Kontent qismiga oʻtish

Lydia Hearst

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lydia Hearst

Hearst 2015-yilda
Tavalludi
Lydia Marie Hearst-Shaw

19-sentyabr 1984-yil (1984-09-19) (40 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi Sacred Heart universiteti
Faoliyat yillari 2004–hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Chris Hardwick (turm. 2016)
Bolalari 1
Ota-onasi

Patty Hearst (onasi)

Bernard L. Shaw (otasi)
Qarindoshlari
Modellik
Boʻyi 170 sm
Soch rangi sariq[1]
Koʻz rangi yashil
Agentlik
Veb-sayti lydiahearst.com

Lydia Marie Hearst-Shaw (talaffuzi: Lidiya Mari Herst-Shou; 1984-yil 19-sentyabrda tugʻilgan) – amerikalik model, aktrisa, sotsialist va turmush tarzi blogeri. U gazeta noshiri va siyosatchi William Randolph Hearstning nevarasi hamda muallif va aktrisa Patty Hearstning qizi.

Yoshligi va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hearst-Shaw 1984-yil 19-sentyabr Konnektikutning Wilton shahrida[3] 30 yoshli aktrisa Patty Hearst va San-Fransiskoning sobiq politsiyachisi 39 yoshli Bernard L. Shaw oilasida dunyoga kelgan[4]. U 2003-yilgacha Konnektikut shtatining Fairfield shahridagi Sacred Heart universitetida oʻqigan va moda olamidagi faoliyatini boshlagan[5].

Jurnallar va moda namoyishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fotosuratchi Steven Meisel Hearstni „kashf qildi“ va 2004-yil aprel oyida uni Vogue Italiya jurnalining birinchi muqovasi uchun suratga oldi[6]. Oʻshandan beri Hearst xalqaro miqyosda Vogue, Harper's Bazaar, Elle, Marie Claire, GQ, L'Officiel va Esquire kabi turli jurnal muqovalarida paydo boʻldi. U Meisel, Patrick Demarchelier, Ellen Von Unwerth, Mario Testino, Peter Lindbergh, Inez van Lamsweerde va Vinoodh Matadin kabi bir qancha taniqli fotograflar bilan ishlagan.

2008-yilda Michael Awards taqdirlash marosimida Hearst „Yil modeli“ sifatida taqdirlanadi[7] va shu yili 12-noyabrda Madrid Glamour Awards taqdirlash marosimida „Eng yaxshi xalqaro supermodel“ mukofotiga ham sazovor boʻladi[8].

Hearst Chanel, Fendi, Catherine Malandrino, Nicole Miller va Jeremy Scott kabi moda dizaynerlari uchun modellik qilgan[9].

Hearst Prada, Louis Vuitton, Alexander McQueen, Bottega Veneta, Sephora, L'Oreal Ferria, DKNY, MYLA Lingerie, H&M, NARS Cosmetics, MAC Cosmetics, Miss Me Jeans, Moschino Cheap & Chicning[10] reklama kampaniyalarida ishtirok etgan. 2007-yilda u Pumaʼs French 77 reklamasida paydo boʻldi, shundan soʻng Puma uni oʻz kolleksiyasi uchun sumkalar toʻplamini loyihalashtirishga jalb qildi[11].

2012-yilning bahorida Swarovski ayollarning yurak salomatligi haqida xabardorligini oshirishga qaratilgan, Yurak, oʻpka va qon milliy instituti homiyligida oʻtkazilayotgan Heart Truth kampaniyasi uchun Hearstni elchisi etib tanladi[12].

Hearst qisqa vaqt New York Post gazetasining yakshanba kungi nashri Page Six uchun sharhlovchi sifatida ishlagan. U, shuningdek, turmush tarzi va moda blogini boshqargan[13].

Boshqa rollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hearst Miles Fisherning „This Must Be the Place“ nomli musiqiy videosi muqovasi uchun suratga tushgan[14]. U yana 2011-yilda Cisco Adlerning „Song for All the Girls“ filmi[15] uchun olingan musiqiy videoda rol oʻynagan va ushbu sahnada arra bilan oʻldirilgan. Shuningdek, Hearst Johnny Polygonning „LimoSexSuperstar“ videosida kichik rol ijro etgan.

Hearst Anne Vyalitsyna va Naomi Campbell bilan birga Oxygenning The Face modellashtirish realiti tanlovining ikkinchi nashrida supermodel murabbiy sifatida ishlagan. Mavsum premyerasi 2014-yil 5-martda boʻlib oʻtdi[16].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hearst 2016-yil 20-avgustda Kaliforniyaning Pasadena shahrida Chris Hardwickga turmushga chiqdi[17]. Hardwick va Hearst turmush qurishdan oldin ikki yil davomida uchrashib yurgan[18]. Ularning qizi 2022-yil yanvar oyida tugʻilgan. Juftlik hozirda Los-Anjelesning Los-Feliz hududida istiqomat qilishadi[19].

Oilasidagi xayriya anʼanalari Hearstni Operation Smile tibbiy xizmat tashkiloti uchun „Tabassum elchisi“ boʻlishiga ilhomlantirgan[20].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nomi Rol Izohlar
2008 The Last International Playboy Stella
2012 Two Jacks Alexis
2013 Delirium Jennifer
2014 Cabin Fever: Patient Zero Bridgett [21]
2014 Automobile Waltz Penelope Qisqa film
2014 The Barber Melissa
2014 Desire Penelope Qisqa film
2015 Stealing Chanel Chanel
2015 Condemned Tess [22]
2015 #Horror Lisa
2016 Guys Reading Poems Aktrisa
2016 All at Once Amy
2016 Swing State Julia Davies
2017 West of Time Opa Qisqa film
2018 Between Worlds Mary
2019 The Haunting of Sharon Tate Abigail Folger
2020 50K Chloe
2021 Grace and Grit Amy Akkreditatsiya qilinmagan
2021 Aileen Wuornos: American Boogeywoman Jennifer Fell Ijrochi prodyuseri ham boʻlgan
2022 Titanic 666 Idina Bess [23]
2022 Turning Point McKayla
2022 Root Letter Karen Blake
2022 Slayers Liz Andrews Ijrochi prodyuser yordamchisi ham boʻlgan
TBA Werewolf Game Kutilmoqda
Yil Nomi Rol Izohlar
2009 Gossip Girl Amelia Epizod: „Much 'I Do' About Nothing“
2013 Mistresses Story Epizod: „Ultimatum“
2014 The Face Oʻzi/Murabbiy 2-mavsum
2015 South of Hell Charlotte Roberts 6 epizod[24]
2018 Z Nation Pandora 5 epizod
2020 Sinister Sister Zara Downes/Ronnie Televizion film; Psycho Sister-in-Law sifatida ham tanilgan
2021 Eli Roth's History of Horror Oʻzi 4 epizod
Yil Nomi Rol Izohlar Manba.
2020 The Shadow Diaries Christine/Lina Ovozli rol [25]


Musiqiy videolar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nomi Qoʻshiqchi(lar) Manba.
2009 „This Must Be the Place (Naive Melody)“ Miles Fisher [26]
2011 „Song for All the Girls“ Cisco Adler va Young Chris [27]
2013 „LimoSexSuperstar“ Johnny Polygon [28]
2019 „Ass Level“ Santina Muha [29]
  1. „Lydia Hearst“. 2020-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-iyun. (Adobe Flash)
  2. „Lydia Hearst - Model“.
  3. Celebrity Register. Harper & Row, 1986 — 223-bet. ISBN 978-0-9615476-0-8. 
  4. Slotnik, Daniel E.. „Bernard Shaw, Husband and Bodyguard of Patty Hearst, Dies at 68“. The New York Times (2013-yil 20-dekabr).
  5. „Famous Connecticut Grads: Lydia Hearst-Shaw“. Hartford Courant. 2016-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Lydia Hearst“. Oxygen Official Site (2014-yil 28-mart). Qaraldi: 2023-yil 1-sentyabr.
  7. Morgan, Spencer „Lydia Hearst to Get 'Model of the Year' Laurels; Plus, Sneak Peek at Richardson Shoot for Perry Ellis“ (deadlink). The New York Observer. The New York Observer, LLC (2008-yil 1-fevral). 2008-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-fevral.
  8. Buchheit, Scott „Lydia Hearst receives Glamour Award“ (deadlink). freelance journalist. GuestofaGuest.com (2008-yil 14-noyabr). 2010-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 14-noyabr.
  9. „Lydia Hearst“. 2020-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-iyun. (Adobe Flash)
  10. „Lydia Hearst“. 2020-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-iyun. (Adobe Flash)
  11. Beckett, Whitney „Lydia Hearst, Puma Go Mainstream“. Women's Wear Daily. WWD, Advance Publications (2007-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2007-yil 28-noyabr.
  12. Elle Magazine - Swarovski - The Heart Truth.
  13. „Love Lydia Hearst“. lovelydiahearst.com.
  14. „Think Lydia Hearst Regrets That American Psycho Video? Guess Again!“. Observer (2009-yil 23-iyul).
  15. Song For All The Girls.
  16. „Reality TV World: 'The Face' adding Anne Vyalitsyna and Lydia Hearst as new second-season supermodel coaches“.
  17. Natalie Stone „And the Bride Wore Pink! Talking Dead's Chris Hardwick and Lydia Hearst Are Married“ (en). People (2016-yil 21-avgust).
  18. „Chris Hardwick and Lydia Hearst Are Engaged – Check Out Her Sweet Ring“. People (2015-yil 13-sentyabr). 2015-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-sentyabr.
  19. Chris Hardwick on Instagram: New human alert!
  20. „Operation Smile: The Smile Blog“. 2014-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-iyun.
  21. „Lydia Hearst Is On for Cabin Fever: Patient Zero“. HorrorMovies.ca (2012-yil 23-oktyabr). 2015-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-iyun.
  22. „The Face's Lydia Hearst to Terrorize Dylan Penn in New Horror Movie“. E! Online (2014-yil 26-mart).
  23. Donato, Matt (April 14, 2022). „Tubi's Horror Titanic 666 Goes Down with the Ship“. Paste. 2022-06-06da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: April 23, 2022.
  24. „Lydia Hearst Joining WE TV's 'South Of Hell'“. Hollywood Reporter (2014-yil 22-oktyabr).
  25. Petski, Denise „The Shadow Diaries’ Podcast Starring Madelaine Petsch & Kara Hayward In The Works From Studio71 & Snarled Entertainment“. Deadline (2020-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-iyul.
  26. „Exclusive: The Story Behind Miles Fisher's American Psycho Homage“. Flavorwire (2009-yil 31-iyul). Qaraldi: 2023-yil 10-iyul.
  27. Wedemeyer, Jessica (February 14, 2011). „Cisco Adler Is in the 'Crazy' Wedding Planning Stage“. People. Qaraldi: July 10, 2023.
  28. „Johnny Polygon – LimoSexSuperstar (Official Video)“. YouTube. Qaraldi: 2023-yil 10-iyul.
  29. „A$ LEVEL by Santina Muha“. YouTube. Qaraldi: 2023-yil 10-iyul.