Mamta Kulkarni
Mamta Kulkarni | |
---|---|
Tavalludi |
20-aprel 1972-yil |
Fuqaroligi | Hindiston |
Kasbi | Aktrisa, Madel |
Faoliyat yillari | 1991-2003 |
Mamta Kulkarni — sobiq hind aktrisasi va modelidir. Mamta Aashiq Awara (1993), Waqt Hamara Hai (1993), Krantiveer (1994-yil), Karan Arjun (1995), Sabse Bada Khiladi (1995), Andolan (1995), Baazi (1996), China Gate (1998) va Chhupa Rustam: A Musical Thriller (Sirli Rustam: Musiqiy triller 2001) kabi muvaffaqiyatli hind filmlarida suratga tushgan. Uning Aashiq Avara (1993) filmidagi ijrosi unga 1994-yilda „Yilning yangi yuzi“ sifatida Filmfare mukofotini qoʻlga kiritishida sababchi bo'lgan. Rejissyor Rakesh Roshan tomonidan suratga olingan Karan Arjun (1995) blokbasterida Kulkarni Salmon Xon bilan birga rol ijro etgan. Mamta Kabhie Tum Kabhie Hum filmidagi rolidan keyin kino sanoatidagi faoliyatini tark etdi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kulkarni kinodagi ilk rolini 1992-yilda Tirangaa filmida ijro etgan. 1993-yilda u Aashiq Avara filmida, shu filmi uchun „Yilning yangi yuzi“ uchun Filmfare mukofotini qoʻlga kiritdi. MamtaWaqt Hamara Hai (1993), Krantiveer (1994), Karan Arjun (1995), Sabse Bada Khiladi (1995) va Baazi (1995) filmlar kabi koʻplab mashhur filmlarda suratga tushdi. Mamta bu filmlarning barchasida asosan bosh rollarni ijro etgan. Ghatak: Lethal (1996) filmida u Kamo rolini ijro etgan. Rajkumar Santoshi 1998-yilda „Yetti samuray“ filmining remeyki Xitoy darvozasi filmida bosh rolni ijro etgan. Biroq film mashhurlikka erisha olmagan. Shundan so’ng Santoshi va Mamta oʻrtasidagi munosabatlar buziladi. Kulkarni filmdan olib tashlangan va uning nomidan gangster Chhota Rajan aralashganidan keyingina mish-mishlar tarqala boshladi[1]. Film nihoyat ekranlarga chiqarilganida, oʻrtacha daromad qildi.
Boʻlgan voqealar gʻazablangan va hafsalasi pir boʻlgan Kulkarni Santoshiga qarata oʻgirilib, uni ekran vaqtini qisqartirganlikda aybladi.[2] Santoshi esa film bilan bogʻliq barcha mish-mishlarni rad etdi va masala tinchgina hal qilindi. Biroq, bu Kulkarni ijodidagi halokatli zarba boʻldi. Shundan keyin u bir nechta filmlardagina paydo boʻldiMamta2002-yilda „Kabhie Tum Kabhie Xum“ filmidan soʻng filmlarni tark etdiMamtashuningdek, Kannada, Tamil, Telugu, Bengal va Malayalam tillarida bir nechta filmlar suratga tushgan.
Shaxsiy hayot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kulkarni oʻrta sinf marathi Brahminlar oilasiga mansub edi va u Viki Gowsvami bilan turmush qurmaganligini bildirgan.[3] Biroq, qarama-qarshi maʼlumotlarga koʻra esa u 2013-yilda Viki Gosvamiga [4] ga turmushga chiqgan deb aytilgan.
