Mashhur ayyor eshaklar
Mashhur Trick Eshaklar – 1858-yilda Sem Loyd tomonidan ixtiro qilingan jumboq hisoblanadi [1], birinchi marta bu jumboqPT Barnum sirkini targʻib qilish uchun moʻljallangan kartada chop etilgan. Oʻsha paytda jumboq birinchi marta „PT Barnumning hiyla-nayranglari“ degan nomi bilan atalgan. [2] Jumboq sababli Millionlab kartalar sotilgan. Sem Loydning daromadi 1871 yilda 10 000 dollarni tashkil etgan [3] — 2014 yilda daromadi taxminan 200 000 dollar koʻtarilgan. [4]
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻrinishi
Martin Gardnerning soʻzlariga koʻra, bu jumboq 17-asr fors dizaynidan ilhomlangan tarzda yaratilganligi aytilgan. Hozirda Bostondagi Tasviriy sanʼat muzeyida .qogʻozdagi siyoh koʻrinishi saqlanadi. [5] (U 1914 yilda Viktor Goloubevdan muzey sotib olgan. Ikkinchi nusxasini esa 1912 yilda sotib oldi va Parijda koʻrgazmaga qoʻydi. [6])
1858 yilda Sem Loydning aytishicha, u ikkita xachir va ikkita chavandozdan iborat jumboq kartasi haqida oʻylagan. Kartani uchta boʻlakka boʻlish, oʻyinchi kartalarni har bir xachirda bitta chavandoz boʻladigan tarzda joylashtirishi kerak boʻlgan.1871 yilda „Ajoyib Xitoy Pony Puzzle“ deb nomi bilan atalgan boshqotirmasini nashr etgandan soʻng, Sem oʻzining xachirlar deb nomlangan jumbogʻini nashr etishga qaror qilgan va uni „Mayyor xachirlar jumbogʻi“ nomi bilan oʻzgartirgan.
PT Barnum ushbu boshqotirma kartasida oʻz shousini targʻib qilish maqsadida oʻz imkoniyatini koʻrgan va Sem Loydga jumboq nomini „PT Barnum’s Trick Mules“ [7] ga oʻzgartirish uchun oʻn ming dollar taklif qildi va Loyd boshqotirmani boshqalarga taklif qilganidan keyin, firmalar tomonidan 100 000 000 dan ortiq nusxada sotilgan undan keyin „Mashhur hiylakor eshaklar“ deb qayta nom bergan. [8] Bugungi kunda The Sam Loyd kompaniyasi boshqotirma huquqlariga 2016-yilda ega boʻlgan. Birinchi marta nashr etilganidan 145 yil oʻtganidan soʻng esdalik boshqotirma kartasini chiqargan. [9]
Boshqotirma
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jumboqning tasvirlangan kartasida markaziy qismi ataylab boʻsh qoldirilgan ikkita eshak koʻrsatilgan. Kartaning uchinchi qismi chavandozlar boʻlib, jumboqning maqsadi uchta boʻlakni (ikkita eshakni va chavandozlarni) joylashtirish boʻlgan shunda chavandozlar eshaklarning orqasiga oʻrnatilgan holatida koʻringan.
Variatsiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Sehrgarning oʻz kitobi yoki butun sehrgarlik sanʼati" kitobining 1857 yildagi versiyasida qarama-qarshi tomonlarga qaragan holda yerda oʻlib yotgan ikki itning surati tasvirlangan. „Oʻlik it jumbogʻi“ deb nomlangan ushbu jumboqning maqsadi itlarni yerda yotishi oʻrniga tirik yotgandek koʻrsatish uchun ikkita chiziq chizishgan va 1939 yilda jumboqning yana bir varianti popkorn kompaniyasining oʻz paketlarida sovrin sifatida topilgan jumboq ikkita xachir va ikkita kobboyni koʻrsatgan. Bu jarayondagi oʻyin holati mexanikasi Sem Loydnikiga oʻxshab koʻringan boshqa kompaniyalar 50-yillarda Albanidagi Vellington mehmonxonasi kabi jumboq bilan kichik kartani sovgʻa sifatida ishlatishgan.
Bugungi kunda koʻplab boshqotirmalar, aql-idrok oʻyinlari va turli xil veb-saytlar boshqotirmalarni onlayn oʻyin shaklida yoki ularning chop ettirilgan nashrdagi variantlari ishlab chiqilgan.[10]
Yechim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jumboqning yechimi shundaki, ikkita otning boshi va orqasi chizilgan har birining chizigʻi bilan bogʻlangan emas. Bu jarayonda birinchi otning boshi kartaning boshqa tomonida ikkinchi otning boshi kartaning teskari tomonida joylashgan. Jumboqni yechish uchun ikkita ot tasvirini birinchi qismidagi otning orqa tomoni ikkinchi qismdagi otning orqa tomoniga qaragan tarzda joylashtiriladi. jarayon kuzatiladi. Ularning orasidagi boʻshliqda jokey qogʻozini siljitish kerak, shunda birinchi ot chapga, ikkinchi ot esa oʻngga, biri teskari tomonga ikkinchisi esa boshqa teskari tomonga yugurayotgan tasvir hosil boʻladi. [11]
Maʼlumotnomalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Trick Donkeys Puzzle“. The Worlds of David Darling. Qaraldi: 2015-yil 19-mart.
- ↑ „The famous trick donkeys: a Sam Loyd puzzle“. Division by Zero. Qaraldi: 2015-yil 19-mart.
- ↑ „Sam Loyd's Trick Mules“. Defective Yeti. 2021-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-mart.
- ↑ „Inflation calculator“. Dave Manuel. Qaraldi: 2015-yil 19-mart.
- ↑ Gardner, Martin „Chapter 9: Sam Loyd: America's Greatest Puzzlist“, . Mathematical puzzles & diversions. New York, N.Y.: Simon and Schuster, 1959 — 95-bet.
- ↑ „Four Interlaced Horses“. Museum of Fine Arts, Boston.
- ↑ „Cracker Jack Cowboy Puzzle“. Bc.ca. 2014-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-mart.
- ↑ „Sam Loyd, Puzzle Man, Dies.“. The New York Times (1911-yil 12-aprel). Qaraldi: 2015-yil 19-mart.
- ↑ „145th year commemorative puzzle“. Sam Loyd. 2015-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-mart.
- ↑ „Two deceptive 19th Century puzzles: The Trick Mule Puzzle, and The Dead Dog Puzzle“. Deceptology. Qaraldi: 2015-yil 19-mart.
- ↑ „Sam Loyd's Tricky Donkey“. amagicclassroom.com/. Qaraldi: 2015-yil 19-mart.