Maksim Nikitin
Maksim Nikitin | |
---|---|
Nazarova va Maksim 2018-yilgi figurali uchish boʻyicha Yevropa chempionatida | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Maksim Nikitin |
Davlat | Ukraina |
Boʻyi | 178 |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 188,64 |
Qisqa dastur | 75,46 |
Erkin dastur | 113,18 |
Maksim Konstantinovich Nikitin (ukraincha: Максим Костянтинович Нікітін; 1994-yil 5-oktyabr, Xarkov) — Aleksandra Nazarova bilan muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi ukrainalik figurali uchuvchi. Ular birgalikda 2017-yilgi Qishki Universiada chempionlari, oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindorlari (2015), Qishki oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari chempionlari, Ukrainaning uch karra chempioni (2015, 2017 va 2018-yillar), oʻsmirlar oʻrtasidagi Ukraina chempionati gʻoliblari (2012) boʻlgan.
2022-yil iyun holatiga koʻra, Nazarova va Nikitin juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi reytingida oʻn sakkizinchi oʻrinni egallagan[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faoliyatining boshida Maksim Nikitin yakkalik konkida uchish bilan shugʻullangan. Keyinchalik, Maksimni murabbiyi Galina Churilova Oleksandra Nazarova bilan juftlashtirdi. Xalqaro maydonda juftlik 2010-yilning kuzida oʻsmirlar darajasidagi Gran-pri bosqichlarida debyut qilishgan.
Juftlikning oʻsmirlar darajasidagi asosiy yutugʻi 2012-yilda Insbrukda boʻlib oʻtgan birinchi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida qoʻlga kiritgan kumush medali edi[2].
Keyingi mavsumda juftlik oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichida oʻz chiqishlarini davom ettirdilar. Ular Xorvatiya va Avstriyadagi bosqichlardagi dasturlarni juda yaxshi namoyish qilishdi va beshinchi oʻrinni egalladi. Dekabr oyi boshida ukrainaliklar Vengriyada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi turnirda, keyin esa oʻsmirlar oʻrtasidagi milliy chempionatda gʻalaba qozonishdi. Bunday yutuqlar ularga Italiyada oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashish huquqini berdi va ular ikkinchi oʻrinni egalladi. Ushbu mavsum oxirida, Milanda oʻtkazilgan chempionatdan soʻng, murabbiy Galina Churilova ularga Moskvaga koʻchib oʻtishni taklif qildi.
2014-yil kuzida juftlik Gran-prining ikkita kichik bosqichida qatnashdilar. Estoniyada oʻtkazilgan bosqichda bronza medalini qoʻlga kiritdi, Chexiyada esa toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Biroq bunday natija ularga ikkinchi marta Gran-pri finaliga chiqishga imkon bermadi.
Aleksandra va Maksim yangi mavsumni Salt Lake City shahrida figurali uchish boʻyicha Classic Challenger seriyasidagi xalqaro turnirda boshlashib, toʻrtinchi oʻrinni egallashdi. Oktyabr oyida bu juftlik Miluokida boʻlib oʻtgan Amerika raundida kattalar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida debyut qildi va u yerda oxirgi oʻrinni egalladi. Keyin ular Estoniyada oʻtkazilgan Tallin Kubogida ishtirok etishdi va u yerda kuchli oltilikka kirdilar, ammo jarohatlari tufayli milliy chempionatda qatnasha olishmadi. Xuddi shu sababga koʻra, ular Yevropa chempionatini ham oʻtkazib yuborishdi[3].
2016-yil mart oyi oxiriga qadar sogʻligʻini tiklagan juftlik Bostonda oʻtkazilgan jahon chempionatida ishtirok etishdi[4].
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksandra Nazarova bilan
Musobaqa | 10/11 | 12/13 | 13/14 | 13/14 | 14/15 | 15/16 | 16/17 | 17/18 | 18/19 | 19/20 | 20/21 | 21/22 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Xalqaro | ||||||||||||
Olimpiada — muz ustida raqs | 21 | 20 | ||||||||||
Olimpiada — jamoa | 10 | |||||||||||
Jahon Chempionati | 17 | 19 | 15 | 15 | 20 | 20 | ||||||
Chempionat Yevropa | 11 | 9 | 11 | 10 | 10 | |||||||
Gran-pri Rossiya | 6 | |||||||||||
Gran-pri Yaponiya | 6 | 9 | 8 | |||||||||
Gran-pri Fransiya | 7 | |||||||||||
Gran-pri AQSh | 7 | 8 | ||||||||||
Denis Ten Xotirasi | 2 | |||||||||||
Viktor Petrenko Kubogi | 1 | |||||||||||
Budapest Trophy | 1 | |||||||||||
LuMi Dance Trophy | 1 | |||||||||||
Bosphorus Cup | 2 | |||||||||||
Mezzaluna Cup | 1 | |||||||||||
Nebelhorn Trophy | 9 | |||||||||||
Open Ice Mall Cup | 1 | |||||||||||
Santa Claus Cup | 1 | |||||||||||
Pavel Roman Xotirasi | 1 | 1 | ||||||||||
Lombardia Trophy | 3 | 3 | ||||||||||
Minsk-Arena Ice Star | 1 | 4 | 3 | |||||||||
Nice kubogi | 3 | 5 | ||||||||||
Universiada | 1 | |||||||||||
Tallinn Trophy | 6 | |||||||||||
U.S. Classic | 4 | |||||||||||
Warsaw Cup | 2 | 3 | ||||||||||
Zagrebning Oltin Konkisi | 4 | 6 | ||||||||||
Sorevnovaniya | 10/11 | 12/13 | 13/14 | 13/14 | 14/15 | 15/16 | 16/17 | 17/18 | 18/19 | 19/20 | 20/21 | 21/22 |
Xalqaro (Oʻsmirlar oʻrtasida) | ||||||||||||
Olimpiada— muz ustida raqs | 2 | |||||||||||
Olimpiada — jamoa | 4 | |||||||||||
Jahon Chempionati | 11 | 5 | 3 | |||||||||
Gran-pri final | 5 | |||||||||||
Gran-pri Chexiya | 4 | |||||||||||
Gran-pri Estoniya | 2 | 3 | ||||||||||
Gran Pri Polsha | 2 | |||||||||||
Gran-pri Xorvatiya | 5 | |||||||||||
Gran-pri Avstriya | 11 | 5 | ||||||||||
Gran-pri Buyuk Britaniya | 7 | |||||||||||
Volvo Open Cup | 2 | |||||||||||
Santa Claus Cup | 8 | 1 | ||||||||||
Istanbul Cup | 5 | |||||||||||
NRW Trophy | 10 | 5 | 7 | |||||||||
Milliy | ||||||||||||
Ukraina Chempionati | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ISU World Standings for Figure Skating and Ice Dance“ (inglizcha). ИСУ (17 июня 2011). 2012-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-iyun.
- ↑ „Александра Назарова и Максим Никитин принесли Украине первую награду зимних юношеских Олимпийских игр“. 24-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-fevral 2017-yil.
- ↑ „U.S. International Figure Skating Classic. Хаббел и Донохью победили, Фурнье-Бодри и Соренсен вторые.“. 28-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2017-yil.
- ↑ „Skate America: Синицына и Кацалапов заняли второе место в танцах на льду.“. 26-oktabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-may 2017-yil.