Kontent qismiga oʻtish

Matiya Majuranich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Matiya Majuranich
Tavalludi 4-fevral 1817-yil
Vafoti 17-aprel 1881-yil(1881-04-17)
(64 yoshda)
Grats, Avstriya
Ijod qilgan tillari Xorvat tili[1]
Yoʻnalish Romantizm

Matiya Majuranich (xorvatcha: Matija Mažuranić; 1817-yil 4-fevral, Novi Vinodolski – 1881-yil 17-aprel, Grats) – xorvat yozuvchisi, sayohat hikoyalari muallifi[2]. Xorvat yozuvchisi Ivan Majuranich va tilshunos Anton Majuranichning ukasi. Kasbi temirchi, adabiyotdan tahsil olmagan. U Milliy-ozodlik harakatida faol ishtirok etgan (Illirikizm). Majuranich „Bosniya manzarasi“ nasriy asari („Pogled u Bosnu“/"Pogled na Bosnu", 1842-yil) muallifi.

Matiya Majuranich Novi Vinodolskida tugʻilgan. Oʻz ona shahrida temirchilikni oʻrgangan. 1841-yilgacha u tez-tez Bosniya boʻylab sayohat qilgan va Chernogoriya hamda Serbiyada ham boʻlgan.

Matiya Majuranich 1841-yilda vataniga qaytib, temirchilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan. U madaniyat masalalarini oʻrgana boshladi, kitoblar yozdi. 1847-yilda Matiya Majuranich Venaga, 1848-yilda Sarayevoga (Bosniya) tashrif buyurdi. Sarayevodan keyin (aniq sanasi saqlanmagan) Matiya Istanbulga bordi, manbalarga koʻra u Suvayshga yetib kelgan va Misrda boʻlgan.

1852-yilda Matiya yana vataniga qaytib keldi.

1879-yilda u kasal boʻlib qoldi. U tanho, sokin hayot kechira boshladi. Vaqt oʻtishi bilan ruhiy buzilish belgilari paydo boʻla boshladi. 1881-yilda Matiya mashhur psixiatr Richard fon Krafft-Ebingning Grats yaqinidagi Feldxofdagi sanatoriysida davolandi va u yerda 1881-yil 17-aprelda vafot etdi.

Yozuvchi sifatida Matiya Majuranich 1842-yilda Pogled u Bosnu (tarjimasi „Bosniyaga bir qarash“) sayohat romani bilan mashhur boʻldi. Karlovak, Sisak va Kostaynitsadan Belgrad orqali Sarayevoga, Travnikga, Ruminiya orqali Zvornikgacha piyoda va otda sayohat qilib, sayohat kundaliklarini yuritdi[3]. Shuningdek, u romatizmda ham ijod qilgan.

  • Pogled u Bosnu, ili kratak put u onu krajinu, učinjen 1839—40. po jednom domorodcu, Zagreb, 1842
  • Izabrana djela, PSHK, b. 32, Zagreb, 1965
  • Fališevac, Dunja; Nemec, Krešimir; Novaković, Darko (2000), Leksikon hrvatskih pisaca (Croatian), Zagreb: Školska knjiga d.d, ISBN 953-0-61107-2{{citation}}: CS1 maint: unrecognized language ()
  1. (unspecified title)
  2. „Краткая литературная энциклопедия. Мажуранич Матия“. 2023-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-aprel.
  3. „ЭСБЕ:Мажуранич Матия“. 2023-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-may.