Kontent qismiga oʻtish

Lepidolit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lepidolit (yun. lepis — tangacha va lithos — tosh) — silikatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi KLi15Al,5(F, OH)2[AlSi3O,0]. Tarkibida 3—6% Li2O boʻladi. Qoʻshimchalari Gʻe, Mn, Mg, Pb, Cs. Qattikligi 2,5—3,5. Zichligi 2800– 2900 kg/m’. Monoklin singoniyali. Plastinkasimon, yupka tangachalar shaklida, baʼzan zich mayda donali agregatlar. Oq, koʻpincha pushti, och binafsha rangli. Sadafsimon yaltiroq, shaffof Oʻzgargan granit (greyzen) va baʼzi bir pegmatitlarda dala shpatlari, kvars, albit, muskovit va boshqa minerallar bilan birga uchraydi. Qozogʻiston, Rossiya Federatsiyasi (Ural, Zabaykalye, Kola ya. o.), Ukraina, AQSH (Men shtati), Shvetsiya (Utyo o.)da konlari bor. L.dan, asosan, litiy, yoʻlakay rubidiy va seziy olinadi. Optika shishalari va emal tayyorlashda ham ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil