Kontent qismiga oʻtish

Lobnor

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Lobnor, QoraqoʻshunSharqiy Turkistonning sharqiy qismidagi oqmas koʻl. Tarim tekisligining sharqida, 780 m balandlikda joylashgan. Koʻlga Koʻnchi-daryo va Tarim daryolari quyiladi. Ulardan keladigan suvning miqdoriga qarab Lobnurning oʻrni, maydoni va shoʻrligi oʻzgarib turadi. Suv koʻpayganda maydoni 3 ming km² (9-10-asrlarda 14 ming km² ga yetgan), uz. 100 km, oʻrtacha chuq. 1 m. Koʻlning sohillari shoʻrxok va botqoqlashgan. Noyabrdan martgacha koʻp qismi tubigacha muzlaydi. Baʼzi yillari Tarim daryosi janubga burilib, Cherchen daryosi bilan qoʻshiladi va Lobnurdan 100–150 km janubi-gʻarbdagi Qoraqoʻshun koʻliga quyiladi. Bunday vaqtlarda Lobnur qurib qoladi. Lobnurni oʻrganish Markaziy Osiyodagi oʻzani va oʻrni vaqt-vaqti bilan siljib turuvchi daryo va koʻllar muammosini hal qilishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan.[1] Nikolay Prjevalskiy o‘zining Markaziy Osiyodagi 4-sayohati davomida bu ko‘ldan o‘tgan.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil