Lapas Alibekov
Lapas Alibekov | |
---|---|
Tavalludi |
1939-yil |
Vafoti |
2020-yil Samarqand |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi |
Samarqand Davlat universiteti Lvov davlat universiteti |
Kasbi | Geograf, pedagog |
Unvoni | Professor |
Lapas Alibekovich Alibekov (1939, Oqbuloq qishlogʻi, hozirgi Jizzax viloyati, Zomin tumani — 2020-yil, Samarqand) – tabiiy geograf. Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (2000), geografiya fanlari doktori (1988), professor (1990). Samarqand Davlat Universiteti biologiya-geografiya fakultetini tugatgan (1962), shu universitet geogra-fiya ftida geoekologiya va tabiiy geogr. kafedrasi mudiri (1990-yildan). Ilmiy faoliyati geogr. va ekologiya fanining insoniyat oldida turgan eng xavfli mu-ammolaridan biri – choʻllashish jara-yonlarining mexanizmlarini oʻrganishga bagʻishlangan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lapas Alibekov 1938-yilning 10-sentyabrida Jizzax viloyati Zomin tumanida tugʻilgan. 1956-yildan 1961-yilga qadar Samarqand davlat universitetida, geografiya fakultetida taʼlim olgan. Soʻng Ukrainaning Lvov davlat universitetida aspiranturada oʻqigan hamda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1]. Dastlabki mehnat faoliyatini 1972-yilda SamDU ning umumiy tabiiy geografiya kafedrasiga mudirlik qilishdan boshlagan. Koʻp yillik mehnat faoliyati natijasida pedagoglik kasbi bilan birga ilmiy tadqiqotlar ham olib borgan. 1988-yilda „Togʻ va pasttekislik landshaftlarining oʻzaro taʼsiri: Markaziy Osiyo misolida“ mavzusida geografiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Lapas Alibekov 1990-yilda „Togʻ va tekislik landshaftlarining oʻzaro aloqasi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ish faoliyati paytida professor L. Alibekov uch yuzdan koʻproq ilmiy maqolalar, oʻndan ortiq monografiya, darslik va oʻquv qoʻllanmalar yaratgan. „Zarafshon togʻ tizmalari va unga tutash tekisliklar landshafti hamda tuproq tiplari“ („Landshaft i tip zemel Zarafshanskogo uщelya i prilegayuщix ravnin“), „Hayot yoʻllari“ („Polosa jizni“), „Sahrolar saxovati“ („Щedrost pustini“) kabi yirik ilmiy ishlari uni dunyo ilmiy jamoatchiligiga tanitdi. Manba. Lapas Alibekov bir qancha vaqt davomida NATOning atrof-muhit muhofazasi komissiyasi aʼzosi vazifasida faoliyat olib borgan[2]. Olimning choʻllanish, geoekologiya, togʻ-tekislik geosistemalari oʻrtasida moddalar almashinuvi, atrof-muhit muhofazasi sohalari boʻyicha maqolalari xorijiy ilmiy jurnallarda nashr etilgan L.Alibekovga ilmiy-tadqiqot ishlaridagi xizmatlari natijasida „Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi“ faxriy unvoni berilgan. Lapas Alibekov 2020-yil 82 yoshida Samarqandda vafot etgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Лапас Алибеков“. Qaraldi: 2023-yil 15-noyabr.
- ↑ „Лапас Алибеков дунё тан олган олим“ (2021-yil 11-may). Qaraldi: 2023-yil 15-noyabr.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, professor Lapas Alibekov vafot etdi“. Qaraldi: 2023-yil 15-noyabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |