Lev Vasilyev
Lev Vasilyev Alekseyevich | |
---|---|
Tavalludi |
16-dekabr, 1939-yil |
Fuqaroligi | SSSR Qirgʻiziston |
Lev Alekseyevich Vasilev (1939-yil 16-dekabrda Toshkent) – Qirgʻiziston Respublikasining siyosatchisi hamda sovet va qirgʻiz sanoat rahbari. Qirgʻizistonda xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi va davlat xizmatining III toifali maslahatchisi[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lev Vasilyev 1939-yil 16-dekabrda Toshkentda tavallud topgan.
Lev Sovet armiyasida xizmat qilgan. Demobilisatsiyadan soʻng 1961-yilda mashinasozlik zavodida chilangar sifatida mehnat faoliyatini boshladi. 1966-yilda Xarkov temir yoʻl transporti muhandislari institutini „sanoat issiqlik energetikasi“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1967–1978-yillarda muhandis, katta muhandis, issiqlik mexanik uskunalari va issiqlik oʻlchovlarini sozlash va sinovdan oʻtkazish xizmati boshligʻining oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. Frunzenskoye issiqlik tarmoqlari korxonasining bosh muhandisi va Qirgʻiziston Bosh muhandisining issiqlik texnikasi boʻyicha oʻrinbosari boʻlib ishlagan[2].
Alekseyevich 1978-yilda Frunzenskaya (keyinchalik Bishkek) issiqlik elektr stansiyasi direktori etib tayinlangan va bu lavozimda 30 yildan ortiq ishlagan. „Elektr stansiyalari“ OAJ filiali Bishkek issiqlik elektr stansiyasi direktorining maslahatchisi boʻlib oʻz faoliyatini davom ettirgan.
Lev 2000-yilda Jogorku Kengesh Xalq deputatlari majlisi deputati etib saylangan. Sanoat va tadbirkorlikni strategik rivojlantirish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlgan. Qirgʻiziston sotsial-demokratik partiyasi aʼzosi hamdir.
Shuningdek, Bishkek shahar kengashining toʻrtinchi chaqiriq deputati etib saylangan. Lev Vasilyev 2020-yil iyul oyida oʻz ixtiyori bilan sogʻligʻiga sababli vazifasidan voz kechdi.
Lev II va III darajali „Manas“ ordeni bilan taqdirlangan. Rossiyaning „Rossiya yagona energiya tizimi“ OAJning xizmat koʻrsatgan xodimi. Bishkekning faxriy fuqarosi boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Васильев, Лев“. Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
- ↑ „ВАСИЛЬЕВ Лев Алексеевич“. Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.