Mahmud Esad Coşan
Mahmud Esad Coşan | |
---|---|
Coşan Avstraliyada, 1999-yil | |
Tavalludi |
14 April 1938 |
Vafoti |
4-fevral 2001-yil (62 yoshda) Dubbo, Avstraliya |
Fuqaroligi | Turkiya |
Kasbi |
|
Bolalari | 1 |
Mahmud Esad Coşan (talaffuzi: Mahmud Asʼad Joʻshon)(1938-yil 14-aprel – 2001-yil 4-fevral) – turk akademik yozuvchi, voiz, islom professori va naqshbandiya yetakchisi[1][2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Coşan 1938-yil 14-aprelda Chanoqqal’aning Ayvajik tumani, Ahmetche qishlogʻida tugʻilgan. 1950-yilda Vezneciler boshlangʻich maktabini, 1956-yilda Vefa oʻrta maktabini tamomlagan. Istanbul universiteti Adabiyot fakulteti arab-fors filologiyasida oʻqishni boshlagan. Arab tili va adabiyoti, fors tili va adabiyoti, oʻrta asrlar tarixi va turk-islom sanʼati boʻyicha sertifikatlar olgan[3]. 1965-yilda XV asr shoiri Hatipoğlu Muhammad va uning asarlari haqida dissertatsiyani himoya qilib, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi. 1973-yilda dotsent, Anqara universiteti Turk-islom adabiyoti boʻlimiga oʻqituvchi boʻldi. 1977–1980-yillarda Teologiya kollejida dars bergan. Shu vaqt davomida parallel tarzda Sakarya hukumati arxitektura-muhandislik akademiyasida turk tili va adabiyoti fanidan dars bergan. 1982-yilda professor unvonini oldi[3].
İskenderpaşa jamoasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1977-yilda Mehmed Zohid Kotku buyrugʻi bilan hadis suhbatlarini boshlagan. Keyinchalik Naqshbandiya-Xolidiya tariqasining İskenderpaşa Jamiya rahbari boʻlgan. 1987-yilda oʻz xohishi bilan nafaqaga chiqdi. U konferensiya, suhbat, nashriyot va turli korporativ faoliyatini davom ettirdi. 28-fevral operatsiyasida Avstraliyaga ketdi[3].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Coşan va uning kuyovi Ali Yücel Uyarel 2001-yil 4-fevralga oʻtar kechasi Avstraliyaning Dubbo shahrida avtohalokatda vafot etgan[3]. Koshanning oʻlimi haqidagi xabar kelganidan soʻng, Jamoat aʼzolari Üsküdarning Kichik Chamlija shahridagi İskenderpaşa jamoasi markaziga borishgan. Coşanning otasi Halil Necati Coşan va ukasi Mithat Coşan Çilhane masjidida taʼziyani qabul qilishgan[3]. 2001-yil 9-fevralda uning janoza namozi Fotih masjidida oʻqildi. Eyup Sulton qabristoniga dafn etilgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ „biyografi.net: Esat Coþan biyografisi burada ünlülerin biyografileri burada“. www.biyografi.net.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Radikal: „Nakşibendi şeyhi öldü – Nakşibendi tarikatının ünlü kollarından İskender Paşa cemaatinin şeyhi Coşan, Avustralyaʼda trafik kazasında yaşamını yitirdi. Aynı kazada ölen Uyarel, şeyhin olası haleflerinden sayılıyordu“ 5 Şubat 2001
- ↑ „Coşan, Eyüp'te toprağa verildi“. arsiv.ntv.com.tr.
Vikiiqtibosda Mahmud Esad Coşanga tegishli iqtiboslar mavjud. |