Kontent qismiga oʻtish

Maxi Rodríguez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maxi Rodríguez
Rodríguez Argentina safida to'p surmoqda, 2012-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Maximiliano Rubén Rodríguez[1]
Tavallud sanasi 2-yanvar 1981-yil (1981-01-02) (43 yosh)[2]
Tavallud joyi Rosario, Argentina[2]
Boʻyi 1.73 m[3]
Ampluasi Yarim himoyachi
Mukofotlari

|- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#eeeeee;" class="adr" |  Argentina |- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#cccccc;" | FIFA World Cup

|- | style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:silver" | Ikkinchi|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | 2014 Brazil|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | Team

|- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#cccccc;" | FIFA Confederations Cup

|-

| style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:silver" | Ikkinchi|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | 2005 Germany|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | Team
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Newell's Old Boys
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999-2002 Newell's Old Boys 57 (20)
2002-2005 Espanyol 111 (26)
2005-2010 Atlético Madrid 121 (32)
2010-2012 Liverpool 57 (15)
2012-2017 Newell's Old Boys 138 (48)
2017-2018 Peñarol 39 (12)
2019-2021 Newell's Old Boys 33 (9)
Milliy terma jamoa
2001 Argentina U20 7 (4)
2003-2014 Argentina 56 (15)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Maximiliano „Maxi“ Rubén Rodriguez (ispancha talaffuzi: [ˈmaksi roˈðɾiɣes]; 1981-yil 2-yanvarda tugʻilgan) — argentinalik sobiq futbolchi. La Fiera (inglizcha yirtqich hayvon) laqabi bilan tanilgan[4]. Odatda ikkala qanotda ham qanot himoyachisi sifatida oʻynagan, ammo u yarim himoyachi sifatida ham harakat qila olar edi[5][6].

Rodriguez Ispaniyaga 20 yoshida koʻchib kelgan va oʻzining professional faoliyatining asosiy qismini shu yerda oʻtkazgan. "Espanyol" va „Atletiko Madrid“ klublarida ham oʻynagan. La Ligada 8 mavsum davomida 232 ta oʻyin oʻtkazib, 58 ta gol urgan. Angliyaning "Liverpul" jamoasida ham ikki yil faoliyatini o‘tkazdi. Maxi Newell’s Old Boys" klubi safida oʻz faoliyatini yakunladi.

11 yil davomida Argentina milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan Rodriguez 3 ta jahon chempionatida mamlakat sharafini himoya qilgan.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Newell’s va Espanyol

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rosario (Santa-Fe) shahrida tugʻilgan Rodriguezning dastlabki faoliyat yillari Primeraning „Newell’s Old Boys“ jamoasi yoshlar tarkibida oʻtgan. U Ispaniyaga koʻchib oʻtishdan oldin klub bilan uch mavsum oʻyinlarida ishtirok etgan.

2002-yilda Rodriguez La Liganing RCD Espanyol jamoasiga oʻtdi, uning ligadagi debyuti 2-sentabr kuni "Real Madrid" klubiga qarshi (0:2) oʻyinda kechdi. U kataloniyaliklar bilan har mavsumda 37 ta oʻyin oʻtkazgan va oxirgi mavsumida 15 ta gol urgan[7][8][9].

Atletico Madrid

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-2006-yilgi mavsum boshida, Rodriguez 5 million yevro evaziga Atletiko Madrid klubi safiga koʻchib oʻtdi[10]. Oʻzining ikkinchi mavsumida jamoadoshi (qanot himoyachisi) Martin Petrov bilan bir qatorda tizzasidan jiddiy jarohat oldi (oldingi xoch ligamenti), bu esa uning oʻnta uchrashuvda maydonga tushmasligiga sabab boʻldi[11].

2009-yil 10-noyabrda, Rodriguez Ispaniya kubogi 1/8 final javob o‘yinida „UD Marbella“ klubiga qarshi oʻyinda to‘rtta gol urdi va yakunda uning jamoasi 6:0 hisobida g‘alaba qozondi[12]. 2007-yilda Fernando Torres Liverpul klubi safiga oʻtganidan soʻng, u yangi klub sardori etib tayinlandi[13].

Rodriguez "Liverpul" bilan mashgʻulot oʻtkazmoqda,2011-yil

2010-yil 13-yanvarda, Rodriguez „Liverpul“ klubiga erkin agent sifatida uch yarim yillik shartnoma asosida oʻtdi. Rafael Benitez uni „toʻpni qulay uzata oladi va egalik qila oladi“ deb taʼrifladi[14]. Futbolchiga 17-raqamli futbolka berildi[15]. Premer liga oʻyinida, Stoke City klubiga qarshi ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushib, oʻz debyutini amalga oshirdi[16]. Uning birinchi toʻliq starti bir yarim hafta oʻtib, safarda "Wolverhampton Wanderers" klubiga qarshi oʻyinda (0:0) kechdi[17].

Rodriguez oʻzining birinchi oʻyinlarida ikkita assistentlik qildi, ikkalasi ham Atletikodagi sobiq jamoadoshi Torresga qarata uzatilgan edi. U 2010-yil 25-aprelda, Turf Moor stadionida „Byornli“ klubi ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonib, toʻliq 90 daqiqa oʻynab, oʻzining birinchi golini kiritdi[18].

2010-2011-yil Rodriguez uchun yaxshi mavsum boʻldi, jamoa uchun oʻnta gol urdi, jumladan, Birmingham City (5:0 uydagi gʻalaba)[19] va Fulham (Kreyven Kottejda 5:2) bilan oʻyinlarda xet-trik qayd etdi[20].

2011-yil 8-iyulda, Rodriguez raqamini 11 ga almashtirdi[21]. Ko‘p o‘tmay, Malayziya bilan mavsumoldi o‘rtoqlik o‘yinida ikkita gol urdi[22]. 24-avgust kuni Liga Kubogida, Exeter City klubi bilan oʻyinda jamoasi safarda 3:1 hisobida gʻalaba qozondi[23].

2011-yilning 20-noyabrida, Rodriguez jamoadoshi Craig Bellamy bilan yaxshi oʻyinlar oʻtkazdi va "Chelsi" klubi darvozasiga gol urdi, „Liverpul“ klubini "Stamford Bridge" stadionida 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi[24]. To‘qqiz kundan so‘ng, o‘sha raqibga qarshi, o‘sha maydonda va yana uelslik futbolchining hal qiluvchi uzatmasi bilan uning jamoasi Liga kubogida 2:0 hisobida g‘alaba qozondi[25][26].

2011-yil 26-dekabrda, Rodriguez "Enfild" stadionida „Blackburn Rovers“ klubiga qarshi oʻyinda (1:1) mavsumdagi ikkinchi liga golini urdi[27][28].

Janubiy Amerikaga qaytish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilning 13-iyulida, 73 ta rasmiy o‘yin va urilgan 17 goldan so‘ng Rodriguez „Liverpul“ni tark etdi va o‘zining birinchi professional klubi „Newell’s Old Boys“ safiga qaytdi[29]. Ketish oldidan „qizillar“ muxlislariga ochiq xat yozib, ikki yarim yillik faoliyatida qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi[30].

2012-yilning 5-avgustida, klubni tark etganidan keyin birinchi oʻyinini „Atletico Independiente“ jamoasiga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir uning mamlakatida futbol „o‘n yil avvalgidan ham yomonroq“ edi[31]. 2013-yil iyun oyida, jamoaga Torneo finalida gʻalaba qozonishda yordam berdi va yil oxirida Argentina futbolining sobiq direktorlari tomonidan Alumni unvoni bilan taqdirlandi[32].

2017-yilning iyul oyida, 36 yoshli Maxi Urugvayning „Penarol“ klubiga oʻtdi[33]. Montevideodagi har ikki mavsumida ligada gʻolib chiqqanidan soʻng, 2018-yilning soʻnggi kunlarida, 18 oylik shartnoma asosida yana Newell’s safiga qaytdi[34].

2021-yilning 27-noyabrida, o‘zining so‘nggi o‘yinida, „Atletico Banfield“ klubiga qarshi o‘z uyida olqishlarga sazovor bo‘lgan holda, 40 yoshida faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[35]. Biroq keyingi yanvar oyida oʻzining bolalikdagi doʻsti va Newell’s klubidagi jamoadoshi, ushbu klub prezidenti Ignacio Scocco bilan birga Liga Venadense de Fútbol (Santa-Fe provinsiyasidagi mintaqaviy futbol ligasi)dagi Hughes Foot Ball klubi safiga qoʻshildi[36].

Milliy terma jamoa safidagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rodriguez 2001-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Argentinaning 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilari bilan oʻz maydonida gʻolib chiqdi va yettita oʻyinda toʻrtta gol urdi. 2003-yilning 8-iyunida, Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida to‘liq tarkibda debyut qildi va o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol qildi[37].

2005-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi tarkibiga kirganidan soʻng, Rodriguez 2006-yilgi FIFA Jahon chempionatiga bosh murabbiy Jose Pekerman tomonidan chaqirilgan. 16-iyun kuni Argentinaning guruh bosqichida Serbiya va Chernogoriya ustidan 6:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida ikkita gol urgan[38]. 1/8 finalda Meksikaga qarshi qo‘shimcha bo‘limda gol urdi[39]. FIFA tomonidan oʻtkazilgan norasmiy onlayn soʻrovnomada bu gol turnirning eng yaxshi goli deb topildi[40].

Rodriguez (chap tomonda) 2010-yilgi Jahon chempionatida Germaniyaga qarshi oʻyinda

2006-yil 30-iyun kuni, Argentina Germaniyaga qarshi chorak final o‘yinida mag‘lub bo‘lgach, Rodriguez raqibi Bastian Schweinsteigerga musht tushirdi. FIFA uni 5000 CHF miqdorida jarimaga tortdi va 2007-yilgi Amerika Kubogidagi ikkita oʻyinga chetlatdi[41]. Biroq, 2006-yil oktabr oyida, Ispaniya bilan oʻrtoqlik oʻyinida tizzasidan jiddiy jarohat olganidan soʻng, qitʼa musobaqasini oʻtkazib yubordi[42].

Rodriguez Diego Maradonaning Argentina terma jamoasi boshqaruvidagi ilk oʻyinida gol urdi[43]. 2010-yil 19-mayda, Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan 2010-yilgi Jahon chempionati[44] uchun 23 nafar oʻyinchidan iborat tarkibga kiritildi va besh kun oʻtgach, final oldidan soʻnggi uy oʻyinida Kanada darvozasiga ikkita gol urdi[45].

2014-yil iyun oyida, JCH 2014 uchun Argentina tarkibiga kiritildi[46]. Oʻz jamoasining dastlabki oʻyinida, Bosnia va Hersegovinani Estádio do Marakanada 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratib, birinchi boʻlimda Gonzalo Higuain oʻrniga maydonga tushdi[47]. Gollandiyaga qarshi yarim finalda yana maydonga tushdi va penaltilar seriyasida hal qiluvchi zarbani amalga oshirib, jamoasini finalga olib chiqdi[48].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rodriguez hamkasblari Alexis Rodriguez va Denis Rodriguezning amakivachchasi hisoblanadi. Uchalasi bir vaqtning oʻzida Newell’s safida oʻynagan[49][50].

Boshqa faoliyatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilda „Atletiko“dagi jamoadoshi Diego Forlan bilan birga Koti musiqiy videosida koʻrinish berdi[51].

Faoliyatidagi statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub safidagi oʻyinlar, gollar, mavsumlar va musobaqalar[52]
Klub Mavsum Liga Kubok Mintaqaviy Jami
Divizyon Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Newell’s Old Boys 1999-2000 Argentine Primera División 6 0 0 0 0 0 6 0
2000-01 18 5 0 0 0 0 18 5
2001-02 33 15 0 0 0 0 33 15
Jami 57 20 0 0 0 0 57 20
Espanyol 2002-03 La Liga 37 7 0 0 0 0 37 7
2003-04 37 4 0 0 0 0 37 4
2004-05 37 15 0 0 0 0 37 15
Jami 111 26 0 0 0 0 111 26
Atlético Madrid 2005-06 La Liga 29 10 2 0 0 0 31 10
2006-07 10 6 0 0 0 0 10 6
2007-08 35 8 3 0 10 2 48 10
2008-09 33 6 2 0 8 4 43 10
2009-10 14 2 2 5 8 1 24 8
Jami 121 32 9 5 26 7 156 44
Liverpool 2009-10 Premier League 17 1 0 0 0 0 17 1
2010-11 28 10 1 0 6 0 35 10
2011-12 12 4 9 2 0 0 21 6
Jami 57 15 10 2 6 0 73 17
Newell’s Old Boys 2012-13 Argentine Primera División 28 5 1 0 11 3 40 8
2013-14 22 9 1 0 5 2 28 11
2014 17 11 1 0 0 0 18 11
2015 29 10 0 0 0 0 29 10
2016 16 4 1 3 0 0 17 7
2016-17 26 9 1 0 0 0 27 9
Jami 138 48 5 3 16 5 159 56
Peñarol 2017 Uruguayan Primera División 15 6 0 0 0 0 15 6
2018 24 6 5 3 5 0 34 9
Jami 39 12 5 3 5 0 49 15
Newell’s Old Boys 2018-19 Argentine Primera División 7 3 3 2 0 0 10 5
2019/20 23 6 13 3 0 0 36 9
2020 0 0 13 2 3 1 16 3
2021 3 0 0 0 0 0 3 0
Jami 33 9 29 7 3 1 65 17
Umumiy statistikasi 556 162 58 20 56 13 670 195

Terma jamoa safida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yillar boʻyicha oʻyinlar va gollar[53]:

Yil Oʻyinlar Gollar
2003 2 0
2004 2 0
2005 7 1
2006 7 4
2007 4 1
2008 5 2
2009 7 1
2010 6 2
2011 0 0
2012 4 0
2013 7 3
2014 5 1
Jami 56 15
Argentina hisobi birinchi boʻlib koʻrsatilgan, hisoblar ustuni Rodriguezning har bir golidan keyingi hisobni koʻrsatadi. Belgisi ‡ penaltidan urilgan gollarni bildiradi.
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2005-yil 17-avgust Ferens Pushkash, Budapesht, Vengriya  Vengriya 1 — 0 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2. 2006-yil 16-iyun FIFA WM Stadion, Gelzenkirxen, Germaniya  Serbiya va Chernogoriya 1 — 0 6-0 2006 FIFA Jahon chempionati
3. 3 — 0
4. 2006-yil 24-iyun Zentralstadion, Leyptsig, Germaniya  Meksika 2 — 1 2-1 2006 FIFA Jahon chempionati
5. 2007-yil 22- avgust Ullevaal, Oslo, Norvegiya  Norvegiya 1 — 2 1-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
6. 2008-yil 4-iyun Qualcomm, San-Diego, Amerika Qoʻshma Shtatlari  Meksika 3 — 0 4-1
7. 2008-yil 19- noyabr Hampden Park, Glazgo, Shotlandiya  Shotlandiya 1 — 0 1-0
8. 2009-yil 28- mart El Monumental, Buenos-Ayres, Argentina  Venesuela 3 — 0 4-0 2010 yilgi jahon chempionati saralashi
9. 2010-yil 24- may  Kanada 1 — 0 5-0 [54] Oʻrtoqlik uchrashuvi
10. 2 — 0
11. 2013-yil 10- sentabr Defensores del Chaco, Asunsion, Paragvay  Paragvay 5 — 2 ‡ 5-2 2014-yilgi jahon chempionati saralashi
12. 2013-yil 15- oktabr Sentenario, Montevideo, Urugvay  Urugvay 1 — 1 2-3
13. 2 — 2

Liverpool

Newell’s Old Boys

  • Argentina Primera divizioni: 2013-yil finali

Peñarol

  • Urugvay Primerasi: 2017, 2018-yil
  • Urugvay Superkubogi: 2018-yil

Argentina U20

  • FIFA U-20 Jahon chempionati: 2001-yil

Argentina

Shaxsiy

  • Ispaniya Kubogining eng yaxshi toʻpurari: 2009-2010[57]
  • Argentinaning eng yaxshi futbolchisi: 2013[58]
  • Argentina Primera divizyonining eng yaxshi toʻpurari: 2014
  1. „List of players under written contract registered between 01/01/2010 and 31/01/2010“. The Football Association. 2010-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-fevral.
  2. 2,0 2,1 „Maxi Rodríguez“. Eurosport. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  3. „2014 FIFA World Cup Brazil: List of players“. FIFA (2014-yil 11-iyun). 2014-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-oktyabr.
  4. „Maxi Rodríguez, entre Grecia y Uruguay“ (es). TyC Sports (2017-yil 24-iyul). Qaraldi: 2017-yil 20-sentyabr.
  5. Edwards. „The world's top 12 attacking midfielders this season“. Bleacher Report (2013-yil oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
  6. „Maxi Rodriguez's long road to payback“. FIFA (2014-yil 11-iyul). 2014-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
  7. Sans, Gabriel. „Maxi, tres goles que le hacen el 'Pichichi'de la Liga“ (es). Mundo Deportivo (2004-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 10-iyul.
  8. Juárez, Mari Carmen. „Espanyol fulminante“ (es). Mundo Deportivo (2004-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 10-iyul.
  9. „En busca del gol perdido“ (es). Fuerza Perica (2016-yil 10-mart). 2017-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-mart.
  10. „Al final llegaron a buen puerto“ (es). ESPN Deportes (2005-yil 29-iyun). Qaraldi: 2009-yil 28-avgust.
  11. „Maxi Rodriguez, Petrov out for six months“. ESPN Soccernet (2006-yil 16-oktyabr). 2012-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 28-avgust.
  12. „El Marbella paga los platos rotos del derbi“ (es). Marca (2009-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 3-yanvar.
  13. „Torres: "No echo de menos Madrid, ojalá hubiera venido antes al Liverpool"“. 20 minutos (2008-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 24-avgust.
  14. „Maxi makes Reds move“. Sky Sports (2010-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 13-yanvar.
  15. Hassall. „In profile: Our new no. 17“. Liverpool F.C. (2010-yil 13-yanvar). 2010-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 13-yanvar.
  16. Smith, Rory. „Stoke City 1 Liverpool 1: match report“. The Daily Telegraph (2010-yil 16-yanvar). 2010-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-yanvar.
  17. Sanghera. „Wolverhampton 0–0 Liverpool“. BBC Sport (2010-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 5-aprel.
  18. Smith, Rory. „Burnley 0 Liverpool 4: match report“. The Daily Telegraph (2010-yil 25-aprel). 2010-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-may.
  19. „Maxi stars for Reds“. ESPN Soccernet (2011-yil 23-aprel). 2011-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-iyun.
  20. „Maxi and Suarez star again for ruthless Reds“. ESPN Soccernet (2011-yil 9-may). 2011-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-iyun.
  21. Rice. „Jordan and Adam numbers set“. Liverpool F.C. (2011-yil 8-iyul). 2011-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-iyul.
  22. Rich, Tim. „Liverpool owner gives backing to David Ngog and Alberto Aquilani“. The Guardian (2011-yil 16-iyul). Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
  23. „Reds ease to win“. ESPN Soccernet (2011-yil 24-avgust). Qaraldi: 2012-yil 10-iyun.[sayt ishlamaydi]
  24. „Johnson returns to haunt Blues“. ESPN Soccernet (2011-yil 20-noyabr). 2011-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-iyun.
  25. „Chelsea dumped out by Liverpool“. ESPN Soccernet (2011-yil 29-noyabr). 2011-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-iyun.
  26. Bevan. „Cardiff 2–2 Liverpool (Liverpool win 3–2 on penalties)“. BBC Sport (2012-yil 26-fevral). Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  27. „Reds held by resilient Rovers“. ESPN Soccernet (2011-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 10-iyun.[sayt ishlamaydi]
  28. Jurejko. „Blackburn 2–3 Liverpool“. BBC Sport (2012-yil 10-aprel). Qaraldi: 2012-yil 10-aprel.
  29. Reade. „LFC confirm Maxi departure“. Liverpool F.C. (2012-yil 13-iyul). 2012-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-iyul.
  30. „Maxi: An open letter to fans“. Liverpool F.C. (2012-yil 13-iyul). 2012-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-iyul.
  31. Mott. „Maxi Rodriguez: Football in Argentina is worse now than a decade ago“. Goal (2012-yil 18-avgust). Qaraldi: 2012-yil 24-avgust.
  32. „Maxi Rodríguez recibió el premio Alumni al mejor jugador“ (es). La Capital (2013-yil 27-noyabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-iyul.
  33. „Maxi Rodríguez fue presentado oficialmente como jugador de Peñarol“ (es). C.A. Peñarol (2017-yil 27-iyul). 2017-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-avgust.
  34. „Maxi Rodríguez regresa a Newell's: "Siempre se vuelve al primer amor"“ (es). Todo Noticias (2018-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 1-yanvar.
  35. „Ex-Liverpool winger Maxi Rodriguez retires at 40“. BBC Sport (2021-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 7-dekabr.
  36. „Maxi Rodríguez e Ignacio Scocco ya se pusieron la de Hughes“ (es). Olé (2022-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 29-mart.
  37. Saaid. „Kirin Cup 2003“. RSSSF (2004-yil 10-iyul). Qaraldi: 2010-yil 25-may.
  38. „Argentina 6–0 Serbia & Montenegro“. BBC Sport (2006-yil 16-iyun). Qaraldi: 2015-yil 17-fevral.
  39. „Argentina 2–1 Mexico (aet)“. BBC Sport (2006-yil 24-iyun). Qaraldi: 2006-yil 10-iyul.
  40. „FIFAworldcup.com sets new standards in online coverage of football“. FIFA (2006-yil 13-iyun). 2012-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-fevral.
  41. „Rooney, Cufre and Rodriquez handed bans by FIFA“. Monsters and Critics (2006-yil 8-iyul). 2013-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 10-iyul.
  42. „No lo tendrá en cuenta“ (es). ESPN Deportes (2007-yil 14-iyun). Qaraldi: 2009-yil 28-avgust.
  43. „Maxi winner gets Maradona off the mark“. UEFA (2008-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 26-fevral.
  44. „Coloccini fails to make cut for Argentina party“. BBC Sport (2010-yil 19-may). Qaraldi: 2010-yil 27-may.
  45. „Maradona's men run riot“. ESPN Soccernet (2010-yil 24-may). 2012-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-may.
  46. „Demichelis in Argentina squad as trio miss out“. FIFA (2014-yil 2-iyun). 2014-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-iyun.
  47. „Bosnia beaten by Messi marvel“. FIFA (2014-yil 16-iyun). 2014-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-iyul.
  48. „Romero the shoot-out hero as Argentina reach final“. FIFA (2014-yil 9-iyul). 2014-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-iyul.
  49. „El golazo del "otro" primo de Maxi Rodríguez para el triunfo de la reserva leprosa“ (es). La Capital (2017-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 16-mart.
  50. „Qué primo, Maxi!“ (es). Olé (2017-yil 2-oktyabr). 2018-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-mart.
  51. „Maxi Rodríguez y Diego Forlán, invitados de lujo en el nuevo videoclip de Coti“ (es). Atlético Madrid (2009-yil 17-mart). Qaraldi: 2009-yil 28-avgust.
  52. „M. Rodríguez“. Soccerway. Qaraldi: 2014-yil 2-aprel.
  53. „Maximiliano Rodríguez“. Mundo Albiceleste. 2020-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-avgust.
  54. „Maradona's men run riot“. ESPN Soccernet (2010-yil 24-may). 2012-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-may.
  55. Bevan. „Cardiff 2–2 Liverpool (Liverpool win 3–2 on penalties)“. BBC Sport (2012-yil 26-fevral). Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  56. McNulty. „Chelsea 2–1 Liverpool“. BBC Sport (2012-yil 5-may). Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  57. „Copa del Rey 2009/2010: Top Scorer“. World Football. Qaraldi: 2020-yil 3-aprel.
  58. „Maidana es de oro“ (es). Olé (2013-yil 18-dekabr). 2018-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-aprel.