London (Kanada)
Qiyofa
London – Kanadaning janubiy qismidagi Ontario provinsiyasida joylashgan shahar. Aholisi 421,3 ming kishi (2001). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Qishloq xoʻjaligi rayonining savdo va sanoat markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, mashinasozlik (radiotexnika va elektrotexnika, qishloq xoʻjaligi va transport mashinasozligi), kimyo sanoati, koʻn-poyabzal korxonalari, universitet bor[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |