Kontent qismiga oʻtish

Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Litva SSRdan yoʻnaltirildi)
1940–1941
1944–1990/91
Maqom Tan olinmagan Sovet Ittifoqi respublikasi
(1940–1941, 1944–1990/91)
Oliy Kengash raisi  
• 1990–1991
Vytautas Landsbergis
Tarixiy era XX asr
Hozirda hududida quyidagilar mavjud  Litva

Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi, Litva SSR (litovcha: Lietuvos Tarybų Socialistinė Respublika; ruscha: Литовская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Litvasi deb yuritiladi.

Litva SSR Sovet Ittifoqining tan olinmagan respublikasi boʻlgan va Sovet Ittifoqi hukumati qoʻli ostidagi hukumat tomonidan boshqarilgan. 1940-yilning 16-iyunida sovet qoʻshinlari Molotov–Ribbentrop pakti asosida Litvaga bostirib kirgan. Natijada 1940-yilning 21-iyulida Litva Respublikasi hududida Litva SSR tuzilgan. Buning uchun Sovet Ittifoqi dastaklagan qoʻgʻirchoq hukumat oʻrnatilgan. 1941-yildan 1944-yilgacha Litva hududi fashistlar Germaniyasi tomonidan ishgʻol qilingan va Reichskommissariat Ostland tarkibiga kirgan.

Aksar davlatlar Litvaning qoʻshib olinganini de jure tan olmagan va Sovet Hukumati tomonidan de facto boshqarilishinigina tan olgan yoki umuman tan olmagan. Ushbu mamlakatlarning ayrimlari Litvaning eski hukumati nomidan faoliyat yuritgan diplomat va konsullarni tan olishda davom etgan. Natijada Litva 1940–91-yillar mobaynida de jure okkupatsiya qilingan mustaqil davlat hisoblangan.

Litva SSR poytaxti Vilnius shahri boʻlgan. Respublika 44 rayonga boʻlingan, 92 shahar, 22 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1] 1946-yildan keyin Belorussiya bilan chegaradagi ayrim oʻzgarishlarni eʼtiborga olmaganda, Litva SSRning chegaralari hozirgi kundagi Litva chegaralariga mos keladigan koʻrinishga kelgan.

1989-yilning 18-mayda Litva SSR Moskvadan suverenitet eʼlon qilgan Sovet Ittifoqi taʼsiri doirasidagi birinchi respublikalardan boʻldi. 1990-yilning 11-martida Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi Litva Respublikasi deb qayta nomlandi va mustaqilligi qayta tiklandi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 6-sentabrda rasman tan oldi.

Litvada sinfiy jamiyat milodiy 5–6-asrlarda vujudga kelgan. 1240-yilga kelib feodal Litva Buyuk knyazligi tashkil topgan. 13-asrda litva elati shakllangan. 1558–1583-yillarda Litva Rossiyaga qarshi Livoniya urushida qatnashgan. Lyublin ittifoqiga muvofiq 1569-yili Litva Polsha bilan birga Rech Pospolitaga birlashgan. 1795–1815-yillarda Litvani Rossiya butunlay bosib olgan. 1830–1831 va 1863–1864-yillarda Litva xalqi Polsha qoʻzgʻolonlarida qatnashgan.

19-asr oxirida dastlabki sotsialist-demokratik tashkilotlar vujudga kelgan. 1918-yil dekabr – 1919-yil yanvarda Sovet hokimiyati Litva hududining koʻp qismida oʻrnatilgan. Litva 1919-yil fevral-avgustda Litva-Belorus Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibida boʻlgan.

1940-yilning 16-iyunida sovet qoʻshinlari Molotov–Ribbentrop pakti asosida Litvaga bostirib kirgan. Natijada 1940-yilning 21-iyulida Litva Respublikasi hududida Litva SSR tuzilgan. Buning uchun Sovet Ittifoqi dastaklagan qoʻgʻirchoq hukumat oʻrnatilgan. Litva SSR 1940-yil 3-avgustda SSSR tarkibiga kirgan. 1941-yili nemis-fashist qoʻshinlari okkupatsiya qilgan, 1944-yil iyuli – 1945-yil yanvarida Sovet armiyasi tomonidan qayta bosib olingan.

Litva SSR Sovet Ittifoqining tan olinmagan respublikasi boʻlgan va Sovet Ittifoqi hukumati qoʻli ostidagi hukumat tomonidan boshqarilgan. Aksar davlatlar Litvaning qoʻshib olinganini de jure tan olmagan va Sovet Hukumati tomonidan de facto boshqarilishinigina tan olgan yoki umuman tan olmagan. Ushbu mamlakatlarning ayrimlari Litvaning eski hukumati nomidan faoliyat yuritgan diplomat va konsullarni tan olishda davom etgan. Natijada Litva 1940–91-yillar mobaynida de jure okkupatsiya qilingan mustaqil davlat hisoblangan.

1989-yilning 18-mayda Litva SSR Moskvadan suverenitet eʼlon qilgan Sovet Ittifoqi taʼsiri doirasidagi birinchi respublikalardan boʻldi. 1990-yilning 11-martida Litva Sovet Sotsialistik Respublikasi Litva Respublikasi deb qayta nomlandi va mustaqilligi qayta tiklandi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 6-sentabrda rasman tan oldi.

  1. "Litva SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 2. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 463. 5-89890-002-0.