Kontent qismiga oʻtish

Maxmatrasuljon Joʻrayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maxmatrasuljon Joʻrayev
Tavalludi 17-aprel 1948-yil (1948-04-17) (76 yosh)
Oʻsh shahri, Qirgʻiziston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi fizik
Sohasi pedagogika, fizika
Taʼlimi Toshkent davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Maxmatrasuljon Joʻrayev (1948-yil 17-aprel, Oʻsh shahri, Qirgʻiziston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (1993), professor (1998).

Maxmatrasuljon Joʻrayev 1948-yil 17-aprel Oʻsh shahrida ishchi oilasida tugʻilgan[1]. 1965-yilda Toshkent davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetiga oʻqishga kirgan va 1969-yili fizika oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha bitirgan. Oʻqishni bitirgach 1969—1992-yillarda ushbu fakultetdagi nazariy fizika kafedrasi oʻqituvchisi, 1992—1998-yillarda fizika fakulteti dekani, 1998—2007-yillarda Qirgʻizistondagi „Qirgʻiz-oʻzbek“ universitetida kafedra mudiri, fakultet dekani va „Qirgʻiz-oʻzbek“ universitetining pedagogika institutin direktori vazifasida faoliyat koʻrsatgan[1]. 2007-yildan Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika va uni o'qitish metodikasi kafedrasi professori[2].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1985-yilda Chelyabinsk pedagogika institutida ruscha: „Приемственность в развитиистатистических идей при подготовке учителя физики в педагогическом институте“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va pedagogika fanlar nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1988-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. 1993-yilda ruscha: Методологические и дидактические основы формирования вероятностно-статистических идей и понятий (на примере обучения физики в высшей и средней школе“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1998-yilda professor unvonini olgan[1].