Kontent qismiga oʻtish

Aksiyador

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aksiyador — aksiyaning egasi, undan naf koʻruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Aksiyador aksiyadorlik jamiyatining aʼzosi, oʻz aksiyasini tasarruf eta oladi. Aksiyador ayrim fuqaro, firma, korxona, bank, turli investitsiya fondlari, davlat (hukumat) va jamoat tashkilotlari boʻlishi mumkin. Qoʻlidagi aksiya miqdori va turiga qarab aksiyadorlarning maqomi har xil boʻladi (ayrimlari faqat daromad olishi, ayrimlari korxona boshqaruvida ishtirok etishi mumkin). Aksiyador aksiya chiqargan korxonaning hamkorlikdagi egasi hisoblanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil