Mamadmuso Mamadazimov
Mamadmuso Mamadazimov | |
---|---|
Tavalludi |
1942-yil Balandchaqir, Xovos tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | astronom |
Sohasi | astronomiya |
Taʼlimi | Toshkent davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlar doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mamadmuso Mamadazimov (1942-yil, Xovos tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik astronom olim, pedagogika fanlar doktori (2005), professor (2007).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamadmuso Mamadazimov 1942-yil Toshkent viloyati, Xovos tumani, Balandchaqir qishlogʻida (hozirgi Jizzax viloyati, Yangiobod tumani markazi) tugʻilgan[1]. 1948—1958-yillarda qishloqdagi Alisher Navoiy nomidagi 1-maktabda oʻqigan. 1958—1963-yillarda Toshkent davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetida tahsil olgan. 1963—1966-yillarda oʻzi oʻqiga maktabda matematika va astronomiyadan dars beradi. Dastlab Toshkent Astronomiya institutida tadqiqotlar olib boradi, so‘ng Leningradga SSSR Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya observatoriyasiga stajyor-tadqiqotchisi sifatida oʻqishga jo‘natiladi. 1971-yilda „Quyosh dog‘larining yarim soyasida plazma harakatining nozik strukturasi“ mavzusida nomzodlik ishini yoqlagan[2], 2005-yilda ruscha: „Теоретические основы содержание астрономии и методики ее преподавания в системе непрерывного образования“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlar doktori ilmiy darajasini olgan. 2007-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 1971—1985-yillari Toshkent davlat pedagogika instituti Nazariy fizika kafedrasi katta oʻqituvchisi, dotsent, 1985—1989-yillarda kagedra mudiri, 1989—1990-yillarda oshkent davlat universiteti Astronomiya kafedrasi oʻqituvchisi vazifasida ishlagan, 1997-yildan Toshkent davlat pedagogika universiteti Fizika-matematika fakultetining Umumiy fizika kafedrasi mudiri[1]. Mamadmuso Mamadazimov fizika va astronomiya oid darsliklar[3][4], o‘quv-metodik qo‘llanmalar, ilmiy-ommabop risolalar va 200 ga yaqin maqolalar, shuningdek, „Dumli yulduzlar“ (1981), „Tanishing yulduzlar“ (1987), „Yer hammamiz uchun yagona uy“, „Kosmik kelgindilar va uchar tarelkalar“, „Ulug‘bek va uning rasadxonasi“ kitoblari muallifi[2].
Unvon va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Xalq maorifi a’lochisi“ koʻkrak nishoni (1978);
- „O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi a’lochisi“ koʻkrak nishoni (2015);
- Turon Fanlar akademiyasi akademigi (2019).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ 2,0 2,1 „BBC mehmoni - astronom olim Mamadmuso Mamadazimovga savol yo‘llang“ (2014-yil 10-mart).
- ↑ M.Mamadazimov. Астрономиядан укиш китоби.
- ↑ M.Mamadazimov. [https://www.ziyouz.com/books/kollej_va_otm_darsliklari/fizika/Astronomiya%20(M.Mamadazimov).pdf Astronomiya/Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik].