Liliane Bettencourt
Liliane Bettencourt | |
---|---|
Tavalludi |
Liliane Henriette Charlotte Schueller[1] 21-oktyabr 1922-yil |
Vafoti |
21-sentyabr 2017-yil (94 yoshda) Neli-sur-Sen, Fransiya |
Fuqaroligi | Fransiya |
Kasbi | L'Oréal egalaridan biri |
Turmush oʻrtogʻi |
André Bettencourt (turm. 1950; vaf. 2007) |
Bolalari | Françoise Bettencourt Meyers |
Otasi | Eugène Schueller[2] |
Onasi | Louise Madeleine Berthe Schueller |
Lilian Henriette Sharlotte Bettencourt (fransuzcha talaffuzi: [lil.jan be.tɑ̃.kuːʁ]; qizlik familiyasi Schueller; 1922-yil 21-oktyabr – 2017-yil 21-sentyabr) – fransuz tadbirkori, aristokrat va ishbilarmon ayol boʻlgan. L’Oréalning asosiy aksiyadorlaridan biri edi. Oʻlimi vaqtida 44,3 milliard dollarlik boyligi bilan dunyodagi eng boy ayollar roʻyxatida 14-oʻrinni egallagan[3][4][5][6][7][8][9].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1922-yil 21-oktabrda Parijda dunyoning eng yirik kosmetika va goʻzallik kompaniyalaridan biri boʻlgan L’Oréal asoschisi Luiza Madlen Berte va Eugene Schuellerning oilasida tugʻilgan[10]. Lilian besh yoshga toʻlganda, onasi vafot etdi[11]. 15 yoshida u otasining kompaniyasida ishlay boshladi. Kosmetika va shampun idishlarini etiketkaladi[12][13].
1950-yilda fransuz siyosatchisi Andre Bettankurga turmushga chiqdi. U 1960-1970-yillarda Fransiya hukumatida vazir boʻlib ishlagan. Andre Bettankur 1930-yillarda tashkil topgan La Kagule fashistlar guruhi aʼzosi boʻlgan. Urushdan soʻng, La Kagulening boshqa aʼzolari singari, siyosiy jihatdan noqulay oʻtmishiga qaramay, L’Oréaldan lavozim oldi[14]. Ular 1951-yilda Fransiyaning Neuilly-sur-Seine shahridagi Delabordère koʻchasida qurilgan Art Moderne saroyiga yashashdi[15]. Ularning 1953-yilda tugʻilgan Fransuaza ismli bir qizi bor[16].
1957-yilda otasi vafot etganida Bettencourt L’Oréal boyligini meros qilib oldi va asosiy aksiyadorga aylandi. 1963-yilda kompaniya birjaga chiqdi. Bettencourt koʻpchilik aksiyalarga egalik qilishda davom etdi. 1974-yilda kompaniya Fransiyadagi saylovlardan keyin milliylashtiriladi deb qoʻrqib, oʻz ulushlarining deyarli yarmini Nestlé SA ning 3% ulushiga almashtirdi[17].
2012-yil dekabr holatiga koʻra, Bettencourt L’Oréalning 185661879 (30,5%) aksiyalariga egalik qilgan, ulardan 76441389 (12,56%) aksiyalari ishonchli tarzda oʻtkazilgan. 178381021 tasi (29,78%) Nestlé kompaniyasiga tegishli boʻlgan. 229933941 ta (37,76%) aksiyalar ochiq, qolganlari esa gʻaznachilik yoki kompaniya jamgʻarma rejasida saqlangan. Bettencourt oilasi va Nestlé aktsiyadorlar kelishuviga binoan birgalikda harakat qilishdi[18]. Bettankur 2012-yil 13-fevralda boshqaruv direktori lavozimini tugatdi va uning nabirasi Jan-Viktor boshqaruv direktori etib tayinlandi[19]. Betankurning qizi va kuyovi ham direktorlar kengashi aʼzolaridir[20].
Betankur ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini chetlab oʻtgan. 2007-yildan boshlab Fransua-Mari Banier bilan munosabatlari, qizi Fransuaza bilan munosabati va konservativ fransuz siyosatchilari, jumladan Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini moliyalashtirgani kabi jiddiy shov-shuvlarga duch keldi[21]. 2012-yil avgust oyida oʻzining shaxsiy oroli – D’Arros orolini 60 million funt sterlingga Shveytsariyaning „Save our Seas“ (Dengizlarimizni asrang) jamgʻarmasiga aloqador Seyshel orollarida roʻyxatdan oʻtgan tabiatni muhofaza qilish shirkatiga sotdi[22].
Bettenkur 2017-yil 21-sentyabrda vafot etdi[23]. Dafn marosimi Neuilly-sur-Seine tumanidagi Église Saint-Pierre shahrida boʻlib oʻtdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ ; Karen Arriaza IbarraTreinta inmensas fortunas y cómo se hicieron (es). Madrid: Ecobook, 2008 — 46-bet. ISBN 978-8496877047. OCLC 230234417. Qaraldi: 2012-yil 27-noyabr.
- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Liliane Bettencourt & family“. Forbes. Qaraldi: 2017-yil 21-sentyabr.
- ↑ #17 Liliane Bettencourt (Wayback Machine saytida 2015-01-10 sanasida arxivlangan), Forbes, 10-mart 2010-yil. Accessed 26-iyun 2010-yil
- ↑ The bitter family battle for the LʼOréal billion (Wayback Machine saytida 2011-02-08 sanasida arxivlangan), London Evening Standard, 20-Jul 2009-yil. Accessed 27-Jun 2010-yil.
- ↑ Factbox – LʼOreal heiress Liliane Bettencourt (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan), Reuters, 7-Jul 2010-yil. Accessed 7-Jul 2010-yil.
- ↑ LʼOreal marks 100th birthday[sayt ishlamaydi], Montreal Gazzette. Accessed 8-Jul 2010-yil
- ↑ Obituary: André Bettencourt, en:The Daily Telegraph, 22-Nov 2007-yil. Accessed 7-Jul 2010-yil
- ↑ Villa Bettencourt: Less is More when itʼs only the Best, Emily Evans Eerdmans blog. Accessed 8-Jul 2010-yil
- ↑ Betts, Paul. „Liliane Bettencourt, L'Oréal heiress, 1922-2017“. Financial Times (2017-yil 21-sentyabr). 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-avgust.
- ↑ The bitter family battle for the L’Oréal billion Webarxiv andozasida xato:
|url=
qiymatini tekshiring. Boʻsh., Evening Standard (London), 20 July 2009. - ↑ Factbox – L’Oreal heiress Liliane Bettencourt (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan), Reuters, 7 July 2010.
- ↑ L’Oreal marks 100th birthday[sayt ishlamaydi], Montreal Gazette.
- ↑ Obituary: André Bettencourt, The Daily Telegraph, 22 November 2007; retrieved 7 July 2010.
- ↑ Villa Bettencourt: Less is More when itʼs only the Best, Emily Evans Eerdmans blog.
- ↑ McFadden. „Liliane Bettencourt, L'Oréal Heiress Vexed by Swindling Case, Is Dead at 94“. The New York Times (2017-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 21-sentyabr.
- ↑ History of L’Oréal, The Daily Telegraph, 20 February 2006; retrieved 29 June 2010.
- ↑ 2012 L’Oréal Registration Document, p. 225, 34 & 41.
- ↑ „L'Oréal Finance : Board of Directors“. www.loreal-finance.com. Qaraldi: 2017-yil 21-sentyabr.
- ↑ 2012 L’Oréal Registration Document, p. 34 & 41.
- ↑ France: Because sheʼs worth it, Financial Times, 25 June 2010; retrieved 25 June 2010.
- ↑ „L'Oreal heiress Liliane Bettencourt sells island paradise for £-60m“. The Daily Telegraph. Qaraldi: 2012-yil 13-sentyabr.
- ↑ „L'Oreal heiress Liliane Bettencourt dies at 94“. BBC.com (2017-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 21-sentyabr.