Mahamat Yusupxoʻjaev
Qiyofa
Mahamat Yusupxo'jaev Hamidovich | |
---|---|
Tavalludi |
1929 Toshkent |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Sohasi | Sharqshunoslik, hindshunoslik |
Ish joylari | Toshkent teatr va rassomchilik instituti |
Mukofotlari |
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi "Hurmat belgisi" ordeni |
Mahamat Yusupxoʻjaev Hamidovich (1929-yil Toshkent shahrida tugʻilgan) — sharqshunos, filolog, hindshunos, tarix fanlari nomzodi, dotsent. Hozirgi OʻzMU sharq fakultetining 1950-yilgi bitiruvchisi. Hindistonning „Hurmat belgisi“ ordeni sohibi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1950 — 1951-yillar Angrendagi maktabda oʻqituvchi;
- 1952 — 1958-yillar Oʻzbekiston oʻquv pedagogika nashriyotida muharrir.
- 1961 — 1964-yillar KPSS MK huzuridagi Ijtimoiy fanlar akademiyasi aspiranti;
- 1964 — 1968-yillar Oʻz FA SHI da ilmiy xodim.
- 1968 — 1974-yillar Toshkent viloyati madaniy ishlar boshqarmasi boshligʻi.
- 1974 — 1976-yillarda Toshkent teatr va rassomchilik institutida kafedra mudiri.
- 1976 — 1990-yillar SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Diniy ishlar kengashining Toshkent viloyatidagi vakili, 1990-yildan Toshkent viloyati milliy masalalar boʻyicha bosh mutaxassisi.
Asosiy ilmiy ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nomz. diss. mavzusi: „Rabochiy klass Indii v goda nezavisimosti“. — M., 1967.
- Razvitiye natsionalnoy promishlennosti i rabochiy klass Indii. — Tashkent: Uzbekistan, 1968.
- Osiyo mamlakatlarida proletariatning ahvoli va ishchilar harakati // Oʻzbekiston kommunisti. — Toshkent, 1968. — № 12.
- AQSHning ideologiya sohasidagi „tinchlik korpusi“. — Toshkent: Yosh gvardiya, 1971. -Yu. Ponomaryov bilan hamkorlikda.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Habibullayev, Alimulla. Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi (1949 — 2022-yillar. Toshent: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2022.