Maftuningman
Maftuningman | |
---|---|
Ukraincha poster | |
Rejissyor(lar) | A. Akbarhoʻjayev |
Prodyuser(lar) | Yoʻldosh Aʼzamov |
Ssenariynavis(lar) |
Turob Toʻla Mixail Melkumov |
Rollarda | |
Bastakor(lar) |
Ikrom Akbarov Mutal Burhonov Manas Leviyev |
Muharrir(lar) | X. Umarova |
Studiya(lar) | Oʻzbekfilm |
Davomiyligi | 81 minut |
Mamlakatlar | Oʻzbek SSR, SSSR |
Til | oʻzbekcha |
„Maftuningman“ (ruscha: Очарован тобой) — taniqli oʻzbek rejissori Yoʻldosh Aʼzamov 1958-yil yaratgan oq-qora kinotasmaga olingan musiqiy kinokomediya.[1] Film birinchi oʻzbek kinokomediyasi boʻlib, eng sara oʻzbek filmlaridan biri hisoblanadi.[2] Filmda oʻzbek madaniyatining qiziqarli jihatlari hamda sovet kolxozlaridagi hayot tasvirlangan.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Maftuningman“ filmida ikki kinochining shu nomli musiqiy film olish uchun aktyor va aktrisa izlashi tasvirlangan. Kinochilarning biri Oʻzbek SSRning turli qismlariga borib aktyor qidiradi. Qayerga bormasin, juda ham isteʼdodli kishilarni uchratadi, mamlakatning boshqa hududlaridagi talantli odamlar haqida eshitadi. „Maftuningman“ filmiga aktyorlar haqiqatan ham shu yoʻsinda tanlangan.
Ashulalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Maftuningman“ filmida aytilgan barcha qoʻshiqlar koʻpchilikka maʼqul keldi va hozirgi kunda ham oʻzbeklar bu qoʻshiqlarni sevib tinglaydi. Koʻpchilik filmda aytilgan qoʻshiqlarni yoddan biladi. Filmda aytilgan „Doʻppi tikdim“ (Turob Toʻla qalamiga mansub), „Goʻzal Toshkent“, „Maftun boʻldim“ va „Sartarosh“ kabi ashulalar xalqning sevimli qoʻshiqlariga aylangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Yoʻldosh Aʼzamov (rus.) A. M. Proxorov: . Sankt Peterburg: „Katta sovet ensiklopediyasi“, 2009.
- ↑ Ganjazoda, Zеbo „„Maftuningman“ kinofilmi. Qiziq voqealar va maftunkor chehralar -“. Mashhur.uz. Qaraldi: 31-may.[sayt ishlamaydi][sayt ishlamaydi]