Mamed Usmonov
Mamed Usmonov | |
---|---|
Tavalludi |
1922-yil 16-noyabr |
Vafoti |
2013-yil 16-sentyabr Gidrotorf |
Kasbi | temir yo'l ishchisi |
Mukofotlari |
Mamed Usmonov (1922-yil 16-noyabr, Andijon, Turkiston ASSR – 2013-yil 16-sentyabr, Gidrotorf posyolkasi, Balaxnin tumani, Nijniy Novgorod viloyati) – Oʻrta Osiyo temir yoʻli, Samarqand temir yoʻl stansiyasining 6-vagon deposi avtokontrol punkti chilangari, 1991-yil Oʻzbekiston SSR Qahramoni, Sotsialistik Mehnat Qahramoni mukofotlari bilan taqdrilangan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamed Usmonov 1922-yilda Andijonda viloyatida tavallud topgan. Boshlangʻich maktabni tamomlaganidan soʻng, hunarmandchilik bilim yurtida tahsil olagan.
1938-yildan Samarqand temir yoʻl stansiyasining 6-vagon deposida chilangar sifatida mehnat faoliyatini boshlaygan. 1942-yilda Qizil armiyaga safarbarlik ishlari boʻyicha chaqirtirilgan. Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan. Pskov va Leningrad atrofida jang olib borgan. Latviyadagi janglardan birida jiddiy jarohat oladi va kasalxonada davolanib chiqqanidan soʻng yurtiga demobilizatsiya qilinadi. Usmonov urushdan keyin vataniga nogiron boʻlib qaytadi.
Usmonov yurtiga qaytgach, Samarqand temir yoʻl stansiyasining 6-vagon deposida avtokontrol punktida chilangar yani temir yoʻlchi boʻlib faoliyat olib boradi[1].
1966—1970-yillarda sotsialistik majburiyatlarini va ishlab chiqarish topshiriqlarini muddatidan oldin bajarganligi bois SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1971-yil 4-maydagi farmoni bilan Lenin ordeni bilan, besh yillik transport rejasi topshiriqlarini bajarishda va temir yoʻl transportining texnik vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirishda erishgan ulkan yutuqlari uchun „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali (№ 15389) hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvonlari bilan taqdirlangan.
Mamed Usmonov 1977-yilda nafaqaga chiqgan. Mehnat faoliyatini yakunlaganidan keyingi hayoti Samarqandda kechadi. Keyinchalik, 2007-yilda oilasi bilan birga Balaxni tumanidagi Gidrotorf posyolkasiga koʻchib oʻtib, 2013-yilda oʻsha yerda vafot etgan. Qabri oʻzi yashagan hududga dafn etilgan[2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sotsialistik Mehnat Qahramoni
- Lenin Ordeni
- 1-darajali Vatan urushi ordeni (11.03.1985)
- "Jasorat uchun" medali (06.05.1965)
- "Mehnatdagi oʻrnak uchun" medali (06.08.1966)
- Faxriy temir Yoʻlchi (29.04.1975)
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shermuxamedov Said. Nekotorie voprosi marksistsko-leninskoy etiki. Sbornik statey. – Tashkent: izd. Uzbekistan, 1978. – T. IX. – S. 107. – 271 s.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Moroxin Nikolay, On bil nashim kollegoy[sayt ishlamaydi], Voljskaya magistral
- ↑ „Узбекские ученые изобрели способ приготовления лечебного напитка для диабетиков“. 2020-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Usmanov Mamed (rus.). Sayt „Geroi strani“.
- Usmanov Mamed, Pamyat naroda
- Moroxin Nikolay, On bil nashim kollegoy[sayt ishlamaydi], Voljskaya magistral