Magomed-Ali Aliyev
Magomed-Ali Radjov-Gadjiyevich Aliyev | |
---|---|
Tavalludi |
6-noyabr 1949-yil Dogʻiston ASSR |
Fuqaroligi | → |
Kasbi | haykaltarosh |
Mukofotlari |
Magomed-Ali Radjov-Gadjiyevich Aliyev (1949-yil 6-noyabr, Dogʻiston ASSR, SSSR, Chitur, Lakskiy tumani) — asli dogʻistonlik oʻzbek haykaltaroshi, asosan Oʻzbekiston va Dogʻistonda ijod qiladi.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]1949-yil 6-noyabrda Dogʻiston ASSRning Lakskiy tumanidagi Chitur qishlogʻida tugʻilgan. Bolaligida Dogʻiston xalq rassomi M.Yunusilauning ustaxonasida shugʻullangan. 1976-yilda Dogʻiston rassomchilik bilim yurtini tamomlagan. Keyinchalik Magomed Aliyev uylanib, Oʻzbekistonning Navoiy shahriga keladi, u yerda “Farhod” madaniyat uyi studiyasiga boshchilik qish bilan birga bolalarga yopishtirish, qoliplash, yogʻoch oʻymakorlik sirlarini oʻrgatadi.
Ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Magomed haykaltarosh sifatida mashhur boʻldi. U asosan Oʻzbekistonning tarixiy shaxslari boʻlgan Amir Temur, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Sobir Rahimovlarning haykallari va meʼmoriy obidalar, (Amir Temurning 20 tadan ortiq turli koʻrinishi) shahar koʻchalari, turli muassasalar va harbiy qismlarda haykaltaroshning ishlari qad rostlab turibdi. U ona Vatani Dogʻistonda ham bir necha tanlovlar gʻolibi boʻlib, Partu Patimat (Kumux qishlogʻi, 2004-yil, eng baland choʻqqi yodgorligi), Hasan-Huseyn Kamolov, Husein Qushayev, Mirzabekov, Narimon Aliyev, Abdurahmon Daniyolov (2008), Rasul Hamzatov, (Maxachqala, 2010) Magomed-Salom Umaxanov, Amet-Xon Sulton (Maxachqala) kabi allomalarga yodgorliklar bunyod etdi. Shuningdek, u Yaroslavldagi Amet-Xon Sulton haykali muallifi (2010), Moskvada 2011-yilda Rasul Hamzatov haykali oʻrnatishni rejalashtirgan.
Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasining ochilish kunlarida AQSH, Kanada, Meksika, Shvetsiyada oʻtkazilgan xalqaro koʻrgazmalarda bir necha bor oʻz ijod ishlarini namoyish etgan; Mazkur ijod namunalari Oʻzbekiston amaliy sanʼat muzeyida ham bor.
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi
- Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining kumush medali (1999) va “Doʻstlik” ordeni (2001) bilan mukofotlangan
- Dogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (2005).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Магомед — Али Алиев — заслуженный художник Дагестана и Узбекистана. НИРА «Аксакал»
- Расул Гамзатов в бронзе // Дагестанская правда. — 01.09.2010.