Lizotsim
Lizotsim (liz…va yun. zyme — hamirturush), muramidaza — gidrolazalar sinfiga mansub ferment, bakteriya hujayralari pardasini yemiradi. Mukopolisaharidlarda N — atsetilmuramin kislota, R — glyukozid bogʻini va N-atsetilglyukozaminning parchalanishini katalizlaydi. Lizotsim odam va hayvonlar organizmining koʻpgina toʻqima va suyuqliklari (koʻz yoshi, balgʻam, soʻlak, taloq, jigar, shilliq qavatlar), shuningdek, ayrim oʻsimliklar, bakteriyalar va faglarda topilgan; tovuq tuxumi oqsilida ayniqsa koʻp. Tuxum oqsili lizotsimi toʻliq oʻrganilgan, u 129 aminokislota qoldigʻidan iborat, mol.m. 14.000 ga yaqin lizotsizm odam va hayvonlar organizmining tashqi muhit bilan aloqa boʻladigan joylari (koʻz, burun-yutqin va boshqalar)da bakteriyaga qarshi toʻsiq (baryer) hosil qiladi. Lizotsizm preparati koʻz, burun-halqum kasalliklarini davolashda, yarada, kuyganda, akusherlik amaliyotida, shuningdek, oziq-ovqat sanoatida va boshqalarda ishlatiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |