 g. // Интерфакс, 27-maya 2022
  2. 2,0 2,1 <Mexico Energy Data. Natural Gas.>URL: https://archive.today/20121213053724/www.eia.doe.gov/emeu/cabs/Mexico/NaturalGas.html
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Горнодобывающая отрасль“. ИнтерЭксперт (2014-yil 1-yanvar). 2014-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-mart.
  4. „Производство угля в Мексике“. ИАЦ «Минерал» (2006-yil 29-avgust). 2014-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-mart.
  5. 5,0 5,1 Kostyunina G.M. Severoamerikanskaya integratsiya: 20 let spustya // Vestnik MGIMO Universiteta. — 2015. — № 2 (41). — S. 236
  6. [Shkolyar N. A. Meksika: vneshnetorgovaya strategiya na puti iz krizisa./ Latinskaya Amerika. — 2010. — № 8. — S. 7-16.]
  7. „РИА Новости: Мигранты перевели в Мексику в 2010 году более $21 млрд“. 2011-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-may.
  8. RBK: Wal-Mart de Mexico rasshiryaet biznes[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
  9. RIA Novosti: Meksika, Kolumbiya, Chili i Peru podpisali dogovor ob integratsii
  10. „Росбалт: Центробанк Мексики купил 100 тонн золота“. 2013-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-may.
  11. „Архивированная копия“. 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-mart.
  12. „El salario mínimo en México subirá un 22% en 2022 | Economía | EL PAÍS México“. 2021-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-dekabr.
  13. „Salario mínimo 2022 en México: cuánto será el aumento y cómo calcular lo que cobraré - AS México“. 2021-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-dekabr.
  14. „Salario Mínimo 2022: cuánto pagarán el próximo año tras aumento del 22 por ciento | RESPUESTAS | EL COMERCIO PERÚ“. 2021-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-dekabr.
  15. „Salario Mínimo 2022: cómo se aplicará, los montos nuevos y qué beneficios traen a la población según la Conasemi | Edomex | CDMX | Estados Unidos | USA | EEUU | MEXICO | DEPOR“. 2021-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-dekabr.
  16. „Архивированная копия“. 2021-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-dekabr.
  17. „Pactan alza de 22% a salario mínimo para 2022“. 2021-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-dekabr.
  18. „Salario mínimo subirá 22% en México para 2022 - IMER Noticias“. 2021-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-dekabr.