Kontent qismiga oʻtish

Marksistik sotsializm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Liberalizm (klassik liberalizm) XIX asrda peshqadamlik qildi, lekin tanqidchilar boylar va kambag‘allar o‘rtasida katta farqlanish hosil bo‘lganini ma’qullashmadi. T.H.Grindan farqli o‘laroq, ba’zi insonlar islohotlaming ijtimoiy holatni yetarlicha o‘zgartira olishiga ishonishmas, ular kapitalistik tizimni kuch bilan ag‘darishni ma’qul ko‘rishdi. Bu sotsialistlar edi va ulaming yetakchi mutafakkiri Karl Marks bo‘lib, olim sifatida fan uchun emas, balki inqilobni targ‘ib qilish uchun yozgan. U burjuaziya tanazzulga yuz tutadi degan ilg‘or nazariyalari ustidan ishlashdan ham oldinroq burjuaziyani yomon ko‘rardi. Uning g‘oyalari tafsiloti 1848-yildagi “Proletariatlaming kishanlaridan bo‘lak yo‘qotadigan narsasi yo‘q. Ularga g‘alaba qozonishlari uchun olam muhayyo. Butun dunyo ishchilari, birlashingiz!” kabi jarangdor so‘zlami qamrab olgan “Kommunist Manifesti” broshyurasida aks etadi. K.Marks Yevropaning ilk sotsialistik partiyasini tuzilishida ishtirok etgan. K.Marks o‘zining “Kapital” asarida nima sababdan kapitalizm ishchilar tomonidan ag‘darilishi mumkinlligini keng tahlil qilgan. Keyin sinflararo tafovutsiz sermahsul jamiyat, sotsializm kelishi kerak edi. Undan so‘ng sanoat ishlab chiqarish yuqori bo‘lgan Kommunizm bosqichiga o‘tilib, ushbu sotsialistik jamiyat politsiya, pul birligi, hattoki hukumatsiz hayot kechiradi. U tuzumda mol-mulk juda ko‘p bo‘ladi, odamlar faqat o‘zlariga kerakli bo‘lgan narsalami oladi. Unda hech qanday xususiy mulkchilik bo‘lmaydi va shu sabab hech qanday politisiyaga ehtiyoj qolmaydi. Chunki davlat sinflar orasida tafovut bor bo‘lishi uchun bir vosita, agar hukumat bo‘lmasa, demak, sinfiylik ham bo‘lmaydi. Hukumat so‘na boshlaydi. Sotsializmdan keyin kelishi bashorat qilingan utopiya-Kommunizm yuzaga keladi. K.Marks bor e’tiborini kapitalzimning kamchiliklari va xatolariga qaratadi lekin sotsializmning qanday bo‘lishi haqida hech qanday aniq ma’lumot berib o‘tmaydi. Bu sotsialistlaming ko‘pchiligiga sotsializm haqidagi o‘z qarshlarini ilgari surishga va o‘z g‘oyalariga nisbatan aynan shuni Marks nazarda tutgan deyishlariga imkon berdi.Misol tariqasida, Lenin va Stalinning gipermarkazlashtirilgan mustabid tizimi, Trotskiyning o‘xshashlik ayblovi, Maoning o‘z-o‘zini vayron qiluvchi revolutsiyasi, B.Titoning markazlashmagan tizimini keltirish mumkin. Hammasi o‘zicha haq edi. Va buning barchasi “real” sotsializmni o‘zgacha talqin qilish imkoniyatini beradi. Natijada mazkur mafkura o‘zini to‘liq oqlamadi va yemirildi.

O'.B.Bito'rayev Siyosatshunoslikka kirish:o'quv qo'llanma.-T.:2017.