Markaziy Osiyo mitropolit okrugi
Markaziy Osiyo mitropolit Okrugi — rus pravoslav cherkovining Markaziy Osiyodagi kanonik boʻlinmasi. Toshkent, Bishkek va Dushanbe yeparxiyalarini, shuningdek Turkmanistondagi Rus pravoslav cherkovining patriarxal cherkovlarini birlashtiradi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent yeparxiyasi boʻlingandan keyin Muqaddas Sinodning 2011-yil 27-iyuldagi qarori bilan tuzilgan.[1][2]
Oʻrta Osiyo mitropolit okrugi boshligʻi, Toshkent va Oʻzbekiston yepiskopi Markaziy Osiyo mitropoliti unvoniga ega. Okrug tashkil etilgandan keyin Toshkent va Oʻzbekistonning yepiskopi mitropolit Vikentiy (Morar) boʻlgan.[3][4][5].
2011-yil 5-oktabrda Muqaddas Sinod Rossiya pravoslav cherkovi Muqaddas Sinodining doimiy aʼzolari qatoriga Markaziy Osiyo mitropoliti, Markaziy Osiyo mitropolit okrugi boshligʻini kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.[6].
2012-yil 29-mart kuni Markaziy Osiyo Mitropolit okrugi Sinodining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtgan, unda Turkmaniston Patriarxal dekanligi rahbari yepiskop Feofilakt (Kuryanov) ham ishtirok etgan. Yigʻilishda Oʻrta Osiyo mitropolit okrugining Ustavi va uni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq muammolar muhokama qilingan, ta’lim va katexiziya boʻlimlari, yoshlar xizmati hamda ziyorat faoliyatini tashkil etish boʻlimlari tuzilgan.[7]
2013-yil 24-avgustda Markaziy Osiyo mitropolit okrugi Sinodining qarori bilan 8-sentabrni Markaziy Osiyo mitropolit okrugi kunini nishonlash sanasini belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.[8]
Mitropolit okrugi sinodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rais:
- Vikentiy (Morar) , Oʻrta Osiyo mitropoliti — Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasi boshqaruvchisi;
A’zolari:
- Feofilakt (Kuryanov), Pyatigorsk va Cherkessk arxiyepiskopi - Turkmaniston Patriarxal dekanligining boshqaruvchisi;
- Danil (Kuznetsov), Bishkek va Qirgʻiziston yepiskopi;
- Pitirim (Tvorogov), Dushanbe va Tojikiston yepiskopi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Журналы заседания Священного Синода от 27 июля 2011 года (Журнал № 67). Патриархия.Ру.
- ↑ Образован Среднеазиатский митрополичий округ. Православие и мир.
- ↑ Журналы заседания Священного Синода от 27 июля 2011 года (Журнал № 68). Патриархия.Ру.
- ↑ Указом Святейшего Патриарха Кирилла архиепископ Ташкентский и Узбекистанский Викентий возведён в сан митрополита. Патриархия.Ру.
- ↑ Святейший Патриарх Кирилл совершил чин возведения архиепископа Ташкентского и Узбекистанского Викентия в сан митрополита. Патриархия.Ру, 4 августа 2011.
- ↑ „Завершился первый день работы зимней сессии Священного Синода Русской Православной Церкви“. 2013-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-oktyabr.
- ↑ „Состоялось первое заседание Синода Среднеазиатского митрополичьего округа“. 2012-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-mart.
- ↑ „8 сентября – День Среднеазиатского митрополичьего округа. - Свято - Троице - Георгиевский мужской монастырь города Чирчика | Свято - Троице - Георгиевский мужской монастырь го...“ (deadlink). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-avgust.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Среднеазиатский митрополичий округ Русской Православной Церкви. Патриархия.Ру.
- Внутреннее положение о Среднеазиатском митрополичьем округе Русской Православной Церкви. Патриархия.Ру.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |