Mamayunus Pardayev
Mamayunus Qarshiboyevich Pardayev | |
---|---|
Tavalludi |
12-fevral 1948-yil Baxmal tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | iqtisodchi olim |
Sohasi | iqtisodiyot |
Taʼlimi | Samarqand kooperativ instituti |
Ilmiy darajasi | iqtisodiyot fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mamayunus Qarshiboyevich Pardayev (1948-yil 12-fevral, Baxmal tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamayunus Pardayev 1948-yil 12-fevral Baxmal tumanida tugʻilgan[1]. 1971-yilda Samarqand kooperativ institutini tugatgan. Mehnat faoliyati 1971-yildan ushbu intitutda boshlangan. 1977—1981-yillarda institutning moliya va kredit kafedrasi oʻqituvchisi, dotsenti, 1993—1998-yillda statistika va iqtisodiy tahlil kafedrasi mudiri, 1998-yildan ma’naviyat va ma’rifat ishlari boʻyicha prorektor, 2004—2011-yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis institutining statistika kafedrasi mudiri, 2011—2013-yillarda menejment va statistika kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat koʻrsatgan. Hozirda institutning iqtisodiy tahlil va statistika kafedrasi professori[2]. 200 dan ziyod darslik, o‘quv qo‘llanmalar muallifi[1]. Shuningdek, badiiy ijod shugʻullanadi. „Hikmatli dunyo“ (2018-yil), „Saboq“ (2021-yil), „Hayot saboqlari“ (2021-yil) kabi kitoblari nashr etilgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „O‘zbekiston mustaqilligining 10 yilligi“ esdalik nishoni (2001);
- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil“ esdalik nishoni (2006);
- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni (2011);
- „Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni (2016);
- „Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni (2021);
- 1-darajali „Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni (2022).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „Iqtisodiy tahlil va statistika kafedrasi“. 2023-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-iyul.