La vita e' bella
Hayot goʻzal | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Roberto Benigni |
Prodyuser(lar) |
Gianluigi Braschi Elda Ferri |
Ssenariynavis(lar) |
Roberto Benigni Vincenzo Cerami |
Rollarda |
Roberto Benigni Nicoletta Braschi Giorgio Cantarini Giustino Durano |
Distribyutor | Miramax Films (AQSh) |
Chiqarilgan sanasi |
20-dekabr 1997 23-oktabr, 1998 6-noyabr, 1998 26-dekabr, 1998 12-fevral, 1999 5-mart, 1999 8-aprel, 1999 |
Davomiyligi | 116 daqiqa. |
Mamlakat | Italiya |
Tillar | Italyan, nemis, ingliz |
Hayot goʻzal (italyancha: La vita e' bella) – 1997-yilda suratga olingan italyan tragikomediya filmi. Film italyan yahudiysi Guido Orefice (Roberto Benigni)ning millatchilar konsentratsion lagerida oʻz oʻgʻlini qutqarish uchun ishlatgan boy fantaziyasi haqida.
Ekranga chiqishi bilan kartina keng koʻlamli xalqaro eʼtiborga erishdi. 1998-yili filmga Kann kinofestivalining gran-prisi taqdim etildi. Oʻsha yiliyoq film Oscar mukofotiga yetti nominatsiyada koʻrsatildi („Eng yaxshi musiqa“, „Eng yaxshi erkaklar roli“, „Eng yaxshi film“, „Chet tilidagi eng yaxshi film“, „Eng yaxshi ssenariy“, „Eng yaxshi rejissura“, „Eng yaxshi montaj“). Ikki Oscar haykalchasini Roberto Benigni eng yaxshi aktyor va chet tilidagi eng yaxshi filmning rejissori sifatida qoʻlga kiritdi. Shuningdek film „Eng yaxshi musiqa“ nominatsiyasida gʻalabaga erishdi.