Lutsian Prigojin
Lutsian Prigojin | |
---|---|
Tavalludi |
15-avgust 1926-yil |
Vafoti |
21-fevral 1994-yil Sankt-Peterburg, Rossiya |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Kasbi | bastakor |
Lutsian Abramovich Prigojin (ruscha: Люциан Абрамович Пригожин, 15-avgust 1926-yil, Toshkent, OʻzSSR, SSSR – 21-fevral, 1994-yil, Sankt-Peterburg, Rossiya) – sovet bastakori. RSFSR xalq artisti (1991).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lutsian 15-avgust 1926-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Uning otasi Abram Markovich Prigojin advokat boʻlgan (1896, Mariupol – 1944, Toshkent). Uning onasi Berta Iosifovna Levitan boʻlgan. 1951-yilda Leningraddagi konservatoriyani tamomlagan va 1967-yildan Sankt-Peterburg konservatoriyasida professor lavozimida faoliyat yurita boshlagan. Lutsian Prigojin simfoniyalar, operalar va kantatalar muallifidir. U 1960-yilda „Krotkaya“, 1962-yilda „ Zavtrashniye zaboti“, 1963-yilda „Polyot k tisyacham solns“ 1964-yilda „Dalniy poisk“ (hujjatli film) hamda 1967-yilda „Grossmeysterskiy ball“ (film spektakli) kabi koʻplab teatr spektakllari va filmlari uchun musiqalar bastalagan[1]. Bastakor Prigojin Sankt-Peterburgdagi Shimoliy qabristonga onasining yoniga dafn etilgan[2].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Prigojinning rafiqasi musiqashunos Y. V. Keldishning qizi Larisa Georgiyevna Prigojina (1937–2017) teatr tarixchisi boʻlgan. Oʻgʻli – Yuriy Lutsianovich Prigojin (1951-yilda tavallud topgan), matematik va qizi – Nina Lutsianovna Prigojina (1959-yilda tugʻilgan), pianinochi, musiqashunos boʻlgan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Operalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1965-yilda „Aybolit i obezyana“, „Malchish-kibalchish“, 1969-yilda „Slova o polku Igore“ operalarini va 1950-yilda „Stepan Razin“ kantatasini yaratgan.
Baletlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lutsian „Krug ada“ baletiga musiqa bastalagan (Dantening „komediyasi“ asosida, 1964-yil, premyerasi Leningrad Maliy opera va balet teatri, 1964-yil 31-oktyabr).
Simfoniyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bastakor 1955-yil birinchi, 1957-yil ikkinchi (2-nashr 1960) va 1970-yil uchinchi simfoniyasini yaratgan.
Romanslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]N. Nekrasov, A. Kanningem, V. Shekespeare, A. Pushkin va boshqalarning soʻzlariga romanslar yaratgan.
Spektak va filmlar uchun musiqa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lutsian Abramovich teatrlarda drama spektakllar, radio spektakllar, filmlar uchun musiqa bastalagan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ЛЮЦИАН ПРИГОЖИН“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
- ↑ „Некрополь выдающихся деятелей искусств: Пригожин, Люциан Абрамович (15.08.1926 — 21.02.1994)“. 2017-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-iyul.