Munozara
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yil iyun oyida Thane politsiyasi Kulkarni noqonuniy ravishda metamfetamin ishlab chiqarish uchun Efedrin yetkazib berishda ishtirok etganganlikda ayblanuvchilardan biri sifatida kuzatilgan, ular bu savdosi uchun moʻljallangan taxminan 2000 $ ajratilganligi aytib oʻtilgan.[5] Aytilishicha, Kulkarni va uning sherigi Viki Gosvami va boshqa ayblanganlar bilan 2016-yilning yanvar oyida Keniyada boʻlib oʻtgan noqonuniy narkotiklar bilan shugʻullanadigan guruhlar orasidagi oʻzaro yigʻilishida qatnashganligi asos qilib koʻrsatilgan.[6]
2017-yil 25-iyunda xalqaro efedrin yetkazib berish boʻyicha tergov olib borgan Thane politsiyasining jinoyat boʻlimi Kulkarni va uning sherigi va narkobaron deb taxmin qilingan Viki Gosvamiga „huquqbuzar va aybdor“ deb xabar berdi. Jinoiy ishlar bilan shugʻullanuvchi boʻlimi xodimlaridan iborat guruh Mumbaydagi Versovadagi Sky anklavidagi Kulkarning uyiga borib, aktrisaning qayerda ekanligi nomaʼlum boʻlgani sabab eshikka eʼlon yopishtirib qoʻyishdi. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (NDPS) jinoyati toʻgʻrisidagi qonunning maxsus sudi Kulkarni va Gosvamini aybdor deb eʼlon qildi va ularning mol-mulkini tortib olishga qaror chiqardi.[7]
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yili | Nomi | Tili | Roli | Eslatmalar |
---|---|---|---|---|
1991 | Nanbargal | Tamil | Priya | Debut Film |
1992 | Mera Dil Tere Liye | Hindi | Priya R. Singh | |
Tirangaa | Hindi | Sandhya | ||
Premasikharam | Telugu | |||
Donga Police | Telugu | Gowri | ||
1993 | Bhookamp | Hindi | Kavita Anand | |
Waqt Hamara Hai | Hindi | Mamta Vidrohi | ||
Ashaant | Hindi | Sonali | ||
Vishnu Vijaya | Kannada | Sonali | ||
Aashiq Awara | Hindi | Jyoti | Filmfare Award for Lux New Face of the Year | |
1994 | Anokha Premyudh | Hindi | Priti | |
Betaaj Badshah | Hindi | Tejeshwani / Gudiya | ||
Gangster | Hindi | — | ||
Dilbar | Hindi | Priya Verma | ||
Krantiveer | Hindi | Mamta | ||
Vaade Iraade | Hindi | Nikita Sekhri | ||
1995 | Karan Arjun | Hindi | Bindiya | |
Andolan | Hindi | Guddi | ||
Baazi | Hindi | Journalist Sanjana Roy | ||
Policewala Gunda | Hindi | Sudhaʼs sister | ||
Sabse Bada Khiladi | Hindi | Sunita Das | ||
Kismat | Hindi | Madhu | ||
Ahankaar | Hindi | Naina | ||
Bhagya Debata | Bengali | Special appearance | ||
1996 | Raja Aur Rangeeli | |||
Beqabu | Hindi | Reshmi Kapoor | ||
Ghatak: Lethal | Hindi | Dancer | („Maara Re“ qoʻshigʻi), „Koi Jaaye To“ | |
1997 | Jeevan Yudh | Kajal Choudhry | ||
Krantikari | Dancer | |||
Naseeb | Hindi | Pooja | ||
1998 | Jaane Jigar | Meena and Meenu | (Double Role) | |
Qila | Neeta | |||
China Gate | Hindi | Sandhya | ||
1999 | Chandamama | Malayalam | "Rojaappoo Kavilathu" ashulasida koʻrinish bergan | |
2001 | Bangshadhar | |||
Censor | Hindi | Nisha | ||
Chhupa Rustam: A Musical Thriller | Hindi | Sandhya Mother Daughter Tara Sutaria | ||
2002 | Divine Temple Khajuraho | |||
Kabhie Tum Kabhie Hum | Hindi | Sumona | Lead of this film | |
2003 | Shesh Bongsodhar | Bengali | Antara | Bangladeshi Film |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The predator as prey“. Rediff India (27-dekabr 1997-yil).
- ↑ „J'accuse!“ (4-mart 2005-yil).
- ↑ Mathew. „I Am Pure, No Desire For Sex, Films or Drugs, Says Mamta Kulkarni“ (en). TheQuint (2016-yil 22-iyul). 3-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-avgust.
- ↑ „Five things to know about Mamta Kulkarni's husband Vicky Goswami“. hindustantimes.com (29-aprel 2016-yil). 26-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-may 2017-yil.
- ↑ „Mamta Kulkarni named accused in Thane drug racket case“. The Hindu (18-iyun 2016-yil).
- ↑ Thaver. „Ephedrine drug bust: Thane police name Mamta Kulkarni as accused“. The Indian Express (19-iyun 2016-yil). 19-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
- ↑ „Mumbai cops issue 'proclaimed offender' notice to Mamta Kulkarni“. hindustantimes.com/ (2017-yil 24-iyun).