Marinara
Marinara (italyancha: Marinara, soʻzma-soʻz. — «dengizchilar sousi») - pomidor, sarimsoq, oʻtlar (masalan, rayhon va oregano) va piyozdan tayyorlangan italyan sousi[1][2][3]. Sous retseptining turli variantlari mavjud, turiga qarab kavar, zaytun va xushboʻy qoʻshimchalar qoʻshiladi[4][5].
Anʼanaviy italyan oshxonasi makaron, guruch, dengiz mahsulotlari va pitsaga marinara qoʻshishni oʻz ichiga oladi[6][7]. Soʻnggi yillarda marinara AQSh oshxonasida anʼanaviy ketchupga muqobil sifatida keng qoʻllana boshlandi[8].
Marinara sousi XVI-asrning oʻrtalarida Yevropada pomidor paydo boʻlganidan soʻng kema oshpazlari tomonidan ixtiro qilingan – bu goʻshtsiz sous pomidor tarkibidagi kislota yuqori boʻlganligi sababli uzoq vaqt saqlash muddatiga ega edi, shuning uchun uni uzoq sayohatlarda foydalanish mumkin edi[9].
Italyanchha alla marinarani Avstraliya, Yangi Zelandiya, Ispaniya va Janubiy Afrikada mashhur boʻlgan spagetti marinara bilan adashtirib yubormaslik kerak, unda pomidor asosidagi sous yangi baliq va dengiz mahsulotlari bilan aralashtirib yuboriladi. Shunga oʻxshash taom Italiyada ham maʼlum, ammo bu yerda uni alla pescatora deb atashadi.
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu sousning kelib chiqishi haqida bir nechta folklor versiyalar mavjud. Birinchisiga koʻra, XVI-asrning oʻrtalarida Amerikadan qaytib kelgan Neapolitan kemalaridagi oshpazlar ispanlar Meksikadan Yevropaga pomidor olib kelishganidan keyin marinara sousini ixtiro qilishgan. Boshqa bir nazariyaga koʻra, sous neapolitanlik dengizchilar dengizdan qaytib kelgach, xotinlari tomonidan tayyorlangan[10].
Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, pomidor sousini oʻz ichiga olgan birinchi italyan oshxona kitobi[11] Lo Scalco alla Moderna
("Zamonaviy styuard") italiyalik oshpaz Antonio Latini tomonidan yozilgan boʻlib, 1692 va 1694-yillarda 2 nashrda chop etilgan. Latini Neapol vitse-qirolining birinchi ispan vazirining styuardi boʻlib ishlagan. Lekin oʻsha paytda sous koʻproq pomidor salsasiga oʻxshardi[12][13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Соус маринара — Оксфордский словарь“. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
- ↑ „Определение соуса маринара на сайте Encarta“. 2011-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-oktyabr.
- ↑ Определение соуса маринара в словаре Your Dictionary
- ↑ Рецепт соуса Джиада Делаурентиса
- ↑ Рецепт соуса на сайте Serious Eats
- ↑ Рецепт спагетти маринара на сайте the Taste
- ↑ „Рецепт пенне с маринарой на сайте Foodnetwork“. 2010-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 5-oktyabr.
- ↑ Рецепт жареного сыра под маринарой на сайте My Recipes[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ Информация о соусе на сайте Wisegeek
- ↑ „Marinara Sauce“ (en). The Italian Chef (2012-yil 22-mart). Qaraldi: 2020-yil 20-avgust.
- ↑ Dickie, John.. Delizia! : the epic history of the italians and their food. Free Pr, 2010. ISBN 0-7432-7807-0, 978-0-7432-7807-2.
- ↑ Nelson Foster, Linda S. Cordell. Chilies to Chocolate: Food the Americas Gave the World. University of Arizona Press, 1992. ISBN 978-0-8165-1324-6.
- ↑ Lynne Olver. „Origins of Italian tomato sauce“. www.foodtimeline.org. Qaraldi: 2020-yil 20-avgust.